Uyga vazifa:
1- mashq.
Quyidagi so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shib, ular ishtirokida gaplar
tuzib yozing. Hosil bo‘lgan tovush o‘zgarishini va ularning imlosini izohlang.
1) o‘rin, qorin, burun, o‘g‘il, bo‘yin, ko‘ngil so‘zlariga egalik
qo‘shimchasini qo‘shing; 2) qayir, ayir kabi fe’llarga majhul nisbat qo‘shimchasi
(-il)ni qo‘shing; 3) ikki, olti, yetti so‘zíariga -ov, -ala qo‘shimchalarini qo‘shing;
4) u, bu, shu, o‘sha so‘zlariga -da, -dan, -day, -dagi, -ga, -gacha, -cha
qo‘shimchalarini qo‘shing.
2-mashq.
Matnni ifodali o‘qing va yod oling. Tarixiy-an’anaviy tamoyil
asosida yozilgan so‘z va grammatik shakllarni ko‘chiring, ularni hozirgi adabiy til
me’yori bilan taqqoslab, izohlang.
Yurt qayg‘usi Ey, ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Senga ne bo‘ldi? Holing
qalaydur? Nechuk kunlarga qolding? Ey, Temurlarning, 0‘g‘uzlar oilalarining
shonli beshiklari! Qani sening yuksak o‘rinlaring? Qullik chuqurlariga nedan
tushding? Dunyoni “urho”lari bilan titratadurgan yo‘lbars yurakli bolalaring qani?
Yer tuprog‘ini ko‘klarga uchiraturg‘on tog‘ gavdali o‘g‘lonlaring qani? Nechun
tovushlari chiqmaydur? Yer yuzining bir necha polvonlari bo‘lgan botir turklaring
qani? Nechun chekindilar? Nechun ketdilar? Kurash maydonlarini o‘zgalarga
nechun qo‘ydilar? Nechun... Nechun... Nechun? Gapir menga, ey, ulug‘ Turon,
arslonlar o‘lkasi, senga ne bo‘ldi? Yer yuzining buyuk saltanatlarini sen
qurmadingmi? Hindistonning, Eronning, Ovro‘poning ulug‘ xoqonlarini sen
yubormadingmi? Ey, xoqonlar o‘chog‘i! Ey, qahramonlar to‘g‘oni! Qani u,
chaqmoq chopishli botir xoqonlaring? Qani avvalgi o‘q yurishli otli beklaring?
Nechun “urho”lari eshitilmaydur? Dunyo xalqini bo‘ysundurgan saltanatlaring
nechun buzildi? Insonlik olamini qanotlari ostiga olgan xoqonlig‘ing kuchi nechun
o‘ldi? Kuchingmi ketdi? Kimsasizmi qolding? Yo‘q... yo‘q... Tangri haqi uchun
yo‘q!.. Sen kuchsiz emassan, sen kimsasiz emassan! Bugun Yer yuzida 80 million
bolang bor. Bularning tomirlaridagi qon Temurlarning qonidur! Bularning kuchlari
sening kuchingdur! Ey, ulug‘ Turon, arslonlar o‘lkasi! Qayg‘urma! Eski davlating,
eski saltanating, eski yigitlaring, eski arslonlaring hammasi bor, hech biri
yo‘qolmamishdur! Yolg‘iz... Oh, yana yolg‘iz,.. tarqalmishdur.
104
3-mashq.
O‘qing. Morfologik tamoyil asosida yozilgan so‘zlar qatorini
topib ko‘chiring.
1) chirilladi, taqillatdi, shovulladi, lovulladi, gurullab yondi. 2) qurdirdi,
yedirdi, kuldirdi, yondirdi; o‘tkazdir, tomizdir; tiktir, kestir, uyaltir, chaqirtir.
3) tokka, yo‘lakkacha, ko‘nikkach, zerikkuncha, to‘kkani, kechikkudek bo‘lsa,
bukkan, ekkin, kichikkina; chopiqqa, qishloqqacha, yoqqach, chiqquncha,
chiniqqani, qo‘rqqudek, achchiqqina, amakivachcha, xolavachcha. 4) bargga,
pedagogga, bug‘ga, sog‘ga, og‘gan, sig‘guncha. 5) darvozabon, masxaraboz, ishda,
misdan, ketdi, kelmabdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |