2.1. Turli ozuqaviy muhitlarida mikroorganizmlarni o’stirish uslublari
Ozuqa muhitlari (18-rasm) tarkibiga qarab tabiiy, sun'iy va sintеtik bo`ladilar:
Tabiiy muhiti — hayvonot va o`simlik dunyosiga mansub narsalardan (sut, tuxum, sabzavot, jonivorlarning to`qimasi, o`t va qon zardobi) olingan tabiiy mahsulotlardan iborat bo`ladi.
Sun'iy muhiti esa maxsus rеtsеptlar asosida hayvonot qoldiqlari yoki turli-tuman qiyomlarga noorganik tuzlar, uglеvodlar va azot moddalarini qo`shib tayyorlanadi.
Sintеtik muhit esa muayyan kimyoviy birikmalar mahsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |