O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


 -Mavzu. Tеxnik tizimlarni  axborot bilan ta‟minlash va ularni



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/92
Sana07.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#326267
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92
Bog'liq
texnik tizimlarni boshqarish fanidan maruzalar kursi

10 -Mavzu. Tеxnik tizimlarni  axborot bilan ta‟minlash va ularni 

boshqarishda qo‟llaniladigan xujjatlar va ularlarni yuritish



Reja 

10.1.Axborot turlarini to‟plash usullari

10.2.Axborot  to‟plash manbalari va ularlarga qoyiladigan talablar



10.3.ATKlarda  texnika  xizmatida    qo‟laniladigan  xujjatlar  ularni  turlari  va 

rasmiylashtirish tartibi. 

 

10-1.Axborot turlarini to‟plash usullari. 



 

ATKdagi  boshqarish  jarayonlari  tsikllar  bilan  kechadi  va  nisbatan  yopiq 

xuxsusiyatga  ega.  Boshqarish  tsikli  boshqarilayotgan  ob‟ekt  (ATK,  tsex,uchastka 

va b.)ning holati haqida axborot yig‟ishdan boshlanadi, so‟ngra bu axborot qaror 




 

77 


qabul  qilish  uchun  tahlil  qilinadi,  nihoyat,  bu  qarorlar  bajaruvchilarga  etkaziladi. 

Sunday  qilib,  boshqarish  asosida  ob‟ektning  holati  haqidagi  axborot  yotadi.  Bu 

axborot olinishi mumkin bo‟lgan manbalar: 

-korxonada mavjud hisobga olish tizimi

-me‟yoriy va ma‟lumotnoma xujjatlari

-tanlab-tanlab o‟tkaziladigan kuzatuvlar va xodimlardan surishtirishlar; 

-tajribalarni umumlashtirish va tahlil qilish. 

Ishlab  chiqarishni  hisobga  olish  korxona  faoliyatidagi  texnik,  iqtisodiy  va 

boshqa  ko‟rsatkichlarni  (masalan,  yonilg‟ining  amaldagi  sarfi,  TXKlarning 

rejadagi  va  amaldagi  davriyligi,  buzilishlar  orasida  o‟tilgan  yo‟l  va  sh.k.)  qayd 

etishdan iborat. Ishlab chiqarishga va xo‟jalik faoliyati bo‟yicha bajarilgan amallar 

haqidagi  ma‟lumotlar  birlamchi  qog‟oz  yoki  elektronli  tashuvchilarda    natural, 

qiymat yoki boshqa ko‟rinishlada qayd etiladi.  

Ma‟lumotlarni  qayta  ishlashni  soddalashtirish  va  komp‟yuter  qo‟llash 

imkoniyati maqsadida boshqarilish ob‟ektlari va texnologik amallar kodlashtirilishi 

mumkin. 


ATK  ishlab  chiqarish  bo‟linmalari  va  xizmatlarning  majmuasidan  iborat 

bo‟lib,ularning  har  birida  muayyan  masalalar  hal  qilinadi.  Hamma  bo‟linmalarni 

ikki  qismga  ajratish  mumkin:  vazifalarni  korxona  hududida  bajaruvchi  va 

hududidan  tashqarida  bajaruvchi.  Bo‟linmalar  va  xodimlarning  faoliyati  turli  

xujjatlarda qayd etiladi( tabellar,yo‟lga chiqish haqida naryadlar, yo‟l tati‟mirlash 

varaqalari,  ehtiyot  qismlarni  olish  uchun  talabnoma  va  sh.k.).  Korxona 

faoliyatining  natijalari  turli  hisobotlarda  va  ma‟lumotlari  ko‟rinishida 

rasmiylashtirailadi. Shunday qilib, axborot manbalari bo‟lib ATKning bo‟linmalari 

xizmat qiladi, ulardagi xodimlar muayyan xildagi ishlarni bajaradilar. 

Bo‟linmalar  va  xodimlarning  faoliyati  turli  xujjatlarda  qayd  qilindi  (yo‟l 

varaqasi,  ta‟mirlash  varaqasi,  yonilg‟I    berish  xujjati,  htiyot  qismlar  olish  uchun 

talabnoma  va  b).  Hozirgi  paytda  hujjatlar  tarkibi  va  shakliga  qo‟yilgan  yagona 

talablar  yo‟q,  lekin  ularni  (saqlanadigan  axborot  turiga  qarab)  uch  xilga  ajratish 

mumkin: me‟yoriy, birlamchi va ikkilamchi. 

Yozilgan  axborot  ma‟mulumotlar,  ma‟lum  muddat  ichida  o‟zgarmay 

qoladigan  xujjatlar,  me‟yoriy  deyiladi  (TXKlarning  davriyligi,  yonilg‟I  sarfi 

me‟yorlari,  detallarning  omborxona  raqamlari  va  b.).  Joriy  ishlab  chiqarish 

faoliyatlari  haqidagi  axborot  qayd  etiladigan  hujjatlar,  birlamchi  deyiladi  (yo‟l 

varaqalari, ta‟mir uchun talabnoma, ehtiyot qismniolish uchun talabnoma va b.) 

Ularda  me‟yoriy  va  tatistic  xujjatlardan  olingan  axborot  ham  bo‟lishi 

mumkin.  Ikkilamchi  xujjatlarda  birlamchi  xujjatlardan  tanlab  olib,  guruhlarga 

ajratish  natijalari  (ehtiyot  qisimlar  sarfi  haqida  ma‟lumotlar,  yoqilg‟ini  tejash 

uchun mukofot hujjati, avtomobillarning ta‟mirda turgan vaqti haqida ma‟lumotlar 

va b.), me‟yoriy va ma‟lumotnoma va boshqa axborotlar yoziladi. 

Xujjat  axborot  tashuvchi  sifatida  korxonaning  qator  bo‟linmalaridan  o‟tadi 

va  ularning  har  biri  hujjatga  ma‟lum  axborotlarni  qo‟shadi  yoki  undan  olib 

foydalanadi. Xujjatlar majmuasi, ularning o‟tish yollari bilan birga olib qaraganda 

xujjatlar auylanmasini yoki korxonadagi axborotlar oqimini bildiradi. Bu oqim  har 

bir korxona uchun o‟zgacha, o‟ziga xos bo‟ladi. Shunga qaramay, xujjatlar oqimi 



 

78 


maqsadga  qanchalik  muvofiq  ekanini  quydagi  ko‟rsatkichlar  bilan  baholash 

mumkin(boshqa sharoitlar bir xil bo‟lganda): 

-qayta    ishlanadigan  axborotlar  hajmi(xujjat,  masala,  bo‟linma,  ATK 

miqyoida); 

-me‟yoriy va  ma‟lumotnoma, birlamchi va ikkilamchi axborotlar hajmining 

nisbati; 

-axborotni takrorlash darajasi(xujjat, masala, bo‟linma, ATK miqyoida); 

-

ma‟lumotlarni qayta ishlash qiyinligi va sh.k. 

ATKda  hisoblash  texnikasi  bo‟lmasa,  xujjatlar  qo‟l  kuchi  bilan  qayta 

ishlanadi.  Axborot  texnologiyalarini  qo‟llash  natijasida  hujjatlar  aylanmasi  bir 

muncha  o‟zgaradi,  chunki  ma‟lumotlarning  komp‟yuterdagi  bazasidan 

foydalaniladi.  Unda  barcha  me‟yoriy  va  ma‟lumotnoma  axborotlari  (MMA), 

birlamchi  xujjatlardagi  ma‟lumotlar  saqlanadi  va  ikkilamchi  xujjatlar 

avtomatlashgan tarzda shakillanadi.  

Xujjatlar 

aylanmasidagi 

o‟zgarishlarni 

qo‟llanayotgan 

axborot 

texnologiyalarining  mukammallik  darajasini  quydagi  ko‟rsatgichlar    yordamida  

baholash mumkin: 

-xodimlar qo‟l kuchi bilan qayta ishlaydigan axborot hajmi

- axborot tizimining ma‟lumotlar bazasida (MB) saqlanayotgan MMA hajmi 

-Mbga klaviatura orqli ma‟lum vaqt oralig‟ida kiritilgan joriy axborot hajmi

- axborot tizimining aloqa kanallari bo‟yicha uzatiladigan axborot hajmi

Amalda,  har  qanday  xujjat  ikki  qisimdan  –bayon  qismi  va  axborotlardan 

iborat.  Bayon  qismi  xujjatning  o‟zini  tavsiflaydi(  nomi,  raqami,  sanasi  va  b.). 

axborot  qismi bir xil yozuvlar ketma-ketligidan iborat. 

Xujjatdagi axborot hajmi: 

Wxuj =Wb-Wa, 

Bu erda Wb –bayon qismining hajmi; kb 

Wa- axborot qismining hajmi; kb 

O‟z o‟rnida bayon qismining hajmi: 

Wo=Ʃ Wi 


Bu erda, Wi- hujjatning bayon qismidagi i-joydagi axborot  hajmi 

 

n- bayon qismidagi i-joylar soni. 



Axborot qismining hajmi: 

Wu= Nz Ʃ Wj 

Bu erda Nz – axborot qismidagi yozuvlar soni; Wj- axborot qismining  j- 

joyidagi  axborot  hajmi ; m- joylar soni. 

Yuqoridagi formulalar yordamida hujjatlarni magnitli tashuvchilarda saqlash 

uchun disklar miqdorini, mahalliy tarmoqning yuklamasini aniqlash, axborot 

tizimini loyihalashda texnika vositalarini va ma‟lumotlar bzasini  boshqarish 

tizimi(MBBT)ning turini tanlash mumkin. 




Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish