Ishining hajmi va strukturasi: Kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovadan iborat.
1.Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining yuzaga kelishi.
1.1 Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltirgan ijtimoiy – siyosiy sharoitlar
Turkistonda milliy o’zlikni anglashga xizmat qilgan va milliy ozodlik mafkurasining yuzaga kelishi va rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan yirik ijtimoiy-siyosiy oqimlardan biri jadidchilik bo’ldi.
Sovet tarizshunosligida uzoq vaqt mobaynida jadidchilik “reaksion” G’oyaviy oqim sifatida ko’rsatildi.To’g’ri dastlabki bosqichlarda Jadidlarning madaniy-ma’naviy faoliyati nisbatan ijobiy baholangan bo’lsada, faqat bugungi kunga kelib vatanimiz olimlarining sa’y-harakatlari bilan bu masalaga tubdan yondashuvlar qaror topdi.Hozir jadidlar Harakati Turkiston jamiyatining XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida siyosiy kuchlar chatishib ketgan bir davrda eng taraqqiyparvar yo’nalishini o’zida aks ettirgani ochiq tan olinadi. Jadidchilik dunyodagi umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan bo’lib u ijtimoiy rivojlanishning yetilgan ehtiyojlari va o’lka tub aholisining manfaatlariga javob berardi.
Aytish mumkinki, jadidchilikning paydo bo’lishi va shakllanish masalalari ancha to’liq yoritildi. Biroq, hanuz chuqur idrok etishni
Talab qiluvchi bir qator muammolar mavjud. Jadidchilik, ma’lumki,
Markaziy Osiyo mintaqasi ijtimoiy rivojlanishining tub burilish bosqichida yuzaga keldi.Mahalliy vatanparvarlarning mustamlaka ‘Turkistonda inqirozla holatini, O’lkaning umumjahon jarayonlardan tobora ortda qolayotganini tub aholining erkparvar harakatlariga keskin zarba berilib hamma joylarida bostirilishini ma’naviyat sohasidagi turg’unlikni idrok etishlari jamiyatni atroflicha isloh etish kerak degan g’oyaning ilgari surilishiga turtki bo’ldi.
Biroq,bu islohotchilik harakati tarixiy murakkab yo’lni bosib o’tdi.Bu ijtimoiy rivojlanishning konsepsual asosiy masalalari va eng avvalo, feodalizm hamda mustamlakachilikning asoslarini buzish mafkurasini konsepsual jihatdan idrok etishda ko’rindi.
Birinchi bosqichda mazkur harakat ishtirokchilari asosan e’tiborni butun ijtimoiy tizimni o’zgartirishdan ko’ra, ma’naviyat sohasini yangilashga qaratdilar. Jadidlar yangi usuldagi maktablarni tashkil etish,gazetalar chiqarish, darslik va o’quv qo’llanmalari (ayniqsa aniq fanlar) nashr etish G’arb texnika va texnologiyasini o’rganish zaruriyati, Yevropa madaniyati yutuqlaridan foydalanishni targ’ib etish orqali milliy dunyoviy ta’limni yuzaga keltirish, ma’naviy hayotni yangilash va boyitish, milliy o’zlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratdilar. Turkistonda dastlabki jadid guruhlari XX-asr boshlarida yuzaga keldi.Jadidlarning taniqli vakillari milliy ziyolilarning o’zligini tashkil etgan kishilar edi.Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li, Sadriddin Ayniy, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Zakiy Validiy, Toshpo’lat Norbo’tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalar shular jumlasidandir. Jadidlarning tashkiliy jihatdan birlashishlarida Mahmudxo’ja Behbudiyning xizmati sezilarli bo’ldi. U o’z atrofiga anchagina aqliy kuchlarni yig’di.
Jadidchilik boshlang’ich bosqichida ko’proq musulmon maktablari islohoti va Yevropacha ta’lim unsurlarini kiritishni ko’tarib chiqqan tor darajadagi madaniy – ma’rifiy oqim degan qarashlar mavjud. Shunga qaramay u ilk yillardayoq milliy uyg’onish uchun shart-sharoit hozirlash, O’rta Osiyo xalqlarini jahon xalqlari sivilizatsiyasi bilan oshno etishga qaratilgan edi. Katta zakovat va haroratli qalb egalari bo’lgan bu harakat tashabbuskorlari Turkiston xalqlarining boshi berk ko’chaga kirib qolganliklaridan chuqur tashvishga tushdilar .Ham chorizm, ham mahalliy amaldorlarning ikki yoqlama zulmi ostida qolgan Mahalliy keng ommaning behad qashshoqligi, dunyoning rivojlangan iqtisodiy mamlakatlaridan haddan ziyod ortda qolganligi madaniy qoloqlik , fikrlashdagi turg’unlik jadidlarda ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirishning amaliy vositalarini izlash fikrini uyg’otdi.
Yuzaga kelgan sharoitlarda ilg’or musulmon ziyolilari o’lkaning istibdod zanjiriga tushishning, mamlakat qoloqligining asosiy sababini xalqning ma’rifiy qoloqligi deb bildilar.Shu bois jadidlar ta’limni isloh qilishni dastlabki bosqichdagi asosiy vazifa deb bilishgandi.
Jadidlar yangi usuldagi maktablar, kutubxonalar, o’quv zallari ochishdi.Jumladan o’lka hududida yangi usuldagi maktablardan dastlabkisi 1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domla nomidan tashkil etildi.O’sha yili jaded maktabi To’qmoqda ham ochildi. 1899 yilda Mannon Qori Toshkentda va Shamsiddin domla Andijonda yangi usuldagi maktablar ochdilar.
1990-yildan boshlab Turkistonda yangi usuldagi maktablar tarmog’I izchil ravishda kengaya bordi. Shu yili taniqli olim, jurnalist
Va pedagog Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li yangi usuldagi o’zbek maktabini tashkil etdi. Uni o’zi boshqarib dars berdi.shu o’rinda Munavvar Qori shaxsi haqida ma’lumot beradigan bo’lsak, “ Munavvar Qori Abdurashidxon o’g’li ijtimoiy-pedagogik faoliyat bilan birga
badiiy ijod bilan ham shug’ullangan.Uning ixcham hikoyalari, talaygina she’rlari o’sha davrdagi matbuot va o’zi tuzgan hamda yozgan darsliklarga kiritilgan. Shuningdek, u o’tkir publicist adib sifatida tanilgan. Maqolalarida inson va jamiyat, din va dinshunoslik, ahloq, mustamlakachilik va hurriyat, ziyolilik, uyushma, tashkilot,davlat idorasi masalalariga alohida e’tibor qaratgan”.3 Bu maktabning samaradorligi shu qadar yuqori ediki, bu hol boshqa joylarda ham shunday o’quv dargohlari tashkil etilishiga turtki bo’lib xizmat qildi.
1903-yilda Mahmudxo’ja Behbudiy Samarqand yaqinidagi Jomboy degan joyda o’z mablag’i hisobidan yangi maktab ochdi.Hoji Mulk va Abduqodir Shakuriy kabi mashhur ma’rifatparvarlar u bilan birga dars berishdi.
Boshlang’ich davrdagi jadidchilik harakatining ma’rifatparvarlik yo’nalishida bo’lganligini tan olgan holda, shuni aytish kerakki, U Rossiyadagi narodniklar faoliyati singari sof madaniy- ma’rifatparvarlik harakati edi deyish mumkin emas. Jadidlarning “ma’rifat” mafkurasi ijtimoiy jihatdan ancha boy va qirrali edi.Unda hozir ham dolzarb sanaluvchu tarixiy vazifalar: dinning ma’naviy kamolotini takomillashtiruvchilik xususiyati, bozor va xususiy makonni shakllantirish jarayonlarini kuchaytirish, zamonaviy demokratik muassasalarni yuzaga keltirish, o’ziga xos milliy rivojlanish yo’li kabilar jamlangan va e’tiborga olingan edi.Ta’lim islohoti haqidagi talablar mohiyatan ilk jadidlar mafkuraviy qarashlarning umumiy jihatini o’zida ifoda etgandi. Ular o’sha paytdayoq Turkiston jamiyatini tadrijiy isloh etishning bo’lg’usi modeli ko’pgina muhim g’oyalarni o’z faoliyatlarida namoyon etishgandi. Agar ilk jadidchilik nazariy qarashlariga tarixiy nuqtai – nazardan qaralsa, jadidlarning bundan keyingi, butun mafkurasi asoslarini tashkil etgan bir necha muhim qoidalarni ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchidan, ma’rifatparvar xalqni ma’rifatli qilmasdan keng ommani rus va jahon madaniyati yutuqlariga oshno etmasdan turib, Turkiston taraqqiy etolmasligini tushunib yetdilar. Ular xalqning turmush sharoitini yaxshilash uchun mustamlaka feudal zulmi va og’ir majburiyatlardan xalos bo’lish, ma’naviy erkinlikka erishish zarur deya to’g’ri fikr yuritishdi. Huquqshunos D,Tashqulovning tadqiqotida ko’rsatilganidek,ma’rifatparvar asarlarida mustamlaka feodal jamiyatining siyosiy – huquqiy muassasalari markaziy o’rin tutadi. Ular o’z asarlarida hokimiyatning qonunsizlik va poraxo’rlik, haddan ziyod og’ir soliqlar kabi zulmkorligi ko’rinishlarini ayamay tanqid qilishdi. Jadidlar mustamlaka Turkistonni Mahalliy ma’muriyat vakillarining saylov tizimini qoralashdi.Chorizmning norozilik siyosatiga norozilik bildirishdi.
Ikkinchidan, jadidchilik harakatining yo’lboshchilari tarixiy taraqqiyotni tezlashtirishni, islomni yangilash, madaniy bozor makonini ijtimoiy – iqtisodiy shart – sharoitlarni yaratishni shakllantirish bilan chambarchas bog’ladilar.
Yevropa va Rossiyaning ko’pgina ma’rifatparvarlaridan farqli o’laroq, jadidlar dinni rad etmadilar. Aksincha ular islomni ijtimoiy taraqqiyotga erishish uchun musulmonlarni birlashtiruvchi muhim omil, o’lka xalqlqrini yuksak axloqiylik, vatanparvarlik, do’stlik, birodarlik, inqirozli ahvoldan chiqishdagi kurashda jipslashtiruvchi kuch sifatida saqlab qolish tarafdorlari bo’lib chiqishdi. Jadidchilik harakati yuzaga kelayotgan bir paytda yozilgan Abdurauf Fitrat va Mahmudxo’ja Behbudiylarning “Islomning qisqacha tarixi” (bir xil nomdagi) asarlari jadidlarning dinga munosabati haqida yorqin tasavvur beradi. Ularda mohiyatan bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini belgilash uchun zarur bo’lgan , bosib o’tilgan yo’lning atroflicha tahlili berilgan. Fitratning fikricha dunyo qandaydir “hayot g’oyasi”dan yaratilganidan to Muhammad Payg’ambargacha bo’lgan dinlar, urushlarning tartibsiz almashinuvini o’zida namoyon etadi. Alloh o’z payg’ambari orqali haqiqiy dinni yubordi,islom odamlar tarqoqligini yengib o’tdi, taraqqiyot davri boshlandi.Musulmonlar dunyoga ko’plad ilmiy kashfiyotlarni berdi, yevropaliklarning o’zlari ilgari yaratgan aqliy qadriyarlarni saqlqb qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |