Mungli qo‟shiqlar unga yoridan ham, xalqning bu qahramon to‟g‟risidagi ohu-
zoridan ham xabar beradi. U Farhodga maktub yozib,
Shopur orqali Salosil
qo‟rg‟oniga yuboradi:
Vale yuz muncha dardi toza birla,
G’amu-anduhi beandoza birla.
Chu dardu-g’urbatingni yod etarmen,
Hazing jonimg’a yuz bedod etarmen.
Agarchi bo’lg’oli ishqing asiri,
O’tar aflokdin ohim nafiri
(III, 28, 287).
Shirin maktubda Farhodning asirlikda chekayotgan azoblariga o‟zini
hamdard bilib, o‟rtada bo‟lib o‟tgan voqealarni birma-bir eslaydi. Ularning har
biriga ayricha munosabat bildiradi. Uni “baxt qushi keltirgan ishratdan mahrum”
bo‟lib, “boyqush soyasida” qolgan “ahvoli zabun” oshiq deb ataydi.
Ayriliq va
Xusrav tug‟dirgan falokatlar natijasida Farhod qalbiga hamroh bo‟lgan dard-
alamlarni ajoyib qiyoslar bilan xatga bitadi. Shirin Farhod ro‟zgorini o‟zining qora
sochlaridek qorong‟u deb biladi. Uning “qomati g‟am yuki ostida yangi chiqqan
oydek dol bo‟lsa kerak” deb qayg‟uradi. Farhod chekayotgan azob-uqubatlarni
Shirin o‟zi tufayli ro‟y berayotganligini tushunadi. Rivoyatlarda barcha hayvonlar,
jonivorlar Sulaymon payg‟ambarning farmonida bo‟lgan deb aytiladi.
Shirin
Salosilda kiyiklar, qulonlar, vahshiy hayvonlar bilan hamdard bo‟lib
qolgan
Farhodni o‟sha Sulaymonga, o‟zini esa Sulaymonning xotini Bilqisga o‟xshatadi.
Quyidagi misralarda Shirinning ichki kechinmalari Navoiy qalamiga xos mahorat
bilan qog‟ozga ko‟chirilgan:
Ne bo’lg’ay erdi charxi zulm pesha,
Meni sendin judo qilmay hamesha.
Xiroming chog’i yo’ldosh o’lsam erdi,
Sukunung vaqti qo’ldosh o’lsam erdi.
Quyosh yanglig’ bo’lub kunduz qarining,
Bo’lub tun soya yanglig’ hamnishining.
Tikan kirsa kafingg’a kiynasidin,
Chiqorsam erdi kiprik ignasidin.
Ayog’ sunsang bo’lub g’amdin xaroshing,
Mudom o’lsa edi qo’ynumda boshing.
Ko’rub xoru xas o’rnungda, nihoniy,
Sochim birla supursam erdi oni.
Chu balsam garddin ko’nglungda qayg’u,
Yer uzra ashkdin sepsam edi su.
Boshingg’a tushsa mehnat shomi joved,
Yuz ochib zohir etsam erdi xurshed.
Agar joningg’a qasd etsa uzun kun,
Sochim yetkursa erdi anbarin tun.
Yuzungni olmasam erdi engimdin,
Aritsam erdi ashkingni yengimdin.
Junun ta’vizig’a ko’rganda moyil,
Qo’l etsam erdi baynungg’a hamoyil.
Tilar bo’lsang yuzung ko’rmakka ko’zgu,
Yuzum yuzungga tutsam erdi o’tru.
Suv istab tushsa o’tlug’ ko’nglunga ,
Labimdin tutsam erdi chashmayi no’sh.
Damodam aylabon hamdardlig’ingni,
Kecha-kunduz qilib mahramlig’ingni.
Tunungda shami majlis bo’lsam erdi,
Kun o’lsa yoru munis bo’lsam erdi.
Chu aylabtur sipehri tez raftor,
Seni bir yon, meni bir yon giriftor
(III, 28, 288).
Shirin Farhodga qarata “kunduz kunlari quyoshdek yaqining bo‟lsam”,
“tunda esa soyadek yoningda yursam”, deb yozadi. “Agar kunduz kunlari
zeriksang, tog‟da quyosh issig‟i senga ozor yetkazsa sochim bilan so‟lim bir tun
yetkazsam”, “o‟zingni o‟zing ko‟rishni istasang
yuzumni oyna qilib seni aks
ettirsam ”, - deydi. Garchi bu o‟rinda Sharq adabiyotida mavjud ayrim obrazlar
qaytarilayotgan bo‟lsa-da, ular Navoiy qalami bilan shu darajada nafis ishlangan va
yuqori ko‟tarilganki, ayni zamonda yangi vositalar bo‟lib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: