Birinchidan
, so‘z ikki tomonlama birlik bo‘lib, tashqi – moddiy hamda ichki –
mazmun tomonlaridan iborat. Shu tufayli so‘zni leksikologiyada mazmun
tomonidan, fonetika, morfologiyada ifoda tomondan tekshirishga imkon bor.
Tushuncha esa bir tomonlama birlik bo‘lib, u abstraksiya, umumlashtirishdan
iborat. Shuning uchun ham tushunchaning tashqi tuzilishini o‘rganib bo‘lmaydi.
So‘z esa o‘zining ma’nosi bilangina tushuncha bilan bog‘lanadi. Tushuncha
ongimizda faqat mazmun tomondan tizim hosil qiladi, so‘z esa semantik sistemaga
ham, grammatik, leksik, morfologik, uslubiy tizimlarga ham kiradi. Shu asosda
so‘z va tushuncha orasidagi birinchi farqni: so‘z ikki tomonli lisoniy birlik,
tushuncha esa bir tomonli bo‘lib, tafakkur birligidir deb berishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |