79
10-2.Axborot to‟plash manbalari va ularlarga qoyiladigan talablar
Texnik xizmat xodimlari bir-biri bilan bog‟langan masalalar majmuasini hal
qiladilar. Xodimlarning ishi natijalari ma‟lum hujjatlarda qayd etiladi. Axborotlar
darajasida korxonaning hamma bo‟linmalari bir-biri bilan o‟zaro ta‟sirda bo‟ladi.
ATKning texnik xizmatining hujjatlar aylanmasi 120 dan ortiq hujjatlardan
iborat. Bundan 21 foizinin birlamchi natijalar tashkil qiladi(texnik pasportlar, yo‟l
varaqalari, ta‟mirlash varaqalari, ehtiyot qismlar uchun talabnomalar va sh.k)
MMA hujjatlar ulushi 6%( yo‟nalishlar ish rejimi, yonilg‟I sarfi me‟yorlari,
shinalar resursi, TXKlar davriyligi va qiyinligi va sh.k).
Ikkilamchi hujjatlar ulushi 73%. Bular turli hisobotlar (ma‟lumotnomalar,
umumlashmalar, hujjatlar, kartotekalar, jurnallar va x.k).
ATKda biro y davomida qayta ishlanadigan axborot hajmi, bir avtomobil
hisobiga taxminan 50 kb.
Bu hajimda MMAning ulushi 3%, qayta ishlanadigan axborot hajmining
yarmidan ortig‟i 55% birlamchi hujjatlarda , ikkilamchi hujjatlarda-taxminan 42%.
Birlamchi hujjatlar bilan bir nechta bo‟linma shug‟ullanadi.Masalan, ehtiyot
qismlar uchun talabnoma quydagi yo‟llardan o‟tadi: avtokolonna-BM-ombor-
buxgalteriya. Bunda, har bir bo‟linma hujjatga o‟z ma‟lumotini qo‟shadi, lekin bir-
birini takrorlamaydi.
Ikkilamchi hujjatlar birlamchilardagi axborotni to‟la yo qisman takrorlaydi.
Masalan, ehtiyot qism berilayotganda ombordagi kartotekaga talabnomadagi
ma‟lumot ko‟chiriladi, ehtiyot qismni qabul qilishda esa –nakladnoydan axborot
ko‟chiriladi.
Yo‟l
varaqalarini
qayta
ishlashda
ko‟plab
umumlashmalar,
ma‟lumotnomalar, hisobotlar shakillanadi, bunda, varaqalardagi ma‟lumotnomalar
saralanadi va boshqa hujjatlarga ko‟chiriladi(avtomobillarning markasi, muayyan
avtomobillar, avtokolonnalar, va b. bo‟yicha). Hujjatlar aylanmasining tahlili
ko‟rsatishicha, ikkilamchi hujjatlarorlanning 77 % mazmuni takrorlangan
axborotdan iborat, ularning 23% birlamchi hujjatlarni qisman takrorlaydi. Bular
boshqarish tizimini avtomatlatirishni taqazo qiladi. Korxonaning har bir bo‟linmasi
o‟ziga tegishli xujjatlarni shakillantirishga harakat qiladi, natijada axborotlar
takrorlanadi, bir xujjatdan ikkinchisiga ko‟chirish uchun qo‟shimcha vaqt ketadi
va ma‟lumotlarqisman buzilishi mumkin.
ATKda axborot tizimini yaratishdan oldin birinchi navbatda xujjatlar
aylanmasini takomillashtirish va soddalashtirish kerak. EHMga kiritilishi lozim
bo‟lgan me‟yoriy va ma‟lumotnoma axborotlari va birlamchi xujjatlarning eng
kam turlarini saqlab qolish kerak, ikkilamchi hujjatlarni saqlash, qidirish, uzatish
va shakillantirish jarayonlarini to‟liq avtomatlashtirish kerak, shunda xodimlar
qo‟lda bajariladigan ishlardan xolis bo‟ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: