O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna


O ‘ zbek  adabiy  tilining  ayrim  orfoepik me’yorlari



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/206
Sana22.01.2022
Hajmi2,44 Mb.
#399679
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   206
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

O

zbek  adabiy  tilining  ayrim  orfoepik me’yorlari
 
Orfoepik  me’yorlar  makon  va  zamonda  farqlanadi,  o‘zgaradi.  Ya’ni  har  bir 
til  o‘zining  ma’lum  davrdagi  adabiy  talaffuz  normalariga  ega  bo‘lib,  ular  vaqt 
o‘tishi  bilan  tildagi  fonetik,  leksik  va  boshqa  yangilanishlar  natijasida  o‘zgarishi 
mumkin.  Orfoepiya  nutqning  talaffuz  me’yorlari  amaliy  jihatdan  qanday bo‘lishini  
fonetika  va  fonologiyadagi  nazariy  tamoyillarga  asoslangan  holda  belgilab  beradi. 
O‘zbek  tilida  avvalgi  adabiy  talaffuz  me’yorlari    eski  o‘zbek  adabiy  tili  negizida 
yuzaga  kelgan  bo‘lsa,  hozirda  foydalanilayotgan  adabiy  talaffuz  normalari  fan-
texnikaning  yuksalishi,  xalq  madaniy  saviyasining  tobora  o‘sib  borishi,  umumiy 
savodxonlik,  o‘rta  va  oliy  maktablarning  rivojlanishi  kabi  qator  omillarni  hisobga 
olgan holda belgilangan.    
Orfoepik  normalarni  talab  qiluvchi  nutqiy  hodisalarning  eng  asosiylaridan 
biri  assimilyatsiya  (tovush  qo‘shni  tovushni  o‘ziga  moslashtirib-o‘xshatib  olishi: 
ketdi  ||  ketti)  hodisasidir.  Til  qancha  qadimiy  bo‘lsa,  unda  assimilyatsiya  hodisasi 
shuncha  ko‘p  uchraydi,  til  qanchalik  adabiy  bo‘lsa,  unda  assimilyatsiya  shuncha 
kam  uchraydi.  Orfoepiyaning  vazifalaridan  biri  ham  assimilyatsiyani  me’yorda 
tutib  turishdir.  Til  taraqqiyotining  qonuniy  natijasi  bo‘lgan  assimilyatsiya 
orfografiyada  “muhr”lanmagan  bo‘lsa  ham  orfoepiya  qonuniga  aylangandir. 
Masalan:  o‘t  +  di  =  o‘tti,  boribdi  >  boripti.  Bunga  o‘xshash  orfoepik  normalarga 
rioya  qilmaslik  aksent  (g‘alizlik)  hosil  qiladi.  Til  taraqqiyotidagi  ayrim  fonetik 
o‘zgarishlar  ham  orfoepik,  ham  orfografik  normaga  aylangan.  Masalan,  birinchi 
bo‘g‘ini ochiq bo‘lib, ikkinchi bo‘g‘ini sonorlashgan undosh bilan boshlanib, sonor 
bilan tugagan o‘zakka asosan tor unli bilan boshlangan affiks qo‘shilganda bo‘g‘in 
strukturasida  o‘zgarish  yuz  beradi.  Misollar:  o‘g‘il+im<  o‘g‘-lim,  ko‘ngil+im  < 
ko‘nglim,  burun+im  <  bur-nim,  qorin+im  <  qor-nim,  shahar+im  <  shah-rim.  Bu 


77 
 
 
o‘zgarishni  ham  imlo,  ham  talaffuz  taqozo  etadi.  Orfografiya  va  orfoepiyaning 
qarama-qarshi  o‘rinlaridan  biri  arab  tilidan  qabul  qilingan  ikki  undosh  bilan 
tugagan,  aslida  bir  bo‘g‘inli  so‘zning  nutqda  ikki  bo‘g‘in  tarzida  (unli  qo‘shib) 
o‘zlashganidir.  Misollar:  mehr,  qadr,  aql,  qism,  hukm,  qasr,  asr  kabi.  Yangidan 
hosil  bo‘lgan  bo‘g‘in  nutqda  hatto  so‘z  urg‘usini  ham  oladi:  hukum,  rasim. 
Yozuvda  esa  aks  etmaydi.  Bu  o‘rinda  nozik  bir  qonuniyat  mavjud:  so‘z  oxirida 
ketma-ket  kelgan  undoshning birinchisi sonor bo‘lsa, so‘z bir bo‘g‘inligicha qoladi 
-  unli  ortmaydi.  Masalan:  qand,  pand.  Bu  tipdagi  so‘zlar  turkiy  tilda  qadimdan 
mavjud:  yurt,  yalt-yult,  tark  etmoq,  tort,  qurt.  Ba’zan  sonordan  keyin  unli 
qo‘shilishi  holati  uchrab  qoladi:  ramz  -  ramiz,  xayr  -  xayir  (Toshkent  shevasi). 
So‘z  oxirida  kelgan  ikki  jarangsiz  til  oldi  undoshlarining  oxirgisi  og‘zaki  nutqda 
tushib  qoladi:  go‘sh  <  go‘sht.  Agar  o‘sha  so‘zdan  so‘ng  unli  bilan boshlanadigan 
affiks  yoki  so‘z  kelsa,  undosh  tushmasligi  mumkin:  balan  >  balandi,  xursan  > 
xursandi,  Samarqan  >  Samarqandim  kabi.  Undosh  bilan  boshlanuvchi  affiksdan 
oldin  undoshning  bittasi  tushadi:  xursan(^chilik,  pas(^qamlik,  pas(^tekislik, 
Pas(t)darg‘om.  To‘g‘ri  talaffuz  nutq  madaniyatining  muhim  belgilaridan  biri 
sanaladi.  Adabiy  tilda  to‘g‘ri  yozish  qanchalik  muhim  bo‘lsa,  to‘g‘ri  talaffuz  ham 
shunchalik ahamiyatlidir.

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish