Mavzuning o’rganilish darajasi:
Turkiston Muxtoriyati tarixini o’rganish murakkab, og’ir va shubhasiz muhim yo’lni bosib o’tdi.Uni shartli ravishda uch davrga bo’lish mumkin.
Birinchisi – sovet davri. Sovet voqeligi sharoitida uzoq yillar Turkiston Muxtoriyati tarixi soxtalashtirildi va buzib ko’rsatildi.
Mavjud ilmiy adabiyotlarni batafsil o’rganish shuni ko’rsatdi-ki, sovet davri tadqiqotchilari mafkuraviy va ma’muriy nazorat iskanjasida bo’lib erkin fikr bildirish imkoniyatiga ega emas edilar. Ilmiy izlanishlar metadologiyasi asosan markscha-lenincha mafkuraga tayanardi. Natijada ilmiy muomalaga ko’plab manbalar ko’plab faktik materiallar kiritilganligiga qaramay, tarixiy jarayonlar butun ziddiyati va murakkabligi bilan baholanmay haqqoniy ilmiy bilimlar o’rniga vaziyatni to’g’ri aks ettirmaydigan soxta tarixiy manzaralar yaratildi.
Turkistonda sovet hokimiyati o’rnatilishi hamda ijtimoiy-siyosiy harakatlarni o’rganishga,shuningdek, jadidchilikni tadqiq etishga qaratilgan. 80-yillar oxirlarigacha yaratilgan deyarli barcha ilmiy tadqiqotlarda Turkiston Muxtoriyatining mohiyati va tushunchasini atay toraytirish maqsadida unga “Qo’qon Muxtoriyati” degan nom berilib, uning tashkilotchilari “pan islomchi”,”pan turkchi”,”aksilinqilobchi deb ataladi.
Ikkinchisi – “qayta qurish” davri.So’nggi yillardagi adabiyotlarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, 80-90-yillar davomida “qayta qurish” ta’sirida partiya mafkuraviy zug’umining birmuncha kuchsizlanishi va SSSRning parchalanishi bilan tarix fanida sog’lomlashish jarayoni namoyon bo’la boshladi. Ular tarixiy voqealarga sinfiy yondashuvdan qochish umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga suyanishga,yo’nalish kabilarda uchraydi. O’z-o’zidan ma’lumki, o’zbek xalqining ozodlik va mustaqillik uchun kurash manbalariga e’tibor keskin kuchaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, gazeta va jurnallardagi maqolalar bilan bir qatorda risolalar ham paydo bo’ldi. Biroq ularda bizning tahlilimiz ko’rsatishicha, muammoning ayrim qirralari ko’rilsa, Turkiston Muxtoriyati harakatining idrok qilinishiga bag’ishlangan tadqiqotlar olib borilmadi. Xususan mahalliy demokratlarning Muxtoriyat uchun kurashda ko’zlangan asosiy maqsadlari ularning Turkiston jamiyatini taraqqiyot yo’liga tadrijiy islohotchilik asosida yetarli o’rganilmadi.Jadidlarning 1917-yil fevraldan oktabrgacha bo;lgan davrdagi faoliyatining dasturiy, tashkiliy tomonlari ularning Turkiston ozodligi va mustaqilligi uchun kurashda mahalliy aholini birlashtirish uchun olib brogan harakatlari tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolmadi.
Uchinchisi – mustaqillik davri. Mustaqillik davrida olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi masalalar o’rganildi:
Turkistonda islohotchilik g’oyalarini shakllantirishga sharoit yaratgan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillar;
Jadidchilik va Turkiston Muxtoriyatining o’zaro yaqin aloqasi;
Milliy demokratlar faoliyatining dasturiy, tashkiliy asoslari ularning konseptual qarashlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |