2.2 Muxtoriyatchilar harakatining yemirila borishi
Tinch yo’l bilan hokimiyatni olishga ishongan Turkiston Muxtoriyati o’zini himoua qilishga yetarli tayyor bo’lmadi.Shunga qaramay muxtoriyatchilar sovet qo’shinlari hujumini 3 kun qaytardi. “Turkiston, turkistonliklar uchun “ shiori bilan chiqqan muxtoriyatchilar muqaddas urush g’azovot e’lon qildilar va viloyatlardan yordam kutdilar.Biroq, afsuski, muxtoriyatchilar boshqa joylardan yetarli darajada harbiy yordam olishmadi.Ayni paytda Turkiston o’lkasi H.K.S.
Toshkent, Namangan, Samarqandda shahar dumalarini tarqatdi.Sobiq general-gubernator kansellariyasini tugatdi.Burjua gazetalarini yopdi.
Paxta zahiralarini musodara etdi.Neft qazib chiqarish baliqchilik sanoati, Xiva kemachilik jamiyati, barcha bosmaxona va tipografiyalarda milliylashtirishni o’tkazdi. F K (favqulodda komissiya) tashkil etdi. Din davlatdan va maktab dindan ajratilishi e’lon qilindi.Qo’qon musulmon aholisi rus va armanlarni qirg’in qilib, shaharning yevropaliklar yashaydigan qismi vayron etdi degan atayin tarqatilgan mish-mishlar bolshevistik sovetlarga sodiq harbiy bo’linmalar orasida musulmonlarga qarshi qahr-g’azab uyg’otishga xizmat qildi. Qo’qon hukumati esa bor-yo’g’i bir necha harbiy qismlar va qipchoq otlig’ soldatlarga tayanardi.
Muxtoriyatchilar 11-fevraldan 12-fevralga o’tar kechasi gvardiyachilar yordamida Qo’qon qal’asiga hujum uyushtirildi.Ularning boshqa bir qurollangan qismi, telefon aloqasi uzilgunga qadar sodir bo’layotgan voqea to’g’risida Toshkentga xabar berish va harbiy yordam so’rashga ulgurgan edi. 13-fevral kechasi soat 3da Farg’onadan 4 zambarak va 4 pulemyot bilan qurollangan 120 dan ortiqroq kishilik harbiy qism yetib keldi.Shu kunning o’zidayoq inqilobiy qo’mita muxtoriyat hukumatiga talabnoma yo’llab, kunduzgi soat 3ga qadar qurol-yarog’ni topshirish vakolatlaridan voz kechib, sovet hukumatini tan olish shartini qo’ydi. Muxtoriyat a’zolari bolsheviklar talabini javobsiz qoldirdilar Shundan keyin inqilobiy qo’mita Muxtoriyat hukumat a’zolarini hibsga olish to’g’risida qaror chiqardi.Ushbu sharoitda Turkiston Muxtoriyati rahbarlari Revkomni
Yuzaki qaraganda, bu borada o’zgarishlar yuz bergandek tuyuldi. Hukumat qisqa muddatda murakkab etnik ahvolni yumshatish, milliy ozodlik kurashining kuchayib ketgan olovni o’chirish uchun yangi hokimiyatning milliy negizini bir qadar kengaytirish, Turkistonga milliy mustaqillik xususiyatlarini berishga urindi.Biroq, milliy davlatchilik muammosiga yondashishida hal qiluvchi o’zgarishlar ro’y bermadi.Asosiy rejalar tuzishda bolsheviklar rahbariyati ilgarigidek muammoga yondashishda “yuqori”dan “milliy davlatchilikda o’z taqdirini o’zi belgilash”, partiya sovet tuzilmalarining qattiqqo’llik bilan nazorat etish qoidalaridan kelib chiqdi. Taktik jihatdan qaraganda Moskvadagi bolsheviklarning milliy masala bo’yicha qarashlari “proletariat diktaturasi davlat”ni qutishning markscha qoidalariga asoslangan qo’pol darajadagi buyuk davlatchilik mohiyatini saqlab qoldi.
Turkiston muxtoriyati tor – mor etilganidan so’ng, Turkiston bolsheviklari markaziy hokimiyat ta’sirida Turkistonni Rossiya bilan mustahkam bog’lashning yagona vositasi o’lka avtonomiyasi joriy etish ekanligini anglay boshladilar milliy o’z taqdirini o’zi belgilashning sovet modeli milliy demokratlarning avtonomiyasi talablaridan tubdan farq qilsada, qarshilik davom etdi. Mahalliy bolshevik rahbarlari Turkiston avtoniomiyasi haqidagi masalani u garchi partiya organlarida bir necha bor muhokama qilingan bo’lsa ham,har tomonlama cho’zilib ketdi.
“Milliy o’z taqdirini o’zi belgilash” muammosi ayniqsa, Qo’qon voqealari kunlarida dolzarb xususiyat kasb etdi. U 1918 yil 20-26-yanvarda bo’lib o’tgan o’lka sovetlari IV – syezdining diqqat markazida turdi. Syezdda bolsheviklarning dasturiy munosabatini I.O.Tobolin bayon qildi.Mahalliy bolsheviklar yo’lboshchisi avtonomiya g’oyasi yaqin bo’lgan baynalmilalchilar nomidan so’zlagan G.A.Pavshochenko nutqida ham ochiq – oydin ko’rindi.U mahalliy kishi (“tuzemets”) aytgan “mamlakat xo’jayini” tushunchasiga keskin norozilik bildirdi. Milliy harakat ko’pgina yo’lboshchilarning siyosiy tafakkurida bo’linmaslik ruhi hukmronlik qilar edi.Ular oktabr to’ntarishidan keyingi dastlabki bosqichda markaziy hukumat musulmon madaniyati, dini, siyosiy an’analari, ezilgan xalqning milliy avtonomiya haqidagi orzu – umidlarini tan olishiga hali ham ishonardi.Faqat bolsheviklar hokimiyatining siyosiy uslublari, ko’p va’dali chaqiriqlari bilan amaliy ishlar o’rtasida uzilish ro’y berganidan so’ng imperiyaning ruhiy va siyosiy bo’linish boshlandi.Shuni ham hisobga olish lozimki, sovetlarning o’lka syezdi Turkiston muxtoriyati haqidagi masalani muhokama qilayotgan paytda hali “ikkihokimiyatchilik” saqlanib turgan edi.Bolsheviklashgan X K S bilan birgalikda Qo’qonda
demokratik asosda saylangan milliy muxtor hukumat ham amalda edi.O’sha paytda ikkihokimiyat o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlarni kelishib hal etish imkoniyati saqlanib turar edi.Ayni paytda, keng musulmon ommasidan tashqari Turkiston Muxtoriyatini mehshevik va eserlar ham qo’llab-quvvatlar edi.
Muxtoriyatning milliy siyosati tom ma’nodagi baynalmilal ruh bilan sug’orilgan edi.Unda o’lkadagi millati va dinidan qat’iy nazar barcha xalqlarning millati va dinidan qat’iy nazar, barcha xalqlarning erkimligi va tengligini, davlat boshqaruvida qatnashish huquqi o’z ifidasini topdi.Bunday adolatli siyosatni bolsheviklatga qarshi turgan kuchlarni, hatto rus aholisining ma’lum qismini Muxtoriyatni qo’llab-quvvatlashga olib keldi.
Afsuski, Muxtoriyat obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra uzoq yashamadi.U moliyaviy jihatdan juda zaif bo’lib, tezlikda milliy qo’shinning mahoratini oshirish va yetarli darajada qurol-aslaha bilan ta’minlashni iloji bo’lmadi.Ayniqsa, hukumat a’zolari orasidagi o’zaro kurash, ma’muriy boshqarishdagi tajribasizlik va malakali Rahbar xodimlarning yetishmasligi hokimiyatni mustahkamlashga yo’l bermadi.Ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kamida bir-ikki yil va undan ortiq vaqt kerak edi.Bolsheviklar buni yaxshi anglab Muxtoriyatni imkoni boricha tezroq yo’qotishni rejalashtird
Muxtoriyatning o’ziga xos xususiyati va tarixiy ahamiyati shundaki, o’lkaning ko’p asrlik tarixi mobaynida ilk bor demokratiyaga asoslangan milliy davlat tuzildi.Odatda bo’lganidek, uni qandaydir bir hukmron sulolsning vakili emas, balki, xalqning orasidan yetishib chiqqan jadidlar yuzaga keltirdi. Shu bois,muxtoriyat tom ma’nodagi xalq hokimiyati sifatida shakllantirildi. Uning mohiyati va yo’nalishi mustamlakachilik va ulug’ millatchilik zanjirlarini parchalab erkinlik, tenglik va mustaqillik singari insoniy huquqlarni ta’minlashdan iborat edi.Shu bois sovet davrida muxtoriyatning feodal-klerikal davlat sifatida qoralanishi haqiqatga tamomila ziddir. XX asr boshlarida Rossiya va uning mustamlakalarida ikki marotaba davlat to’ntarilishi, xususan chorizmning ag’darilishi, burjua fevral-demokratik respublikasini bolsheviklar tomonidan tor-mor og’ir va xavfli sharoitda Muxtoriyatning tuzilishi vatanparvarlik, jasorat va qahramonlikning yorqin namunasidir. Bu muhim tarixiy voqea hech qachon unutilmaydi.5
Do'stlaringiz bilan baham: |