O‘simlik qoldiqlarining parchalanishi natijasida ajralgan SO2 miqdori
Zonalarning tuproq turlari
|
1soatda1 ga erdan ajralgan CO2 miqdori
|
Bir kecha-kunduz
da 1 ga dan ajralgan CO2 ,kg
|
Yil davomida, ga/t
|
Tundra
|
1,5
|
36
|
0,4
|
O‘rmon
|
3,3
|
79
|
2,0-2,5
|
O‘rmon-dasht
|
4,5
|
108
|
4,0
|
Dasht
|
2,0
|
48
|
2,5
|
CHo‘l
|
0,4
|
17
|
11-12
|
Nam o‘rmon (subtropik)
|
9,0
|
216
|
11-12
|
Ekinlarga karbonat angidridni suv bilan birga berish tavsiya etilgan. Masalan, lavlagini CO2 ga boy suv bilan sug‘organda, 1 g dan olingan hosil 68, 5 s ga ortgan. Lavlagi tarkibidagi shakar miqdori 1,03 % ga ko‘paygan.
Xlorofill miqdori ko‘p bo‘lgan o‘simlik barglarida CO2 kamroq o‘zlashtirilsa, xlorofill miqdori kam bo‘lganlarida CO2 ko‘proq o‘zlashtiriladi. Bu assimillyasion son deyiladi(11-jadval).
Issiqxonalarda havo tarkibida CO2 ning miqdorini 0,2 -0,3 foizga etkazish, ayniqsa, sabzavot o‘simliklariga yaxshi ta’sir etib, ularning hosildorligi 20-50 foiz va hatto 100 foizgacha ko‘payishi mumkinligi ham aniqlangan.
11-jadval
Xlorofill miqdori hisobiga fotosintez jadalligi
O‘simlik nomi
|
Bargning yoshi
|
Ho‘l massa hisobiga xlorofill miqdori
|
100 g xlorofill hisobiga o‘zlashtirilgan CO2, mg
|
Assimilyasion son
|
Pixta
|
Juda yosh barglari
|
8,0
|
27,3
|
3,4
|
2yillik barglari
|
33,3
|
17,1
|
0,5
|
Archa (el)
|
Yosh barglari
|
11,9
|
43,6
|
3,6
|
2yillik barglari
|
32,5
|
22,4
|
0,68
|
Harorat. Harorat o‘simliklarning hamma tiriklik jarayonlariga ta’sir etadi. Fotosintez jarayoni uchun asosan uchta harorat nuqtasi mavjuddir: 1) minimal - bu darajada fotosintez boshlanadi; 2) optimal - fotosintez jarayoni uchun eng qulay harorat darajasi; 3) maksimal - bu eng yuqori harorat darajasi bo‘lib, undan ozgina ortsa fotosintez to‘xtab qoladi.
Harorat nuqtalarinig darajasi o‘simlik turlariga bog‘liq bo‘ladi. Minimal harorat shimoliy kenglikda o‘sadigan o‘simliklarda (qarag‘ay, archa va boshqalar) uchun -5 °C, tropik o‘simliklar uchun esa 4 -8 °C atrofida bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklar uchun harorat 25 -35 °C bo‘lganda eng jadal fotosintez sodir bo‘ladi. Haroratning undan oshib borishi fotosintezni ham sekinlashtirdi va 40 °C ga etganda to‘xtab qoladi.
Harorat 45 °C ga etganda esa ayrim o‘simliklar o‘la boshlaydi. Ayrim cho‘l va adirlarda yashaydigan o‘simliklarda 58°C da ham fotosintez to‘xtamay davom etadi. Umuman fotosintez jarayoniga yorug‘lik, CO2 ning miqdori va harorat birgalikda murakkab aloqadorlikda ta’sir etadi.
Suv. Fotosintez jarayonida suv juda katta omildir. Chunki, suv asosiy oksidativ substrat - havoga ajralib chiqadigan molekulyar kislorod va CO2 ni o‘zlashtirish uchun vodorod manbai bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari barglarning me’yorida suv bilan ta’minlanishi: og‘izchalarning ochilish darajasini va CO2 ning yutilishini, barcha fiziologik jarayonlarning jadalligini, fermentativ reaksiyalarning yo‘nalishini ta’minlaydi.
Barg to‘qimalarida suv miqdorining juda ko‘p yoki kamligi ( ayniqsa, qurg‘oqchilik sharoitida) og‘izchalarning yopilishiga, natijada fotosintez jadalligiga ham ta’sir etadi. Suv tanqisligi yoki kamchiligining uzoq muddatga davom etishi elektronlarning siklik va siklsiz transporti, yorug‘likda fosforlanish, ATF larning hosil bo‘lish jarayonlariga salbiy ta’sir etadi.
Ildiz orqali oziqlanish. O‘simliklar ildiz orqali tuproqdan juda ko‘p elementlarni o‘zlashtiradi. Bu elementlar xloroplastlar, pigmentlar, fermentlar, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va boshqalarning tarkibiga kiradi. Shuning uchun ham o‘simliklarning havodan va tuproqdan oziqlanishi uzviy ravishda bir - biri bilan bog‘liq.
Xloroplastlarning tuzilmaviy shakli (ichki membranalar, lamellalar, granalar va pigmentlarning hosil bo‘lishi) faqat me’yordagi ildiz orqali oziqlanish sharoitida rivojlanadi. Azot va fosfor etishmagan sharoitda xloroplastlarning tuzilmaviy shakli emirila boshlaydi, pigmentlarning sintez jarayoni sekinlashadi va hatto to‘xtab qoladi. Azot va magniy xlorofillning tarkibiga kiradi. Demak, ular etishmasa, xlorofill hosil bo‘lmaydi va fotosintez jarayoniga salbiy ta’sir etadi.
Temir ham sitoxromlar, ferradoksin, xlorofillaza va boshqa fermentlarning tarkibiga kiradi. Mis plastotsianin fermentining tarkibiga kiradi. Bu fermentlarning faolligi sintez jadalligini tavsiflaydi.
Oziq tarkibida fosforning etishmasligi natijasida fotosintezning yorug‘likda va qorong‘ilikda bo‘ladigan reaksiyalari buzilishi mumkin. Umuman, fosfor miqdorining etishmasligi hamda oshiqchasi fotosintez jadalligini pasaytiradi.
O‘simliklarning mineral elementlar bilan ta’minlanish darajasi fotosintezning mahsuldorligini ta’minlaydi. Ularni etarli darajada mineral elementlar bilan ta’minlash yorug‘lik energiyasini yutish va o‘zlashtirishni, CO2 miqdoridan samarali foydalanishni oshiradi. Bu esa qishloq xo‘jalik ekinlarida hosildorlikni keskin oshirishni ta’minlaydi.
Kislorod. Barcha o‘simliklarda fotosintez jarayoni aerob sharoitda sodir bo‘ladi va evolyusiya jarayonida o‘simliklar shunga moslashgan. Shuning uchun ham anaerob sharoit va havo tarkibida kislorodning miqdori 21 foizdan ko‘p bo‘lishi fotosintezga salbiy ta’sir etadi. Yorug‘likda nafas olish jarayoni kuchli bo‘lgan o‘simliklarda (C3 o‘simliklar) kislorod miqdorining 21 foizdan 3 foizgacha kamayishi fotosintezni jadallashtirganligi, yorug‘likda nafas olish jarayoni kuchsiz bo‘lgan o‘simliklarda (C4 o‘simliklarda) fotosintezning o‘zgarmagani aniqlangan.
Atmosferada kislorod konsentratsiyasining 24 -30 foizdan ortishi fotosintezni pasaytiradi va yorug‘likda nafas olish jarayonining tezlashishiga sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |