Sifatni boshqarish-
mahsulot (xizmat)ni exkspluatatsiyasi yoki istemolini
bunyod qilishda uning sifat ta‟minlash va kerakli darajasini saqlash maqsadda
o‟rnatilgan ta‟sirdir.Sifat ishlab chiqarishgacha, ishlab chiqarish davrida va
mahsulotni yashash davrida tashkil qilinadi. Boshqarish yechimlarini ishlab chiqish
amaldagi boshqariladigan jarayonlari ma‟lumotlari, tasnifi orqali taqqoslash, uning
topshirilgan boshqaruv dasturi bilan amalga oshiriladi.Me‟yoriy xujjat tartibga
keltiruvchi o‟lchamlar yoki mahsulot sifati ko‟rsatkichlari bilan (mahsulot tayorlashni
texnik topshirig‟i, standartlar, texnik sharoit, chizmalar, qoyilish shartlari) tartibga
solinadi. Sifatni ta‟minlash uchun servis korxonasida quydagi ishlar amalga oshiriladi:
-qo‟llanish yoki belgilangan sohalarda ma‟lum istemlga aniq javob berishi;
-istemolchi talabini qondirishi;
-qo‟llanish sohasidagi texnik shart va standartlarga mos kelishi;
-qonunchilik va boshqa jamiyatni talablariga javob berishi;
-istemolchiga raqobatga chidamli narx bilan taqdim qilinadi;
-foyda olish yo‟naltirilishi.
Sifatni boshqarish tizimli amalga oshirilishi kerak. Servis kоrхоnаlаridа sifatini
tizimli boshqarish amalga oshirilishi kerak. Oxirgi yillarda xalqaro korxonalar
tajribasi bo‟yicha tajribasiga ko‟ra ISO 9000seriyali standartlar keng tarqalgan.
Bu xujjatlarga asosan sifat sohasidagi siyosat-bevosita sifat tizimini ta‟minlash
tarkibiga, mahsulot sifatini yaxshilash va boshqarish.
Sifat sohasidagi siyosat avtoservis korxonasining faoliyat ko‟rinishidagi omillar
korxonaning faoliyati yoki uzoq muddatdagi maqsadiga:
75
-korxonaning iqtisodiy holatini yaxshilash;
-yangi bozorlarni kengaytirish va egallash;
- mahsulotni texnik darajasini,etakchi korxonalarni darajasiga etishish;
-mahsulot yoki xizmatni muhum ko‟rsatkichini yaxshilash;
-tayorlayotgan xizmatnibuzilish darajasini kamaytirish;
-mahsulot va xizmatga kafolat muddatini uzaytirish;
-servisni rvojlantirish.ISO standarti bo‟yicha mahsulot xizmatni yashash
davriyligini sifat sirtmog‟i deb ataydi va 11 bosqichdan iborat.
1) Marketing;
2) Loyihalash, xizmat ishlovi;
3)Material-texnik ta‟minot;
4) Ishlab chiqishdagi xizmatni tayorlash va ishlab chiqish;
5) Tayorlash;
6) Sinashni o‟tkazish va nazorat;
7)O‟rash va saqlash;
8) Sotish;
9)O‟rnatish va ishlatish;
10)Texnik xizmat ko‟rsatish;
11) Hisobdan chiqarish.
Sifat sirtmog‟i orqali xizmat ko‟rsatuvchi istemolchi bilan bog‟lanadi.Bundan tashqari
dasturni amalga oshirishda sifat krujog‟i muhim rol o‟ynaydi. Sifat krujog‟i-bu
kapitalni demokratlashtirish shaklidir. Bu ishchilarni sifatga bo‟lgan qiziqishini paydo
qiladi, servisdagi psixologik klimatni o‟zgartiradi. Sifat sirtmog‟ini tashkil qilish
omillariga:
-ixtiyoriy qatnashish;
-jamoa bo‟yicha to‟g‟ri yechim topishga, ularni tezkor ko‟rib chiqishni, taklif
etilgan echimni joriy qilishga intilishi;
-erishilgan yutuqlarni axloqiy va maddiy qanoatlantirish, ijodiy faoliyat natijalarini
rag‟batlantirish;
Sifat krujog‟i birinchi bo‟lib AQSH da paydo bo‟ldi, ammo bu Yaponiya
firmalarida asosiy impuls berildi. Bu keyinchalik Evripa, Amerika va Osiyoni
egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |