O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/112
Sana01.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#289372
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112
Bog'liq
psixologiya fanlarini oqitish texnologiyasi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


150 
 
Interfaol ta’lim usullaridan na’munalar
 
 
Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun metodi 
 
 
Akademik guruh  jami talabalar  sonidan kelib  chiqqan  holda 4-5 kishidan tashkil 
topadigan  bir  necha  kichik  guruhlarga  ajratiladi.  Kichik  guruhning  talab  darajasida  o‘quv 
faoliyati ko‘rsata olishi uchun uning tarkibida bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha bitta yaxshi, bitta 
undan  sustroq  talaba-o‘quvchining  bo‘lishi  shart.  Qolganlari  qobiliyatlari  va  bilim  darajalari 
bo‘yicha  sust  o‘qiydigan  talaba-o‘quvchilar  bo‘lishi  mumkin.  Yaxshi  o‘zlashtiruvchi  talaba-
o‘quvchi  kichik  guruhning  sardori  bo‘lib,  o‘z  navbatida  sheriklarining  ma’lum  hajmdagi 
bilimlarni  o‘zlashtirishlari  bo‘yicha  o‘qituvchiga  yordamchilar  hisoblanadi.  Har  bir  talaba-
o‘quvchining  darsga  tayyorgarlik  darajasidan  kelib  chiqqan  holda  barcha  sheriklarining 
baholanishi o‘qituvchi tomonidan o‘quv yili boshida hammaga e’lon qilinadi.  
 
Kichik  guruhdagi  talabalarning  fan  bo‘yicha  butun  o‘quv  faoliyati  qat’iy  o‘zaro 
mas’uliyatga asoslangan bo‘lib, «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» shiori ostida 
boradi.  Chunki  sardorlarga  joriy  nazorat  bo‘yicha  rag‘batlantiruvchi  ballarni  qo‘yishda  kichik 
guruhlar talaba-o‘quvchilarining uyga berilgan topshiriqlarni bajarganlik darajalari, ayniqsa sust 
o‘zlashtiruvchi  talabalarning  mavzu  bo‘yicha  o‘qituvchi  va  boshqalarning  savollariga  og‘zaki 
yoki yozma javob berishlari, masala echimini tushuntira olishlari e’tiborga olinadi. Uy vazifasini 
ko‘proq  sust  o‘zlashtiruvchi,  biroq  bilim  olishga  ishtiyoqi  bor  talaba-o‘quvchilardan  so‘rab, 
kichik  guruhning  barcha  talaba-o‘quvchilarini  uning  javobini  e’tiborga  olgan  holda  baholash 
katta  ta’limiy  va  tarbiyaviy  samara  beradi.  Sust  o‘zlashtiruvchilarni  yaxshi  tayyorlagan  kichik 
guruh  sardorlariga  eng  yuqori  ball  qo‘yiladi.  Natijada  sardorlarga  ham  tabaqalashtirilgan  ball 
qo‘yishga  erishiladi.  Kichik  guruhdan  biror  talaba-o‘quvchi  uy  vazifasini  bajarmagan  yoki 
qisman  bajargan  bo‘lsa,  bu  kamchilikni  yo‘qotish  uchun  uning  sardori  yoki  barcha  sheriklarini 
bir-ikki  marta  qo‘yiladigan  ballardan  mahrum  etib,  o‘sha  mavzuni  qayta  ishlab  darsdan  keyin 
topshiradigan qilish kifoya. O‘qituvchining uy vazifasini nega tayyorlamay kelding deyishi bilan 
bu  gapni  kichik  guruh  talabalarining  jamoa  bo‘lib  norozi  ohangda  sheriklariga  aytishi  orasida 
juda katta tarbiyaviy farq bor. 
Darsning  mustaqil  ishlash qismida  barcha kichik  guruhlarga bir xil  muammo (masala)ni 
sust  o‘qiydigan  talaba-o‘quvchilarga  o‘rgatishlari  so‘raladi.  Chunki  berilgan  topshiriq  tipidagi 
muammo(masala)lar  darsning  asosiy  qismida  o‘qituvchi  va  talaba-o‘quvchilar  hamkorligida 
o‘rganilgan bo‘ladi.  


151 
 
Bitta kichik guruhga kirgan talaba-o‘quvchilar auditoriyaning  ma’lum qismidagi ketma-
ket  qo‘yilgan  partalarda  birgalikda,  sardor  esa  orqadagi  partaning  o‘qituvchi  borib  yordam 
ko‘rsatishi  va  o‘zining  kelib  o‘qituvchidan  yoki  boshqa  kichik  guruh  sardoridan  yordam  olishi 
uchun  qulay  qismida  o‘tiradi.  Ikkita  parta  bir-biriga  qaratib  qo‘yilsa  talaba-o‘quvchilarning 
hamkorlikda  ishlashlari  uchun  yanada  qulay  bo‘ladi.  Sardorning  amaliy  mashg‘ulot  paytida 
auditoriya bo‘ylab erkin harakatlanib, o‘qituvchi va boshqa sardorlar bilan hamkorlikda vujudga 
kelgan  tushunmovchilikni  hal  qilish  bo‘yicha  muloqotda  bo‘lishiga  ruxsat  etiladi.  Biroq, 
o‘qituvchi huzuriga birdaniga bir nechta emas faqat bitta sardorning kelishiga yo‘l qo‘yiladi. 
Bir  kichik  guruh  qo‘yilgan  muammoni  (masalani)  hal  etgach,  uning  to‘g‘riligini  
o‘qituvchi tomonidan tekshirilib, sardorga sheriklariga o‘rgatish taklif qilinadi. Uning o‘rgatishi 
jarayonida masalani echa olmagan guruhchalarning sardorlari ham shu guruhga kelib qo‘shiladi, 
so‘ngra o‘zlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga o‘rgatishadi.  

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish