7.4 O‘quv jarayonini pedagogik kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha talablar
Bakalavriat asosiy ta’lim dasturini amalga oshirish o‘qitilayotgan fanning ixtisosligiga mos, odatda, bazaviy
ta’limga ega bo‘lgan ilmiy-pedagogik kadrlar bilan va tizimiy ravishda ilmiy yoki ilmiy-metodik faoliyat bilan
shug‘ullanayotgan kadrlar bilan ta’minlanishi kerak.
Ixtisoslik fanlari o‘qituvchilari o‘qitilayotgan fan profiliga mos bazaviy ta’limga yoki ilmiy darajaga ega
bo‘lishlari kerak. Ta’lim jarayoniga amaldagi tegishli tarmoq tashkilotlari, korxonalari va muassasalarining rahbarlari
va yetakchi mutaxassislari o‘qituvchilikka jalb etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |