II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
“Yo‘nalishga kirish” fani mutaxasislik fanlari blokiga kiritilgan bo‘lib, I semestrda o‘tiladi.
Fanni o‘qitilishdan maqsad – yo‘nalishning maxsus fanlarini o‘rganish va chuqur egallash uchun zarur bo‘lgan umumkasbiy bilimlarni , tarixiy ma’lumotlarni, asosiy vazifalarni ta’lim standartida talab qilingan ko‘nikmalarni ta’minlashdir.
Fanning vazifalari- energetikaning rivojlanish tarixi, energetikaning asosiy qonunlari va tushunchalari, energetika resurslarini, energiyani uzatish usullari, energetika qurilmalari, elektrsistemasining tashkil etuvchilarini elektr iste’molchilari xaqidagi ma’lumotlarni talabalarga etkazuvidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |