O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti axmedova Dildora Bahodirovna



Download 2,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/206
Sana22.01.2022
Hajmi2,44 Mb.
#399679
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206
Bog'liq
Ona tili 1 kurs talabalar uchun

To‘rtinchidan

tushuncha 
tafakkur 
birligi, 
borliq 
alohidaliklari 
va 
munosabatlaridagi  umumiy  va  muhim  tomonlarning  ongdagi  in’ikosi  bo‘lib, 
baholash,  unga  kimningdir  munosabati,  qo‘shimcha  (yondosh,  hamroh)  ma’nolar 
xos  emas;  u  baho ma’nosidan xolidir. So‘z esa, aksincha, konnotativ (qo‘shimcha 
uslubiy)  ma’no  bo‘yog‘isiz  bo‘lmaydi.  Chunonchi,  turq-angor-aft-bashara-YUZ-
chehra-jamol-oraz-ruxsor  qatoridagi  yuz  so‘zi  bo‘yoqsiz  emas,  balki  neytral 
bo‘yoqlidir. Shu xususiyat asosida to‘rtinchi farqni “Tushuncha uchun qo‘shimcha 
ma’no  xos  emas,  so‘z  esa qo‘shimcha ma’nosiz bo‘lolmaydi”,  - deb ifodalashimiz 
mumkin. 
    
Beshinchidan
,  tushuncha  tarixiy  taraqqiyot  natijasida  o‘zgarishi,    hatto  o‘z 
aksiga  o‘tishi  va  bu  so‘zga  ta’sir  etmasligi,  shuning  aksi  sifatida  so‘z  tamoman 
o‘zgarib,  tushunchaga  mutlaqo  ta’sir  etmasligi  mumkin.  Birinchi  holatni  Yer  va 
Quyosh haqidagi bundan yuz yil oldingi va bugungi tushunchalarimizning qiyosida 
ko‘rsak,  ikkinchi  holatni  bundan  yigirma  yil  oldin  ishlatilgan  oblast,  rayon 
so‘zlarining  viloyat,  tuman  so‘zlari  bilan  osongina  almashinganida  ko‘ramiz.  Shu 
asosda  so‘z  va  tushuncha  orasidagi  beshinchi  farqni  “So‘z  o‘zgarib,  tushuncha 
o‘zgarmasligi  va,  aksincha,  tushuncha  o‘zgarib  so‘z  o‘zgarmasligi  mumkin”  deb 
ifodalashimiz  mumkin. 
     So‘zning  borliqdagi biror (bir turdagi) narsa, belgi, miqdor, harakat, munosabat 
haqidagi  tushunchani  ifodalashi  uning  ma’nosi  deyiladi.  Masalan,  gilam  so‘zining 


135 
 
 
ma’nosi “odatda jun, ipakdan to‘qilib, yerga, polga to‘shaladigan yoki bezak uchun 
xona devorlariga osib qo‘yiladigan  uy jihozi”. 
   So‘zning  ma’nosi  murakkab  bo‘lib,  uning  bir  necha  turi  mavjud.  Eng  avvalo 
ma’noning lug‘aviy (leksik) va grammatik ma’no turini farqlash kerak. 
   So‘zning  borliqdagi  qanday  narsa,  belgi,  miqdor,  harakat,  munosabat  haqidagi 
tushunchani  ifodalashi  uning  lug‘aviy  ma’nosi  deyiladi.  Masalan,  atala  – 
“qizdirilgan  yog‘ga  qovurilgan  un  solib,  suv  qo‘shib  pishiriladigan  suyuq  ovqat”, 
arang  –  “katta  qiyinchilik  bilan,  zo‘rg‘a”,  archmoq  –  “po‘stini,  qobig‘ini  olmoq, 
po‘chog‘ini  tozalamoq”.  So‘zlarning  lug‘aviy  ma’nosi  izohli  lug‘atda  qayd  etiladi. 
So‘zning  leksik  ma’nosi  uning  o‘zak,  negizida  bo‘ladi.  Ba’zi  bir  so‘zda  lug‘aviy 
ma’no  bo‘lmaydi:  lekin,  bilan,  ammo,  uchun,  sari  kabi.  Faqat  mustaqil  so‘zgina 
atash  ma’nosiga  ega.  Olmosh  bundan  mustasno.  U  o‘zi  ishora  qiladigan  so‘zning 
atash ma’nosiga ishora qiladi. 
So‘zning  biror  so‘z  turkumiga  xos  belgisi,  so‘z  birikmasi  va  gapdagi 
vazifasini  ko‘rsatuvchi  xususiyati  grammatik  ma’no  deyiladi.  Chunonchi, “Bolalar 
qiziqarli kitobni o‘qiydi” gapini  olsak, “bolalar” so‘zida 2 xil ma’no ajralib turadi:  
1)  lug‘aviy  ma’no  –  ya’ni  bu  so‘zning  borliqdagi  odam  jinsiga  mansub  bo‘lgan, 
yosh  jihatdan  voyaga  yetmagan  shaxsni  yoki  voyaga  yetgan  kimsaning  farzandi, 
avlodini  atab  kelish;  2)  ko‘plik  sonda,  bosh  kelishikda,  gapda  ega  vazifasida 
kelgan  turdosh  ot.  Bu  ma’nolardan  birinchisi  lug‘aviy,  leksik  ma’no  bo‘lsa, 
ikkinchisi  grammatik  umumlashgan  ma’nodir.  Grammatik  ma’no  juda  ko‘p  so‘z 
uchun bir xil, ya’ni umumiy bo‘ladi. Lug‘aviy  ma’no esa har bir so‘zda alohida. 
   Lug‘aviy  ma’noning  bir  necha  turi  mavjud.  Bu  turlar  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan  bir 
necha juftlikni hosil qiladi. 
                           

Download 2,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish