2-mashq
Parchalanuvchi qo‘l granatasini uzoq masofaga uloqtirish
Himoya tutqichi bo‘lmagan F-1 o‘quv granatasi yugurayotgan yoki turgan holatda uloqtiriladi. Granata og‘irligi - 600 gr:
granatalar soni – 3 ta;
kiyim-bosh - ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan belgilangan kiyimda, qo‘lda avtomat bilan. Avtomat og‘irligiga teng avtomat maketidan foydalanishga ruxsat etiladi.
uloqtirish eni 10 metrli keladigan yo‘lakda uzunligi 4 metr, eni 7 sm.li plankadan yoki chiziq-dan bajariladi. Planka yugurish uchun yo‘lakchaga, yerning yuza qismiga mahkamlanadi. Uloqtiril-gan granata koridorning chegarasiga tushishi vaqtida o‘quvchi plankani bosmasa, turg‘unlik holatini saqlasa, uning tanasi yoki avtomati plankaga tegmasa uloqtirish hisobga olinadi.
Baholash: “a’lo”- 40 m; “yaxshi” - 35 m; “qoniqarli” - 30 m.
QO‘L GRANATALARİNİ ULOQTİRİSH MASHQLARİNİ BAJARİSH
UCHUN NİSHONLAR
(o‘lchamlar mm. da berilgan) Parchalanuvchi qo‘l granatalarini uloqtirish uchun:
- 8 raqamli bo‘y-barobar nishon, umumiy o‘lchamlari: eni – 500, balandligi – 1500; bosh o‘lchamlari: eni – 230, balandligi – 180; nishon asosining eni – 250; tizzagacha qismi –
Qo‘l granatasini uloqtirish bo‘yicha yakkama-yakka musobaqalar Musobaqa o‘tkazish joyi – joydagi istalgan maydoncha. Start chizig‘idan 50 m masofada xandaq qazilgan. Okopdan 20 m uzoqlikda granata uloqtirish uchun o‘lchamlari 1,5 x 1,0 metrli (yerdan balandligi 0,4 m) taxtacha – nishon o‘rnatilgan. Boshlang‘ich holat - start chizig‘ida yotish.
1-variant. “Olg‘a!” buyrug‘i berilishi bilan 50 m masofani yugurib o‘tish. Okopga sakrab tushish va 600 grammli parchalanuvchi qo‘l granatasini(yasama granata) 20 metr masofadagi nishonga uloqtirish. Musobaqa birinchi bo‘lib yutqazganni musobaqadan chiqarish tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi. Musobaqa boshlanishidan avval qur’a tashlash yo‘li bilan ishtirokchilarning uchrashish tartibi aniqlanadi. Mashqlarni bajarish bir vaqtda ikki ishtirokchi bilan o‘tkaziladi. Juftlikda birinchi bo‘lib nishonga granatani tekkizgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. Har bir ishtirokchiga ikkitadan granata beriladi. Agar ishtirokchi birinchi granatani tekkiza olmasa ikkinchi granatani uloqtiradi. Agar ikkala ishtirokchi ham uloqtirilgan granatalardan hech birini nishonga tekkiza olmasa, ular mag‘lub hisoblanadi. Juftliklardagi g‘oliblar yana juft holda o‘zaro uchrashadilar. O‘quv guruhi(bo‘lim) birinchiligi oxirgi juftlikda g‘olib bo‘lgan ishtirokchiga beriladi. Kiyim-bosh turi – harbiycha avtomat bilan(avtomat maketi) va ikkita granatasi bilan granata sumkasi. Yakkama-yakka musobaqalar boshqa sharoitlarda ham o‘tkazilishi mumkin.
2-variant. “Olg‘a!” buyrug‘i berilishi bilan 30 metr masofa yugurib, 20 metr masofa yerga yotib emaklab o‘tiladi. Okopga tushish va qolgan shartlar avvalgi qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |