80
10-3. ATKlarda texnika xizmatida qo‟laniladigan xujjatlar ularni turlari va
rasmiylashtirish tartibi.
.
Ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishni axborotlashtirishda zamonaviy
axborot tizimlariga xos umumiy qoidalarga suyanish kerak.
Har qanday axborot tizimining asosi-ma‟lumotlar bazasi(MB). Xodimlar bu
bazaga amaliy dasturlar paketi(ADP) yoki avtomatlashtirilgan ish o‟rinlari
(AIO‟)orqali kiradilar. AIO‟bu- xodimning ish o‟rniga joylashgan texnika va
dasturlar majmuasi sbo‟lib, avtomatlashtirilgan dialog rejimida boshqaruv
vazifalaridan ayrimlarini bajarish imkonini beradi. AIO‟larini shartli ravishda
Mbga ma‟lumot kirituvchi va Mbdan ma‟lum chiqarib beruvchi toifalarga ajratish
mumkin. M‟lumotlar kiritishni quydagicha kechadi:
1) Birlamchi xujjatlardan (texnik passport, yo‟l varaqasi va b.);
2)ATK xodimlaridan (ta‟mir uchun buyuritma, ehtiyot qismlarni olish uchun
talabnoma va b.);
3) Ob‟ektlarni avtomatik identifikatsiyalash vositalaridan (magnitli,shtrixli,
radiochastotali va. B.).
Agar birlamchi xujjat tashqaridagi korxonalarda vujudga kelsa (masalan,
avtomobilning texnik pasporti), m‟lumotlar komp‟yuterga tayyor hujjatdan
kiritiladi. Agar xujjat ATKning o‟zida vujudga kelsa (masalan,ta‟mirlash varaqasi),
uni qo‟l kuchi bilan shakillantirishga zarurat yo‟q.Nosozlikning xususiyati
haqidagi m‟lumotlar komp‟yuterga xodimning so‟zi bilan kiritilishi mumkin(mas.
Xaydovchi), xujjat esa (zarurat bo‟lsa) avtomatik tarzda shakillanadi va qog‟ozga
chiqariladi.Agar axborotning mutlaq haqqoniyligi talab etisa, m‟lumotlarni xodim
orqali emas, qandaydur avtomatik usul bilan komp‟yuterga kiritishning texnik iloji
bor. Bunda ob‟ektlarni avtomatik identifikatsiyalash vositalari ishga tushadi.
Bunday paytda, hatto birlamchi hujjatga ham ehtiyoj qolmadi, tizim avtomatik
tarzda m‟lumotlar tayyorlanadi(mas. Yo‟lga varaqasiz chiqqan haydovchilar
haqida m‟lumotlar). Tabiiyki, axborot tizimlarini yaratishda ikkinchi yo uchunchi
yo‟lni tanlash kerak.
Axborotni Mbdan olish ikki usulda kechadi:
1)korxona bo‟linmalarining faoliyati haqidagi hisobot (chiqariladigan) qog‟ozlarni
shakillantirish va manitor ekraniga yoki qog‟ozga chiqarish;
2) ekspert tizimi yordamida boshqaruvchi qarorlarni olish.
Hisobot (chiqariladigan) qog‟ozlarni shakillantirish, bu eng engil, an‟anaviy
yo‟l, biroq xodimlar etarlicha bilim va tajribaga ega bo‟lishi kerak. Bu-ikkilamchi
xujjatlarni tahlil qilib, to‟g‟ri qarorlar qabul qilish uchun kerak. Ekspert
tizimlardan foydalanish-dasturlaryaratish masalasida eng murakkab yo‟l, biroq
qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy dalillanishi va optimalligi nuqtai nazaridan
eng samarali yo‟l.
ATKda axborot tizimini yaratishda quydagilar tavsiya etiladi:
-ATK bo‟linmalari o‟rtasida axborot almashinuvi mahalliy komp‟yuterlar
tarmog iy‟i orqali;
81
- korxonaning barcha tuzilmasi va hujjatlar aylanmasini qayta ko‟rib chiqish,
y‟ni birlamchi hujjatlarni iloji boricha kamaytirib, EHM da shakillantirish,
ikkilamchi va oraliq tashuvchilarni bekor qilish;
-MMAlarni jor m‟lumotlardan ajratib olib, magnit tashuvchilarda saqlash;
- korxonaning hamma bo‟linmalarida yagona MMA dan foydalanish;
EHMga birlamchi axborotni bir marta kiritib, xato ketish ehtimolligini nazorat
etish;
- ATK bo‟linmalari o‟rtasida axborot almashinuvlarinikamaytirish maqsadida
masalalarni qayta taqsimlash;
-hamma axborot izimchalari real vaqt rejimida ishlashi;
-tizimni yaratishda ma‟lum bosqichlarga rioya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: