O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. Umarov psixologiya



Download 1,62 Mb.
bet45/65
Sana01.02.2023
Hajmi1,62 Mb.
#906632
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65
Bog'liq
Psixologiya (B.Umarov)

14-rasm. Shaxsga psixologik ta’sir etish turlari
188

  1. Verbal ta’sir — bu so‘z va nutqimiz orqali ko'rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq — bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo'lib, uning vositasi — so’zJar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlami topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi.

  2. Paralingvistik ta’sir — bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyasiya, tovushlar, to‘x- tashlar, duduqlanish, yo'tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Shunga qarab, masalan, do‘stimiz bizga biror narsani va’da berayotgan bo‘lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. Kuyib-pishib, ochiq yuz va dadil ovoz bilan „Albatta ba- jaraman!“, desa ishonamiz, albatta.

  3. Noverbal ta’sirning ma’nosi ,,nutqsiz“dir. Bunga suhbat- doshlaming fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ulaming barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlaming bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Masalan, agar uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘rtog‘ingiz sizga qaramay, atrofga alanglab, ,Ko‘rga- nimdan biram xursandman“, desa, ishonasizmi?

Muloqot jarayonidagi xarakterli narsa shundaki, suhbatdoshlar bir-birlariga ta’sir ko’rsatmoqchi bodishganda, dastawal nima deyish, qanday so‘zlar vositasida ta’sir etishni o‘ylar ekan. Aslida esa, o‘sha so‘zlar va ular atrofidagi harakatlar muhim rol o‘ynarkan. Masalan, mashhur amerikalik olim Megrabyan formulasiga ko‘ra, binnchi marta ko‘rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo'lishi.ga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harakatlar 58% gacha ta’sir qilarkan. Keyinchalik bu munosabat o'zgarishi mumkin albatta, lekin xalq ichidayurgan bir maqol to‘g‘ri: „Ust-boshga qarab kutib olishadi, aqlga qarab kuzatishadi“.
Muloqotning qanday k^hishi va kimning ko‘proq ta’sirga ega bodishi sheriklarning rollariga ham bog‘liq. Ta’sirning tashabbuskori — bu shunday sherikki, unda ataylab ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta’kidlangan vositalardan foydalanadi. Agar boshliq ishi tushib, biror xodimni xonasiga taklif etsa, u o‘midan turib kutib oladi, iltifot ko‘rsatadi, hol-ahvolni ham quyuqroq so‘raydi va so'ngra gapning asosiy qismiga o‘tadi.
Ta’sirning adresati — ta’sir yo‘naltirilgan shaxs. Lekin tashab- buskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo‘lmasa, yoki adresat tajribaliroq sherik bo‘lsa, u tashabbusni o‘z qo‘liga olishi va ta’sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo'ladi.
Muloqot jarayonidagi puxologik to ‘siqlar
Motivasion to‘siq — muloqotga kirishishdan bosh tortish, muomala odobidan chetga chiqish.
Aqiiy to‘siq — suhbatdoshning xodimga nisbatan bilim doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi, huquqiy savodxonligi suhbat jarayonini qiyinlashtiradi.
Hissiy to‘siq — tajovuz, qo‘rquv, asabiylik, o‘zini tuta olmaslik va haqligini isbotlashga asossiz harakat qilish.
Tarbiyaviy to‘siq — tarbiyasi qiyin o‘smirlar, nosog‘lom muhit sharoitida tarbiyalangan shaxslami biror ilg‘or fikrga yo‘naltirishning qiyinligi.
Muloqot jarayonidagi to‘siqlar muloqotda turli xil qarama- qarshiliklami keltirib chiqaradi. Ayrim hollarda, umumiy vazifa va maqsadlar o‘z qimmatini yo'qotib, antogonizm, ya’ni o‘zaro dushmanlik holati yuzaga keladi. 0‘zaro tushunmaslik to‘sig‘ini yo‘qotish uchun muloqotga kirishuvchilar bir-birining hayot tajribasi, jamiyatda tutgan o‘mi, dunyoqarashi va qiziqishlari psixologiyasini tushunishga harakat qilmoqlari lozim bo‘ladi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish