12. Avtomatika sistemalarining loyihalash ob`ektlari va parametrlari.
Reja:
Avtomatika sistemalarining loyihalash ob`ektlarini parametrlari.
Loyihalash ob`ektining ish bajarish funktsiyasiga parametrlarining ta`siri.
Loyihalash ob`ektlarining tasnifi.
12.1 Avtomatika sistemalarining loyihalash ob`ektlarini parametrlari.
Parametr – ob`ektning ish rejimi yoki xossasini xarakterlovchi kattalik. Loyihalash ob`ektlari parametrlari orasidan, ularning mo`ljallangan maqsadiga mos darajadagi mikdoriy baho hisoblanuvchi foydalilik ko`rsatkichlari aloxida keltiriladi.
Foydalilik ko`rsatkichlari quyidagi ko`rsatkichlarga bo`linadi:
a) unumdorlik;
b) ishonchlilik;
v) qiymati;
g) massasi;
e) aniqligi.
Sistemaning tipii va konkret sharoitdan kelib chiqib, u yoki bu ko`rsatkich bosh rolni bajaradi. SHundan kelib chiqib, radiosistemalar uchun asosiy foydalilik ko`rsatkichlari ma`lum vaqt ichida qancha ish bajara olish qobiliyati (unumdorlik ko`rsatkichi) va aniqlik hisoblanadi. «Foydalilik ko`rsatkichi» atamasi murakkab sistemalarga mos keluvchi yuqori ierarxik darajada loyihalashlarning barchasida ishlatiladi.
CHiqish parametrlari – sistemaning to`g’ri ishlayotganligi haqida xukm chiqarish mumkin bo`lgan sifat ko`rsatkichlari, ya`ni bu tushuncha anologik jixatdan, «foydalilik ko`rsatkichi» ga mos keladi, lekin u ixtiyoriy ierarxik darajadagi sistemalarda qo`llaniladi.
CHiqish parametrlari elementlarining xossalariga bog’liq bo`lgani kabi, sistemalarning aniqlangan strukturalari (konfiguratsiyalari)dagi elementlarning bir-biri bilan bog’lanishlarining o`ziga xosliklariga bog’liq.
Har bir yangi bog’lanish uslubi yangi strukturani beradi va sistemalar ishida sifat o`zgarishiga olib keladi. Bunday o`zgarishlar agar yangi tipdagi elementlar oldingisiga qaraganda sifatli bo`lsa, qaysidir elementning tipini o`zgartirishga olib keladi. SHuning uchun ham elementlarning tiplari sistemalar strukturalarining xususiyatlariga muvofiq bo`ladi. SHunga ko`ra, sistemalar strukturalarining vazifalari elementlar tiplarining vazifalari va ularning bir-biri bilan bog’lanish usullarini bildiradi.
Hamma strukturalar variantlari to`plamlarining ko`pchiligi – hisoblash to`plamlari; bir variantdan boshqasiga o`tish yo chiqish parametrlari qiymatini diskret o`zgartirish yo sistemalar xossalarini sifatli o`zgartirishga o`tkazish bo`lsin, umuman chiqish parametrlari to`plamini o`zgarishi haqida gapirish.
Agar sistemalar strukturasi aniq bo`lsa, unda uning chiqish parametrlari faqat elementlar parametrlari va tashqi sharoit parametrlariga bog’liq bo`ladi.
Ichki parametrlar – bu elementlarning parametrlari.
Tashqi parametrlar – bu ob`ektga ta`sir qilib, uning ishiga uz ta`sirini kursatuvchi tashqi muhitlarning parametrlari.
Boshqa so`z bilan aytganda, har bir ierarxik darajadagi chiqish parametrlari sistemalar xossasini harakterlaydi, ichki parametrlar esa, elementlar xossasini. SHuni ta`kidlash kerakki, yangi sathga o`tishda qaralayotgan ichki parametrlar chiqish parametrlari bo`lib kolishi mumkin va aksincha.
Masalan, rezistorning karshiligi – radio elektron qurilmaning printsipial sxemasini loyihalashda ichki parametr, lekin bu karshilik shu rezistorning o`zini ishlashida chiqish parametri bo`ladi. Tashqi parametrlari, namlik va o`rab turgan muhit haroratsi, radiatsiya darajasi, shovkin mikdori vash u kabilar xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |