maxsi
(o‘zb.) —
taksi
(rus.),
tepki
(o‘zb.) —
konki
(rus.) kabi. Urg‘uli
bo‘g‘inning boshqa tiplarida (yopiq, to‘la yopiq bo‘g‘inlarda) ham ruscha «i»
83
o‘zbekcha «i»dan cho‘ziqroq va torroq talaffuz qilinadi. Qiyos qiling:
metin
(o‘zb.)—
nikotin
>
nikot.n
(rus.),
ovsin
(o‘zb.)
apelsin > apelsin
(rus)
kabi.
8.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan bir bo‘g‘inli so‘zlarda «u» unlisi o‘zbek tilidagi
«u»dan cho‘ziqroq va kuchliroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
dud
(o‘zb.) —
dub
>
du:b
(rus),
pul
(o‘zb.)—
puls
>
puls
(rus.),
tush
(o‘zb.)—
tush
>
tir
(rus.)
kabi.
9.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘uli bo‘g‘inida «u»
unlisi o‘zbek tilidagi «u»dan ancha cho‘ziq va biroz yo‘g‘onroq talaffuz etiladi.
Qiyos
qiling:
bunda
(o‘zb.) —
budka
(rus.),
mangu
(o‘zb.) —
mangusta
(rus.),
mavzu
(o‘zb < arab.) —
meduza
(rus.) kabi.
10.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «u»
qisqa talaffuz qilinadi, ammo o‘zbek tilidagi «u» ayni shu fonetik pozitsiyada
ruscha «u»dan ham qisqaroq bo‘ladi. Qiyos qiling:
dushman
(o‘zb.) —
turbina
(rus.),
muzday
(o‘zb.) —
muzey
(rus) kabi.
11.
So‘z boshidagi berkitilmagan, urg‘usiz bo‘g‘inda «u» unlisi ruscha so‘zlarda
yo‘g‘onroq, o‘zbekcha so‘zlarda ingichkaroq (yumshoqroq) talaffuz etiladi.
Qiyos qiling:
uklad
(rus.) —
uxlamoq
(o‘zb.),
vizual
(rus.) —
uzum
(o‘zb.) kabi.
12.
Ruscha leksik o‘zlashmalarda «u» unlisi yumshoq undoshdan so‘ng o‘ta
ingichka (old qator unli tarzida), qattiq undoshdan so‘ng esa yo‘g‘on (orqa
qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. Qiyos qiling:
abajur va manikur,
ultimatum va kostyum, plug va salut
kabi. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarda
yumshoq undoshdan keyin kelgan «u» o‘zbekcha «u» dan ham ingichkaroq va
yumshoqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
burro
(o‘zb.) —
byuro
(rus.) kabi.
13.
Ruscha leksik o‘zlashmalarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «e» unlisi o‘zbekcha «e»
dan
ancha
tor
(«i»
ga
yaqin)
talaffuz
etiladi:
telefon
>
tilifon,
televizor
>
tilivizor, adres
>
adris
kabi.
14.
Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda «a» unlisi o‘zbekcha «a» dan yo‘g‘onroq
talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
kana
(o‘zb.) —
kanal
(rus.) kabi.
84
15.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagi o‘rta keng, lablangan «o» unlisi urg‘uli
bo‘g‘inda o‘zbek tilidagi o‘rta keng, lablangan «o‘» dan kengroq talaffuz
etiladi.
Qiyos
qiling:
ton
(rus.)
—
to
‘
n
(o‘zb.),
tok
(rus.)
—
to
‘
k
(o‘zb.),
tort
(rus.) —
to
‘
rt
(o‘zb.) kabi. Urg‘usiz bo‘g‘inda esa ruscha «o»
reduksiyaga uchrab, o‘ta kuchsizlanadi va «qisqa «i» yoki «a» tarzida talaffuz
qilinadi:
traktor
>
traktir, samolyot > samalyot
kabi.
16.
Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so‘zlarning boshida
bir «o‘» tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan:
ro
‘
za
>
o
‘
raza
,
rus >
o
‘
ris
,
ro
‘
mol
>
o
‘
ramol
kabi. Adabiy talaffuz me’yori sifatida
ro
‘
za, rus, ro
‘
mol
shakllari saralangan.
17.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish «v» undoshi jarangsiz
«f» tarzida talaffuz qilinadi:
aktiv
>
aktif, passiv
>
passif, ustav> ustaf
kursiv
>
kursif
kabi; «v» ning jarangsizlanishi so‘z ichidagi assimilyativ
holatda ham yuz beradi:
avtomat
>
aftomat, stavka
>
stafka
kabi. Bunday
talaffuz adabiy til uchun me’yor sanaladi, ammo o‘zbek tilining o‘z so‘zlarida
qo‘llanadigan lab-lab «v» undoshi so‘z oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida
ham «f» ga o‘tmaydi:
ov, birov, ovqat, shavkat
kabi. (Bu holat ham orfoepik
me’yor sanaladi).
18.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning ko‘pchiligida urg‘u erkin bo‘ladi, bu hol
o‘zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda:
atlas, trolleybus,
tramvay
kabi.
19.
O‘zbek tilidagi urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, ammo ayrim
o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u so‘zning oldingi bo‘g‘inlarida bo‘lishi ham
mumkin:
hamma, jami, hamisha, afsuski
kabi. Bunday holatlardan xabardor
bo‘lish adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilish imkonini beradi.
Xullas, o‘zbek tili tovushlarining akustik, artikulatsion xususiyatlari, tasnifi va
tavsifi, ularning miqdoriy, fonologik xossalari; rus tili tovushlari bilan qiyosiy
izohi, orfoepiyasi va orfografiyasi, ishlatilish marotabasi haqidagi qisqacha
ma’lumotlar shulardan iborat.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |