W
■ 1. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi deganda nimani tushunasiz?
Er-xotin munosabatlarining o‘ziga xosligi nimada?
Oilaning vazifalari haqida gapiring?
Nikoh oldi omillari deganda nimani tushunasiz?
Oilada farzandlar tarbiyasining pedagogik-psixologik masalalari deganda nimalar nazarda tutiladi?
Oilaviy nizolaming kelib chiqish sabablari sizningcha nimalarga bog‘liq?
Oilaga doir donishmandlaming qanday fikrlarini ayta olasiz?
GLOSSARIY
Adekvatlik — teng, o‘xshash, muvofiq kelmoq.
Analogiya — psixik hodisalar va xulq-atvor xususiyatlarining o‘xshashligi.
Anglangan motiv — o‘z faoliyatini anglab, belgilab, rejalashtirib, ma’lum bir maqsad sari intilish.
Anglanmagan motiv — o‘z faoliyatini anglamay, bilmay, maqsadni amalga oshirishdir.
Anketa — metodlardan biri bo‘lib, respondent to‘g‘risida aniq ko‘zlangan ma’lumotlami yig‘ish maqsadida qo'llaniladi.
Assosiasiya — psixik hodislar orasidagi o‘zaro bog‘lanish, u ma'lum qonunlar bo‘yicha tarkib topadi.
Attraksiya — bir kishini boshqa kishi ko‘rib qolganda, idrok etishda yuz beradigan tafakkur turi.
Apatiya — kishining tevarak atrofdagi olamga nisbatan befarqlik xolati.
Astenik — shaxsning faolligini susaytiruvchi kechinmalar.
Audivizual idrok — shaxsning bir vaqtning o‘zida ham eshitib, ham ko‘rib idrok qilishi.
Autogen mashq — shaxsning o‘z-o‘zini ishontirish va o‘z-o‘zini idora qilishga asoslangan psixoterapevtik usul.
Affekt — kuchli, jo‘shqin va nisbatan qisqa muddatli emosional kechinmalar sifatida ro‘y beradigan psixologik holat.
Biografik metod — odamni uning tarjimai holi bilan bog‘liq bo4gan xujjatlar orqali o‘rganish usuli.
Breynshtorming — aqlga hujum — bahslami tashkil etishda qoillaniladigan interfaol usuldir.
Bosqichlar — muloqotda mavjud bo‘lgan shaxsning o‘zi bilan, boshqalar bilan va avlodlar orasida kechadigan jarayoni.
Verbal — og‘zaki ifodalangan nutq.
Genotip — ota-onadan farzandga o‘tad‘gan irsiy belgilar majmui.
Gerontopsixologiya — psixologiya tarmog‘i, qarilik davri psixo- logiyasini o'rganadi.
Guruh — odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Dunyoqarash — odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o‘zining tutgan o‘rniga qarashlaridan kelib chiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig'indisi.
258
Depressiya — tushkunlik kayfiyati.
Dialog — ikki va undan ortiq kishilaming o‘zaro og'zaki gaplashishi.
Dialogik nutq — nutq turlaridan bo‘lib, bunda so'zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko‘rsatadi.
Dominant shaxs — boshqalar bilan muomala va munosabat o‘matishda o‘z fikrini o‘tkazish xislatining yorqin namoyon bo^ishi.
Jamoa — maqsadiari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
Jamoaning negizi — umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlami shakllantiruvchi jamoa a’zolari.
Yo‘nalish — shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat’i nazar ma’lum yo’lga yo’naltiruvchi barqaror motivlar yig‘indisi.
Individuallik — individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‘ziga xosligi, qaytarilmasligi.
Iste’dod — shaxsning ma’lum faoliyatda ifodalanadigan qobi- liyatining yuqori darajasi.
Ijtimoiy psixologiya — psixologiya fanining o‘ziga xos maxsus tarmog‘i bo‘lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‘fganiladi.
Ijtimoiylashuv — inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o'zlashtirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |