O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/43
Sana03.01.2022
Hajmi2,32 Mb.
#316319
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Bog'liq
orta osiyo allomalarining ilmiy merosi

Allomaning hayoti 
Imom  Abu-l-Mu‘in  an-Nasafiy  haqida  yozgan  mualliflarning 
aksariyati  uning  to‘liq  ismini  Abu-l-Mu‘in  Maymun  ibn  Muhammad 
ibn  Muhammad  ibn  Mu‘tamid  ibn  Muhammad  Makhul  an-Nasafiy 
deb  keltirganlar.  Bundan  biroz  farq  bilan  yozilgan  shakllari  ham 
uchraydi.  Uning  kunyasi  barcha  manbalarda  Abu-l-Mu‘in  deb  zikr 


151 
qilinadi. Ammo an-Nasafiyning laqablariga kelsak, yozma manbalarda 
ko‘rsatilishicha, u bir qancha laqablar bilan atalgan, jumladan, imom 
fozil, sayfu-l-haq (haqiqat qilichi), jomi‘ al-usul, al-imom az-zohid, al-
faqih  al-hanafiy,  al-olim  al-bori‘  (yuksak  bilimdon  olim)  kabi 
lakablarni olgan. Abu-l-Mu‘in an-Nasafiy ilmu irfonda etuk, ziyoli bir 
oilada  ulg`aygan,  uning  ajdodlaridan  ko‘plari,  ayniqsa,  fiqh  ilmi 
sohasidagi  ulkan  salohiyatlari  bilan  el-yurt  orasida  tanilgan  edilar. 
Katta bobosi, o‘z davrining taniqli olimi Makhul Abul Fazl an-Nasafiy 
–  an-na-safiylar  sulolasining  sardori-boshlovchisi  hisoblanib,  uning 
oilasidagilar  fiqh  ilmining  hanafiya  mazhabi  asoschisi  imom  Abu 
Hanifa ta‘limotlariga tayanib amal qilganlar.  Shuningdek, u fiqh ilmi 
sohasida  imom  Abu  Hanifaning  shogirdi  Muhammad  ibn  al-Hasan 
ash-Shayboniyning  safdoshi  Abu  Sulaymon  al-Juzjoniydan  rivoyat 
qilardi.Uning  an-Nasafiy  nisbasi  bilan  atalishi  xususida  esa  barcha 
tarixnavislar  yakdillik  bilan  bir  xil  yozganlar.  Shu  bilan  birga,  ba‘zi 
manbalarda  an-Nasafiyning  bir  qancha  muddat  Samarqandda 
yashaganligi  va  so‘ngra  uzoq  yillar  Buxoroda  muqim  istiqomat 
qilganligi haqida ham xabarlar keltirilgan. 
Abu-l-Mu‘in  an-Nasafiy  tavallud  topgan  sana  haqida  yozgan 
tarixnavislardan  biri,  arab  olimi  Xayriddin  az-Zirikliy  o‘zining  «al-
A‘lom»  va  Umar  Rizo  Kahhola  «Mu‘jam  al-muallifiyn»  nomli 
asarlarida  uning  418/1027  yidda  Nasaf  (hozirgi  Karshi)  shahrida 
tug`il-ganligini  zikr  etganlar.  Uning  vafoti  haqida  esa  aksar 
manbalarda  508/1114  sana  beriladi.  Shunga  ko‘ra,  alloma  Abu-l-
Mu‘in  an-Nasafiy  uzoq  umr  ko‘rib,  87  yoshida  vafot  etgan.  Uning 
qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog`ida joylashgan. - 
 
Abu-l-Mu`in an-Nasafiyning ustozlari 
Abu-l-Mu‘in  an-Nasafiyning  ustozlari  haqida  manbalarda  aniq  bir 
ma‘lumot uchratmadik. Faqat Abu Muqotil as-Samarqandiyning (vaf. 
2081823) «Kitob al-olim va-l-mutaallim» («Ustoz va shogird kitobi») 
nomli  asarida  keltirilishicha,  an-Nasafiy  o‘z  asarlariga  keltirilgan 
hadislarni  otasi  Muhammaddan  rivoyat  qilganligi  qayd  etiladi.  Bu 
ma‘lumotning  ahamiyatli  tomoni  shundaki,  Abu-l-Mu‘inning  otasi 
Muhammad  ibn  Mu‘tamid  o‘z  farzandiga  ustozlik  qilish  darajasiga 
etishgan
:
 ilmiy salohiyatga ega kishi bo‘lgan ekan. Yozma manbalarda 
hanafiya  mazhabining  boshqa  faqihlari  misoli  uning  ilmiy  iqtidori 
haqida  boshqa  biror  xabar  keltirilmagan.  Shunga  qaramasdan,  an-


152 
nasafiylar xonadoni sohiblarining ilmiy nufuzi, ayniqsa, hanafiya fiqhi 
ilmi  sohasida  elu  yurt  orasida  yaxshi  ma‘lum  edi.  Abu-l-Mu‘inning 
to‘rtinchi (katta) bobosi Abu Mu‘in Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy bir 
qator  asarlarning  muallifi  sifatida  tanilgan  olim  bo‘lib,  u  Yahya  ibn 
Muoz  (u  258/871  sanada  Nishopurda  vafot  etgan),  shuningdek,  al-
karromiya  maktabining  asoschisi  Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn 
Karromning  shogirdlaridan  edi.  O‘z  davrida  u  termizlik  buyuk 
muhaddis  Abu  Iso  at-Termiziy,  shuningdek,  Muhammad  ibn  Ayyub 
ar-Roziy,  Abdulloh  ibn  Ahmad  ibn  Hanbal  kabi  o‘sha  davrning 
mashhur olimlaridan hadislardan saboq olgan edi. U, shuningdek, Abu 
Sulaymon az-Juzjoniyga ham shogird bo‘lgan, undan esa o‘g`li Abu-l-
Mu‘in Muhammad ibn Makhul hadislar rivoyat qilgan edi. U hanafiya 
mazhabining  to‘rtinchi  tabaqa  faqihlaridan  biri  edi.  Uning  qalamiga 
mansub «Fiqhda ash-shua‘» nomli kitobi bo‘lib, unda Abu Hanifaning 
kimki ruku‘da  boshini ko‘targan paytda ikki qo‘lini ko‘tarsa, namozi 
buziladi degan fikrini zikr qiladi. Shuningdek, uning «Al-Lu‘lu‘-iyat» 
degan  asari  mav‘izalarga,  Allohning  fazli  subhoniga  aloqador  «Al-
Lubob»  nomli,  jamoat  hayotiga  doir  «Kitob  fi-t-tasavvuf»  hamda 
ilohiyat  masalasiga  oid  «Radd  a‘lo  ahl  al-bida‘  va-l-ahva»  nomli 
asarlari mavjud. Makhul an-Nasafiy 318/930 yilda vafot etgan bo‘lsa-
da,  Abu-l-Mu‘inning  uchinchi  bobosi  Abu-l-Mu‘-in  Muhammad  ibn 
Makhul otasi Makhuldan rivoyatlar qilgan. 
Shunday qilib, yuqorida bildirilgan fikrlardan ma‘lum bo‘layotirki, 
uning  oila  a‘zolarining  hammalari  ilmu  irfonda  mashhur  bo‘lgan  va 
o‘z  farzandlarining  ham  ilmli  bo‘lishiga  alohida  e‘tibor  bilan 
qaraganlar.  Binobarin,  Abu-l-Mu‘in  an-Nasafiyning  ota-bobolari 
uning uchun ustoz hisoblanadilar. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish