12.3 Loyihalash ob`ektlarining tasnifi.
Loyihalashga blokli – ierarxik yondashuvdan kelib chiqib loyihalash ob`ektlari
sistemalar va elementlarga bo`linadi.
YUqorida keltirilgan misollarga muvofiq ob`ektlar yana mahsulot va jarayonlarga
bo`linadi.
Loyihalanayotgan jarayonlar o`rtasida hisoblash va texnologik jarayonlar
muhim o`rin tutadi. Masalan, eXM matematik ta`minotini qayta ishlash masalasi
hisoblash jarayonlarini loyihalash masalasiga tegishli.
Ob`ektlarning bo`linishi qurilgan belgilardan tashqari boshqalariga ham ega.
Masalan, sistemalar va ularning elementlari qurilma va ishlarning fizik asoslariga
ko`ra mexanik, gidravlik, pnevmatik, elektrik, radio elektron va boshqalarga
bo`linadi.
Ko`pgina sistemalarni ishlashini qaysidir biror ilmiy – texnik tartiblar
atamalarida to`la tavsiflab bo`lmaydi, ularda turli fizik tabiatli jarayonlar muhim rol‘
o`ynaydi. Bu sistemalarini turli jinsli fizik elementli sistemalar deb ataymiz Bunday
sistemalar bo`lib elektro dvigatellar, optik – elektr qurilmalar, issiqlik almashish
apparatlari va boshqalar xizmat qilishi mumkin. SHu kabi sistemalarni tahlil qilishda
aloxida sistemachalarga ajratish mumkin., masalan, mexanik, elektrik, issiqlik va x.k.
Radio elektorn apparaturalardp asosiy sistemacha informatsiyani qayta ishlovchi,
insonning ishlashi uchun foydali, aynan elektr jarayonlar yordamida ishlangan elektr
sistemacha hisoblanadi. SHuni esdan chikarmaslik kerakki, radio elektr qurilmalari
elementlaridagi elektr jarayonlar asosiy elektr jarayonlar oqimiga ta`sir etishi
mumkin bo`lgan issiqlik jarayonlarini keltirib chiqaradi, chunki izlanishlar nafaqat
elektrik, balki issiqlik sistemalari uchun ham zarur.
Bir sistemadagi turli sistemachalarni avtonom tahlil qilish bir xil holatlar katoriga
kirishi mumkin, biroq turli tabiatli jarayonlarning o`zaro bog‘liq holda yuzaga
kelishini hisobga olish talab qilinadi. Radio elektron qurilmaning elektr
sistemachasining ichki parametrlari odatda haroratga bog‘liq va bu haroratning o`zi
elementlardagi kuvvatning yo`qolishi va kuchlanishi, toklarning mikdoriga ta`sir
qiladi.
Uz navbatida kuvvatning yo`qolishi konstruktiv elementlarning haroratiga ta`sir
qiladi.
Ko`pgina sistemalarni bita bosh sistemachaga ajratish mumkin emas (gidro
uzatkichlar, gidravliklarda va mexanik sistemachalarda teng o`lchamlilari asosiy
hisoblanadi). Xavoni kondintsiyalovchi sistemalardagi issiqlik va pnevmatik
sistemachalar haqida ham, raketa va snaryadlardagi mexanik, pnevmatik va ximik
sistemachalar haqida ham shunday deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |