O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti fizika fakulteti fizika bakalavr ta’lim yonalishining 2


Fizika o’quv mavzulariga axborot texnologiyalarni joriy qilish



Download 42,52 Kb.
bet6/7
Sana06.06.2022
Hajmi42,52 Kb.
#641138
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qalandarov Elbek

2.3. Fizika o’quv mavzulariga axborot texnologiyalarni joriy qilish.
Fizikani o’qitish jarayonida komp’yuterlardan foydalanishda fizika o’qituvchisining o’zi dialog rejimini o’zlashtirishi lozim: u turli matnlarni displey ekraniga chiqarish imkonini beruvchi klaviaturadan foydalana olishi, qatorlarni ko’chira olishi, matnlarni to’g’irlashi, turli registrlarga o’tishi va h.k. Bundan tashqari grafik ma’lumotlarni kiritish va chiqarish amallarini, shuningdek o’rgatuvchi ahamiyatiga ega ba’zi komp’yuter o’yinlarini bilishi kerak. O’qituvchi shu amallarni o’quvchilarga o’rgatishi kerak [9].
Mashina bilan ishlash ko’nikmalarining minimumini egallab olgandagina uni fizika o’qitishga qo’llash mumkin. Fizikani o’rganish jarayoniga komp’yuterni qo’llashning jiddiy muammolaridan biri dasturlash tilini tanlashdir. Tilni tanlash foydalaniladigan mashinalar turiga bog’liq [9].
Komp’yuterni o’quv jarayoniga unumli tadbiq qilish uchun komp’yuter bilan ta’minlangan hamma maktab va muassasalar sinf xonalari uchun yagona dasturlash tilini tanlab olish zarur. Bu narsa hozirgi vaqtda ko’p sonli mutaxassislar tomonidan turli yo’nalishlarda ishlab chiqilayotgan pedegogik dasturiy vositalardan foydalanishni ancha soddalashtiradi. Bunda dasturlarni ko’paytirish, tayyor dasturlarni maktab va boshqa muassasalar sinf xonalariga uzatish mumkin [9].
Komp’yuter quyidagi imkoniyatlarga ega:

  • birinchi va eng muhim imkoniyat – yakka uzatishni amalga oshirish;

  • ikkinchi imkoniyat- o’quvchilarda mustaqil o’rganishni rivojlantirish;

  • uchinchi imkoniyat – masala yechish yoki laboratoriya ishlarini bajarishda komp’yuter yordamida o’quvchilarni qo’lda bajariladigan amallardan ozod etish;

  • to’rtinchi imkoniyat – mashinada ba’zi fizik jarayon va hodisalarni modellashtirish.

Mashinaga kiritish uchun universal dasturli ta’minotdan foydalaniladi [9].
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi ta’limni tubdan isloh qilish va o’quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishdir.Axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy vositalardan biridir. Xalq Ta’limi Vazirligining 3 avgust 2006 yil 5/6 raqamli buyrug’i bilan 2006-2007 o’quv yili “Axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish o’quv yili ” deb nomlandi. Uzluksiz ta’limda axborot kommunikatsiyalar texnologiyasi, kompyuter imkoniyatlari bilan, ilg’or pedagogik texnologiyani oqilona biriktirish, tabiiyki nihoyatda samarali va bu o’qitish jarayonidagi yangi, yuqori sifat darajasi va katta yangilikdir [9].
Zamon talablari bilan yonma-yon borish uchun mavjud multimedia-elektron darsliklardan foydalanish lozim. Elektron darslik mavzuni o’quvchiga eng qulay ko’rinishda taqdim eta oladi, u o’quvchi bilan interfaol usulda muloqotda bo’ladi. O’quvchi mavzularni mustaqil o’rganishi va o’zi olgan bilimini test sinovi asosida sinab ko’rishi mumkin. “Multimedia” so’zi lotincha “media” so’zidan olingan bo’lib, “ma’lumot tashuvchi vosita” degan ma’noni anglatadi. “Multimedia” – tasvirli ma’lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. Xalqaro tashkilot “YUNESKO” ning aniqlashicha o’quvchi ko’rish a’zosi(ko’zi)orqali axborotnig 83 foizini, eshitish a’zosi(qulog’i) orqali esa 11 foizini qabul qilar ekan. Demak o’quvchi kompyuter oldiga o’tirib ham ko’rsa, ham eshitsa, amaliyotda qo’llasa axborotning 94 foizini qabul qiladi. AKTlardan foydalanish o’quvchilar tomonidan ma’lumotlarni qabul qilish chegarasini shubhasiz oshirar ekan. O’quvchi ko’rgan, eshitgan , amalga bajargan va gapirgandan so’ng uning xotirasidan shu ma’lumot chiqmaydi [9].
Bekorga xalqimiz “Yoshlikda oligan bilim, toshda uyilgan naqshdir ” deb aytmagan. AKT lar –bu umuminsoniy madaniyatning ajralmas bir qismidir [9].
Fizikani o’qitishda ko’rgazmali material sifatida elektron darsliklardan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:
Ta’lim jarayonini matn, videotasvir , animatsiya, multiplikatsiya,ovoz va musiqa yordamida amalga oshirish orqali voqea hodisalarni va ma’lumotlarni obrazli va hayotiy ko’rinishda ekranda namoyish qilish imkonini beradi. Bu esa real misollar asosida to’liq idrok qilish va tushunishga yordam beradi [9].
Quyida “Atom va yadro fizikasi” bo’limini o’tishda elektron-multimedia darslikdan foydalanish metodikasi yoritilgan [9].
9 sinfda “Atom va yadro fizikasi” bo’limidagi mavzularni o’tish uchun darslikning elektron variantidan quyidagicha foydalanish mumkin. “Atom va yadro fizikasi” o’quv uslubiy elektron qo’llanma. CD disk. Bu qo’llanma “Zamonaviy o’qitish vositalari va axborot texnologiyalari”- ilmiy o’quv – uslubiy ishlab chiqarish laboratoriyasida yaratilgan. Muallifi “Qalandarov P.I.”. O’quv uslubiy elektron qo’llanmadan o’rta maktabda (9,11 sinflar) “Atom va yadro fizikasi” bo’limidagi mavzularni o’tishda foydalanish mumkin. Kompyuterlarga CD diskni qo’yib nusxasi ko’chiriladi. Peemtum-4 rusumli kompyuterda qo’llanmadan foydalanish uchun quyidagi tartibda t ishni olib borish lozim. Kompyuter ekranida “inage” yozilgan papkani ochish uchun sichqoncha bilan kursorni yozuv ustiga keltiriladi. Sichqonchaning chap tomoni 2 marta bosiladi. Dastur ichiga kirgandan so’ng pastdagi papka ochiladi. (kursor va sichqonchaning chap tomonini 2 marta bosish bilan). Ekranda 17 ta kichik papkachalar chiqadi. Mavzuga qarab ulardan foydalanish mumkin. Shu o’rinda ulardan foydalanishning ustunligini aytmoqchimiz. Plakatda, rasmda harakat bo’lmaydi. Lekin bu yerda zarrachalarning harakati, nurlanish, yadroning bo’linishi jarayonlari ko’rsatiladi. Animatsiya bilan bu plakatdan, rasmdan farq qiladi [9].
Birinchi papkani ochmoqchi bo’lsak sichqoncha bilan kursorni ustiga keltirib, sichqonchaning chap tomoni 2 marta bosiladi. “Atomning nurlanishi” mavzusini o’tganda shu animatsiyadan foydalanish mumkin. 9 sinf 34 “Lazerlar va ularning qo’llanilishi” mavzusini o’tganda [9].
Ikkinchisidan 33 (9 sinf) “Atom tuzilishi. Rezerford tajribasi” mavzusini o’tishda foydalanish mumkin. Darslikda atomning Rezerford modeli (66 rasm) Vodorod atomining modeli berilgan. Animatsiyada Na atomining yadro modeli ko’rsatilgan. L – elektron manfiy zaryadlangan Ze – proton yoki atom yadrosi [9].
Uchinsidan 9 sinf (70 rasm) 37 “Radioaktivlik hodisasi” – mavzusini o’tganda foydalanish.
To’rtinchidan 9 sinf 65 rasm 33 “Atom tuzilishi Rezerford tajribasi” mavzusini o’tganda foydalaniladi.
To’qqizinchidan 11 sinf 59 “Yadro reaksiyalari” Yadro reaksiyasida energiya ajralishi va yutilishi mavzusida 169 rasmni tushuntirgandan so’ng fosfor ( ) yadrosining bo’linishi Animatsiyasini ko’rsatish mumkin [9].
O’ninchisidan rentgen nuri mavzusini o’tganda ko’rsatish mumkin.
O’n birinchisidan animatsiyadan 9 sinf 37 “Radioaktivlik hodisasi” mavzusini o’tish davomida foydalaniladi [9].
12 animatsiyada “Atomning Tomson modeli” ko’rsatilgan. Bundan 9 sinf 33 Atom tuzilishi Rezerford tajribasi mavzusining “Tomson modeli” kichik mavzusini o’tishda foydalaniladi. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash maqsadida avval animatsiya ko’rsatiladi, o’quvchi o’z fikrini o’z bashorat, taxminlarini yozadi va aytib beradi. Keyin darslikdan yozadi va aytib beradi. Keyin darslikdan o’qib taxminlari qanchalik tasdiqlanganligi aniqlanadi [9].
13 animatsiya ham 33 ga tegishli. Bunda Vodorod atomining planetar modelining Animatsiyasi ko’rsatilgan [9].
16, 17 animatsiyalardan 11 sinf 59 “Yadro reaksiyalari” mavzusini o’tganda ko’rsatish mumkin [9].
16 annimasiyada radiy yadrosining x zarralariga parchalanishi, 17 animatsiyada alyuminiy yadrosini x zarra bilan bombardimon qilganda u neytron chiqarib radio – aktiv fosforga o’tishi jarayoni ko’rsatiladi [9].

XULOSA
Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda dars mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda. Ulardan, keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar, animatsiyalar, vertual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko‘rgazmali tushuntirishdir. Chunki, ushbu elektron vositalarni ta’lim muassasalarida fanni o‘qitishda fizik jarayonlarni, elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual laboratoriya va tajribalarni tinglovchilarga dars davomida ko‘rsatib borilmoqda. Jumladan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida ham ta’lim jarayonida mavjud barcha fanlarning, ma’ruza laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarida yangi zamonaviy tehnologiyalar va asbob-uskunalar ya’ni, raqamli o‘lchash asboblari, vertual laboratoriyalar, animatsiyalar, elektron darsliklar, hamda ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yilgan va undan tashqari veb-saytlarning samarali tashkil qilinishi, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda ham maktabda o‘tkazilayotgan turli xil ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, Akademiyadagi har jabhada qilinayotgan ilmiy va amaliy ishlar zamirida esa yetuk, intelektual mutaxassis kadrlar ta’minlash asosiy maqsadimizdir. Fizika fanini o‘qitishga kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish pedagogik va psixologik nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi muhim natijalarga olib kelishi ma’lum: O‘quv-tarbiya jarayoni faollashib, dars samaradorligi oshadi; O‘quv materiallarining turli shaklda uzatilishi tinglovchilarning diqqatini o‘ziga tortadi; Yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik, tinglovchida o‘rganilayotgan fanga nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi; O‘rganilgan o‘quv materialining uzoq muddatga xotirada saqlanishini ta’minlaydi; Tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlari ko‘payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi; Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish uchun ma’lum bir shart-sharoitlar va texnik vositalar mavjud bo‘lish kerak. Birinchidan, axborot resurslariga: Shaxsiy kompyuter, proyektor, multimediya vositalar, skaner, videokamera, printer, nusxa ko‘chirish qurilmasi va boshqa anjomlar. Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida multimediali elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har hil animatsion dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar mavjud bo‘lib bunda foydalanuvchi boshlang‘ich parametrlarni kiritib bir necha turkum ishlarni (laboratoriya, yong‘in xavfsizligi masalalarini tahlil qilishda, taqdimot ma’ruzalarida animatsiyalar) dan keng foydalanishi mumkin. Fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlariga: MatCad, MatLab, Maple, Crocodile, Physics, Electronics Workbench va boshqa dastur paketlarini misol keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan foydalangan holda kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida foydalanish o‘zining samarasini beradi. Kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida qo‘llash tamoyillari quyidagilar: kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan yoki tajriba kuzatib bo‘lmas darajada harakatlangan paytda qo‘llanilishi lozim; kompyuter dasturi o‘rganilayotgan detalni aniqlashda yoki yechilayotgan masalaning illyustratsiyasida yordam beradi; ish natijasida tinglovchi model yordamida hodisalarni tavsiflovchi kattlik-larning ham sifat, miqdor bog‘lanishlarini bilishlari kerak; Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun axborot texnologi-yada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga xos muhim tomonlari shundaki, turli xil asboblar tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, tajribani oz fursat ichida istal-gan paytda takrorlash, kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kompyuter dasturini qo‘llash orqali o‘tilgan mashg‘ulotlar oddiy mashg‘ulotlardan ko‘ra yaxshiroq samara beradi. Fizika fanini o‘qitishda kompyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali mashg‘ulotlar olib borish o‘qituvchi va tinglovchiga qulaylik yaratib, fizik jarayonlarning yuz berish mexanizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi samara beradi. Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa tajriba mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga tayangan holda olib borish o‘qitish jarayonida tinglovchilarga bilim berish va fan asoslariga doir ko‘nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omillari bo‘lib hisoblanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan dasturlardan ma’ruza jarayonida qo‘llash natijasida qisqa vaqt ichida kerakli axborotni tin-glovchi va o‘quvchilarga ko‘rgazmali o‘tkazish imkoniyati bor. Bu esa o‘quv samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Fizika fani bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
1. 2021 — 2023-yillarda fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Kompleks dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Kompleks dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilansin:

  • umumta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish;

  • fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

  • ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;

  • pedagog kadrlar va o‘quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o‘rinlar egallashini ta’minlash;


Download 42,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish