14-mavzu.A.P.Chexov hayoti va ijodi
A.P.Chexov hayoti va ijodi.Chexov nasrining o’ziga xosligi.Chexov dramaturgiyasi. Chexov hikoyalaridagi aniqlik, soddalik va qisqalik.Hikoyalar tahlili.
Adabiyotlar: A2, A3, A8, A10, A12; Q22.
4. “XIX asr rus adabiyoti” fanidan mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
“XIX asr rus adabiyoti” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan bo’lib, quyidagi mavzular ko’rinishida shakllantirilgan. Mustaqil o’zlashtirilgan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan yozma ishlar tayyorlanadi va uning taqdimoti tashkil etiladi.
№
|
Mavzular
|
Soatlar hajmi
|
1
|
Kirish. XIX asr Rossiyada tarixiy sharoit va madaniy hayot
|
2
|
2
|
XIX asr rus adabiyotining “Oltin davr” sifatida baholanishi
|
2
|
3
|
Rus romantizmining o’ziga xosligi
|
2
|
4
|
“Sovremennik” jurnalining davr adabiyotida tutgan o’rni
|
2
|
5
|
Pushkin lirikasi
|
2
|
6.
|
Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romanida shoirning lirik chekinishlarining o’ziga xosligi
|
2
|
7
|
Lermontovning “Iblis” poemasida iblis talqini
|
2
|
8
|
Gogolning “Shinel” qissasida “kichkina odam” mavzusi
|
2
|
9
|
Turgenevning “Otalar va bolalar” romanida avlodlar konflikti masalasi
|
2
|
10
|
Rus adabiyotida romantizmning namoyon bo‘lishi
|
2
|
11
|
Pushkin ijodida sharq mavzusi
|
2
|
12
|
Belinskiyning adabiyotshunos sifatidagi faoliyati
|
2
|
13
|
Pushkin she’rlarining o`zbek tilidagi tarjimalari tahlili
|
2
|
14
|
“Anna Karenina” asarida Tolstoyning axloqiy qarashlarining aks etishi
|
2
|
15
|
L.Tolstoyning “Iqrornoma” asari tahlili
|
2
|
16
|
Krilov masallarining o’ziga xos badiiyati
|
2
|
17
|
Dostoyevskiy ijodining jahon adabiyotida tutgan o`rni
|
2
|
18
|
Gogol ijodida satira
|
2
|
19
|
Chexov hikoyalarining badiiyati
|
2
|
20
|
O`zbek adabiyotiga rus adabiyotining ta’siri masalasi
|
2
|
|
Jami
|
40
|
“XIX asr rus adabiyoti” fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglab, badiiy matnlar ustida ishlaydilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uyga vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza mashg’ulotlarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har bir mashg’ulotlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |