Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
101
Testlar
1. Grafika nima?
A.Muayyan tilning fonetik-fonologik, leksik-semantik va morfologik birliklarini
yozuvda ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimi.
B.Muayyan tilda so‘zlarni va so‘z shakllarini to‘g‘ri yozish me’yorlarini
belgilovchi qoidalar tizimi.
102
C. Muayyan tilning imlo qoidalariga asos bo‘lgan tamoyillar. D. A va D.
2. Anglamoq fe’lining yozilishi orfografiyaning qaysi prinsipiga asoslangan?
A. Morfologik prinsipiga. B. Fonetik prinsipiga.
C. Fonematik prinsipiga. D. Grafik prinsipiga.
3. Kirill va lotin-o‘zbek yozuvlari imlo qoidalariga qaysi qatorda amal qilingan?
A. Йилдан йилга, yildan yilga. B. Йилдан-йилга, yildan-yilga.
C. Йилдан йилга, yildan-yilga. D. Йилдан-йилга, yildan yilga.
4. Qaysi qatorda so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A. Буғдой ранг, кеча-ю кундуз. Bug‘doy rang, kecha-yu kunduz.
B. Буғдойранг, кечаю кундуз. Bug‘doyrang, kechayu kunduz.
C. Буғдой-ранг, кечаю кундуз. Bug‘doy-rang, kechayu kunduz.
D. Буғдой ранг, кечаю кундуз. Bug‘doyrang, kecha-yu kunduz.
5. Qaysi so‘zning talaffuzidagi o‘zgarish ma’no o‘zgarishiga olib keladi?
A. “Kisht” so‘zida. В. “To‘rt” so‘zida.
C. “G‘isht” so‘zida. D.”Dasht” so‘zida.
6. Qaysi qatordagi so‘zlarning talaffuzida dissimilyatsiya hodisasi sodir bo‘ladi?
A. Ittifoq, muddat. B. Zarur, izzat. C. Uchta, maqtanmoq. D. G‘urur, yomg‘ir.
7. Quyidagi hukmlardan qaysi biri xato?
A. Hurmat ma’nosida qo‘llangan siz va o‘zingiz olmoshlari bosh harf bilan
yoziladi. B.So‘zlarning birinchi harflaridan tuzilgan qisqartma otlar bosh harf
bilan yoziladi. C. Bayramlar va tarixiy kunni ifodalagan birikmalarning har bir
so‘zi bosh harf bilan yoziladi. D. Oliy tashkilotlar va oliy faxriy unvonlarning
har bir so‘zi bosh harf bilan boshlanadi.
8. Qaynana, qon-talash, qasamyot, qat’iy nazar, qaqshatgich, qizg‘onchiq
so‘zlaridan nechtasi to‘g‘ri yozilgan? A. 3 tasi B. 5 tasi C.2 tasi D. 1 tasi
9. Qaysi qatordagi gapda imloviy xato yozilgan so‘zlar miqdori eng ko‘p ?
A. Komisar o‘z nutqini eshittirish uchun haddi siqqancha ovozini balandlatti.
B.To‘g‘rilik urig‘in ekgin, shodlik mevasin yegur! C. G‘alaba asrining
103
o‘smirlarisiz – Sherbachcha qilig‘i sherday cho‘ng bo‘lur. D.Yettala aka uning
yurish-turushida, gap-so‘zida mehr-muhabbatni aniq sezishardi.
10. xayr-xo’shlashib, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, boroladi,
ko‘rdiyov. Ushbu berilganlardan nechtasi imlo qoidalariga muvofiq yozilgan?
A. 1 ta B. 3 ta C. 2 ta D. Barchasi to‘g‘ri yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |