1-bob. Mikroorganizmlarning o’ziga xos xususiyatlari
Mikroorganizmlar tarkibiga yadrosiz organizmlar (prokariotlar: bakteriyalar, arxeylar (1-rasm)) va eukariotlar: ayrim zamburug’lar, protistlarni (2-rasm) (prionlarga ( viruslardan ajratilgan o’ziga xos infeksion agentlar (3-rasm)) va viruslarga o’xshatish mumkin, ammo bu guruhga o’simliklarga ham, hayvonlarga ham va hatto zamburug’larga ham kiritilmaydigan organizmlar kiradi) kiritish mumkin (ayrim adabiyotlarda mayda viruslar, bakteriofaglar ham mikroor-ganizmlarga kiritilgan). Ko’pchilik mikroorganizmlar bir hujayrali bo’ladi, ammo ular orasida ko’p hujayrali vakillari ham bor. Ularning o’lchamlari 0.1 mm dan kichik bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |