O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

3. Badiiy vazifa. 
Badiiylik go‘zallikning nutqiy ko‘rinishidir. Borliqda go‘zal-
likning ko‘rinishlari juda ko‘p. Butun mavjudotning, xususan insonning tuzilishi, 
yurish-turishida qanchadan qancha yetuklik, jumladan go‘zallik bor. Ammo tabiiy 
go‘zallikdan tashqari yana inson vujudga keltiradigan sun’iy go‘zallik ham bor. 
Hunarmand-u san’atkorlar buyumlarga, inshootlarga go‘zal tus beradilar. Usta 
dehqonlar go‘zal bog‘-u rog‘larni vujudaga keltiradilar. Kuychilar kuy, 
ashulachilar ashula, rassomlar rasm, haykaltaroshlar haykal
yaratadilar. Mana 
shularning hammasi va ularning go‘zalligi til vositasida aks ettiriladi.
Demak, tilning badiiy vazifasi ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: 
1. Til tabiat va insondagi mavjud go‘zallikni aks ettirish vositasi bo‘lib xizmat 
qiladi. 
2. Tilning o‘zi go‘zallikni vujudga keltiradi. Badiiylik deb ataluvchi nutq husni 
so‘zlarning bir-biriga tovush yo ma’no jihatidan yoxud har ikki jihatdan mutano-
sibligidan vujudga keladi. 
Shoir va yozuvchilar hamda oddiy xalq orasidagi millionlab so‘zga chechan 
kishilar tilning badiiy imkoniyatining mazkur har ikki jihatining biridan yoki har 



ikkisidan birdan foydalanadilar va shu bilan o‘quvchi yoki tinglovchiga ham lazzat 
bag‘ishlaydilar. 
4. Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi.
Til olamni tartibga 
soluvchi va boshqaruvchi kibernetik
1
tizimdir. Til olamni tartibga soladi va uni 
to‘la boshqaradi. U faqat insonni emas, hatto hayotni ham boshqaradi. Inson 
hayotida yuz beradigan voqealar uning ongidagi fikr va obrazlarga hamda odam 
ularni qaysi so‘zlar bilan ifodalashiga to‘la muvofiq keladi. Tilmiz voqeligimizni 
belgilaydi, shakllantiradi, undan keyin tasvirlaydi. So‘zlarimiz atrof olamni 
tasvirlabgina qolmay, balki avvalo uni yozadi. Boshqacha qilib aytganda, biz til 
yordamida o‘zimiz yashayotgan olamni yaratamiz. So‘z hayotga obrazni chorlaydi. 
Obraz o‘z navbatida insonning his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq. His-tuyg‘ular esa 
hayotda voqelanadigan harakatni vujudga keltiradi. Shunday zanjir hosil bo‘ladi: 
So‘z͢͢͢͢ → obraz→ his-tuyg‘u→ harakat→hayot 
Insonning ongi va qalbida so‘zlar bilan ifodalangan ijobiy yoki salbiy dasturlar 
bo‘ladi. Ijobiy dasturlarga misol: 
– Olam adolatli. 
– Koinot to‘kin-sochin. 
– Odamlar mehribon. 
– Men ota-onamdan minnatdorman. 
– Men o‘zimga ishonaman. 
– Men kuchliman. 
Salbiy dasturlarga misol: 

Olam adolatsiz. 
– Hamma yoqda firibgarlar. 
– Hamma odam dushman. 
– Hamma narsa pulga bog‘liq. 
– Vaqtim yo‘q. 
– Pulim yo‘q. 

Salbiy dasturlar inson hayotiga o‘z mazmuniga muvofiq noxush voqealarni jalb 
qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ijobiy dasturlar esa baxt-saodat va 
salomatlik garovidir. Shuning uchun har bir odam ongidagi salbiy dasturlarni 
aniqlab, ularni ijobiy dasturga aylantirishi lozim.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish