O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/112
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#289372
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi

Talabalarga  topshiriqlar.  Seminar  mashg'ulotda  rivojlanish  va  ta'lim  o'rtasidagi 
bog'liqlikni aniqlash bo'yicha quyida keltirilgan tajribani tahlil qilib chiqing. 
4-5 yoshli  bolalarga  ikkita A  va В ga  bir  xiida suv quyilgan  idishlarni ko'rsatadi, agarda  A 
idishdan  kattaroq  bo'lgan  D  idishga  hamma  suvni  quyilsa,  suvning  miqdori  o'zgaradimi  deb 
so'raydilar  va  uni  bolalarga  ko'rsatadilar.  Ko'pchilik  bolalar  suv  qancha  bo'lsa  shuncha  qoladi 
yoki  shunday  bo'ladi  deb  javob  qaytaradilar,  bu  yerda  suyuqlik  miqdori  haqidagi  savol 
ko'rgazmali  namoyon  etiladi,  so'z  bilan  «faqatgina  nazariy»  ko'rinishda  quyidagicha  (agarda 
unga  quysak),  shundan  keyin  haqiqatdan  ham  suvni  A  idishdan  D  idishga  quyildi.  Lekin  bu 
ishni bolalarning ko'zi oldida emas, balki suvni quyish paytida idishlarni mato bilan to'sib turib 
bolalarga  ko'rsatmay  bajaradilar,  keyin  darhol  olib  tashladilar.  Endi  В  va  D  idishlardan  suv 
bolalar ko'zi oldida yaqqol ko'rinib turar edi. Endi bolalarning ko'pchiligi В idishni ko'rsatadilar 
chunki  undagi  suv  balandligi  yuqori  edi.  Nima  bo'ldi;  nima  uchun  so'z  bilan  tushuntirishda 
bolalar  (xayolida,  nazariy  manzarani  aniq  ko'rmay  turib)  suvni  qayta  quygan  bilan  uning 
miqdori  o'zgarmasligini  yaxshi  tushunadilar.  Uning  xatoligini  o'zgarsa  ham  (D  idishi  kengroq 
edi),  bu  tajribani  o'z  tadqiqotlarida  foydalangan  psixologlar  buni  bolaning  tushunchasi 
rivojlanayotgani  bilan  tushuntiradilar.  Misol  uchun  «miqdor»  va  «sabab»  (soni  nima  uchun 
o'zgardi,  degan  savolga  bolalar  chunki  quydik  idishga  deb  javob  qaytardilar)  bolalarda 
tasavvurida kattalarnikidan farqli umuman boshqacha ma'noga ega bo'lishi mumkin va ular nima 
haqida so'rayotganlarini tushunmasligi mumkin. 
a) 
bu  rivojlanish  o'z-o'zidan  bo'ladigan  jarayon  deb  hisoblagan  J.Piaje  haq  deganimi,  bu 
ta'limga  bog'liq  emasmi?  Bu  o'z-o'zidan  o'tib  boradigan  kerakli  rivojlanish  darajasini  kutib 
o'tirmay ta'lim bu rivojlanishga nima yetmayotgan bo'lsa shuni kiritib uning darajasini ko'tarish 
kerakligini bildirmaydimi? 
b) 
nima  uchun  bolalar  suvni  so'z  bilan  (nazariy)  quyilganda  to'g'ri  javob  berib  haqiqiy 
(ko'rgazmali) quyilganda xatoga yo'l qo'yadilar. 


133 
 
Talabalarning  mustaqil  ishlari  va  ularni  seminar  mashg'ulotlariga  tayyorlashda  o'quv 
masalalarni tuzishda quyidagi savollardan foydalanish mumkin. 
O'quvchilarning  yoshi  psixologik  xususiyatlaridan  kelib  chiqib  va  kerakli  o'quv 
qo'llanmalarini o'qib chiqib quyidagi ikkita savolga javob bering. 
a)  qanday  qilib  o'quvchilar,  ota-onalar,  maktab  rahbarlari  yoshi,  rivojlanishi  har  bir  davri 
uchun xos bo'lgan ta'lim va tarbiyalashda faoliyatning yetakchi turlarini hisobga olishlari kerak 
(misollar bilan ko'rsating)? 
b)  ehtiyojlar  doirasidagi  rivojlanishdagi  qarama-qarshilik  birligini,  uning  operatsion-texnik 
imkoniyatlarini, ta'lim va tarbiyada qanday qilib hisobga olish mumkin (javoblarni har bir yosh 
davri uchun alohida tayyorlang). 
Rivojlantiruvchi  ta'limning  ma'nosi  nima,  qanday  o'qitishlarni  rivojlangan  deb  aytib 
bo'lmaydi (alohida ta'lim amaliyotida)? 
Amaliy ta'limda uchraydigan o'qitish motivlarini aytib o'ting va ularning har birning asosida 
qanday talablar yotishini tushuntirib bering. 
P.Ya.Galperinning  bosqichma-bosqich  bilan  aqliy  harakatlarni  shakllantirish  psixologik 
konsepsiyasining ta'limning boshqa hamma konsepsiyalaridan prinsipial farqi nimada? 
L.S.  Vigotskiyning  hozirda  uning  shogirdlari  va  izdoshlari  tomonidan  rivojlantirilayotgan 
tarixiy-madaniy  nazariyasi  ma'nosini  yosh  va  pedagogik  psixologiyaga  nisbatan  qisqacha 
qanday ifoda etgan bo'lar edingiz? 
An'anaviy  o'qitish  nazariyasida  psixologiyada  va  pedagogikada  bo'lgani  kabi  xatolar 
o'qitishda  albatta  bo'ladi,  ba'zan  hatto  bu  foydali  ham  bo'ladi.  Muammoga  to'g'ri  munosabatda 
bo'lganda  deb  hisoblash  qabul  qilingan,  chunki  «xatolarda  o'rganiladi»,  aqliy  harakatlarning 
bosqichma-bosqich  shakllanish  nazariyasi  asosida  (P.Ya.Galperin  va  uning  izdoshlari)  tashkil 
qilingan  o'qitish  xatosiz  bo'lishi  mumkin  deb  hisoblaydi.  Bu  fikrni  to'g'riligi  bir  necha  bor 
tajribalar bilan isbotlangan, bir necha yuz minglab bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan o'qitish 
bo'yicha  o'tkazilgan  tajribalarga  yakun  yasab  I.F.Talzina  shunday  yozadi;  «o'zlashtirish  asta-
sekinlik bilan xatolardan xalos bo'lish sifatidagi tasavvurlarni o'zlashtirishning haqiqiy tabiatiga 
to'g'ri  kelmaydi  deb  to'la  ishonch  bilan  aytish  mumkin,  bilimsizlikdan  bilimga  yo'l  umuman 
olsak bexato bo'lishi mumkin». 
 


134 
 
18- mavzu.  PEDAGOGIK OLIY O’QUV YURTLARIDA PSIXOLOGIYA 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish