O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna


Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/123
Sana26.02.2022
Hajmi2,44 Mb.
#467464
TuriУчебное пособие
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari 
Leksikada bo‘lgani kabi frazeologiyada ham lisoniy-semantik munosabat 
amal qiladi.
Frazeologik sinonimiya.
Ma’nodoshlik hodisasi frazeologizmlarda ham 
mavjud. Frazeologizmning ma’nodoshlik paradigmasida birliklar ifoda semalari 
darajasiga ko‘ra farqlanadi: [yaxshi ko‘rmoq] – [ko‘ngil bermoq], [yer bilan 
yakson qilmoq] – [kulini ko‘kka sovurmoq], [ipidan ignasigacha] – [miridan 
sirigacha], [qilidan quyrug‘igacha] va h. Ma’nodosh frazeologizmlarning atash 
semasi bir xil bo‘ladi. Masalan, [ipidan ignasiga] – [miridan sirigacha], [qilidan 
quyrug‘igacha] kabi iboralarida «butun tafsiloti bilan» atash semasi umumiy. 
Ammo ular uslubiy xoslanganlik va bo‘yoqdorlik darajasini ifodalovchi semalari 
bilan farqlanadi. 
Sinonim frazeologizmlarni frazeologik variantdan farqlash lozim. Sinonim 
iboralarda ayni bir so‘z bir xil bo‘lishi mumkin. Lekin qolgan so‘zlar sinonim 
leksemaning ko‘rinishlari bo‘lmasligi lozim. [Jonini hovuchlab] va [yuragini 
hovuchlab] iboralarida bir xil so‘z mavjud. Ammo [jon] va [yurak] so‘zlari 
sinonim leksema ko‘rinishi emas. [Ko‘ngliga tugmoq] va [yuragiga tugmoq] 
iboralari frazeologik variant. 


180 
Frazeologik antonimiya.
Zid ma’noli antonimlar bir-biriga teskari 
tushunchani ifodalaydi. Misollar: [ko‘ngli joyiga tushdi] – [yuragiga g‘ulg‘ula 
tushdi], [qoni qaynadi] – [og‘zi qulog‘iga yetdi]. 
Frazeologik omonimiya.
Frazeologizmlar omonimik munosabatda ham 
bo‘lishi mumkin. Misollar: [so‘z bermoq I] (“va’da bermoq”), [so‘z bermoq II] 
(“gapirishga ruxsat bermoq”), [boshga ko‘tarmoq I] (“ardoqlamoq”), [boshga 
ko‘tarmoq II] (“to‘polon qilmoq”), [qo‘l ko‘tarmoq I] (“ovoz bermoq”), [qo‘l 
ko‘tarmoq II] (“urmoq”). 
Frazeologizmdagi darajalanish, giponimiya, funksionimiya, iyerarxionimiya 
kabi semantik munosabatlar o‘z tadqiqotini kutmoqda. 
Tilshunoslikning lug‘at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi va lug‘at 
tuzish bilan shug‘ullanuvchi sohasi leksikografiya (gr.lexikos – so‘z, so‘zga oid va 
grapho – yozaman) yoki lug‘atchilik deyiladi. Maqsad va vazifasiga ko‘ra 
leksikografiya ikkiga bo‘linadi: 
a) ilmiy leksikografiya lug‘atchilikning nazariy masalasi bilan shug‘ullanadi; 
b) amaliy leksikografiya bevosita lug‘at tuzish ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi. 
Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Bular quyidagilarda 
ko‘zga tashlanadi: 
1)ona tilini va boshqa tillarni o‘rgatish; 
2) ona tilini tasvirlash va me’yorlashtirish; 
3) tillararo munosabatlarni ta’minlash; 
4) til leksikasini ilmiy tekshirish va talqin qilish. 
Lug‘at maqsadi va mo‘ljaliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 
a)
umumiy lug‘at; b)maxsus lug‘at. 
Umumiy lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga, maxsus lug‘at esa tor doiradagi 
kishilar – alohida soha mutaxassisiga mo‘ljallangan bo‘ladi. 
Har ikkala tur lug‘at ham o‘z o‘rnida yana ikkiga bo‘linadi:
1)
ensiklopedik lug‘at; 2)filologik lug‘at.
Demak, lug‘atni umumiy ensiklopedik lug‘at va maxsus ensiklopedik lug‘at, 
umumiy filologik lug‘at va maxsus filologik lug‘atga bo‘lib o‘rganish maqsadga 
muvofiq va qulay. 

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish