Tirik tabiat burchagi
O‘quvchilarni tirik o‘simlik va hayvonlar bilan tanishtirish, ular ustida kuzatish, tajribalar o‘tkazishda tirik tabiat burchagining o‘rni, ahamiyati juda kattadir.Ayniqsa kuz va qish fasllarida tirik tabiat burchagida asralayotgan o‘simlik va hayvonlarni mashg‘ulotlardagi ahamiyati nixoyatda sezilari bo‘ladi. Shunday qilib tirik tabiat burchagi:
1.O‘quv yili moboynida mashg‘ulotlarda tirik o‘simlik va hayvonlardan foydalanishga;
2. Darslarda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etib o‘tkazishga;
3.Yosh tabiatshunoslar to‘garagi ish uchun zarur sharoitlar yaratib berishga xizmat qiladi.
Tirik tabiat burchagida o‘simlik va hayvonlarni asrash uchun avvalo xona yetarli yorug‘ va issiq bo‘lishi kerak. Shu sababli tirik tabiat burchagi oynalari kun tushib turadigan tomonda bo‘lishi, qo‘shimcha yorug‘lik xosil qilish uchun unga lyuminisensiya lampochklari qo‘yilgan bo‘lishi talab etiladi.
Xonada kerakli stellyajlar, stol va stullar qo‘yilishi kerak. Tirik tabiat burchagi ikki : botanika va zoologiya bo‘limlaridan tashkil topadi.
Botanika bo‘limidagi o‘simliklar xona, yovvoyi va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari guruxlaridan tashkil topishi maqsadga muvofiq. Ayniqsa mavzular bo‘yicha turli tajriba va kuzatish ishlari o‘tkazishga qulay bo‘lgan geran, primula, tradeskansiya, begoniya, elodeya, kaktus kabi o‘simliklarni ko‘proq parvarish qilishga e`tibor berish zarur.Undan tashqari bu joyda parvarish qilinayotgan o‘simliklarni ma`lum ekologik guruxlari bo‘yicha, masalan, qurg‘oqchilik o‘simliklari bo‘lmish- kaktuslar, aloe, agava kabi, namgarchiliklikni sevuvchilardan-begoniya, monstra, tradeskansiya va boshqa shunga o‘xshash o‘simliklar guruxlaridan tanlab joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Umumiy biologiya o‘quv predmetini o‘rganishda ba`zi mavzularni amaliy mashg‘ulotlar vositasida olib borishga xizmat qiluvchi pechakgul, taram-taram xlorofitum, toshyorar, aspidistra, tirik tug‘uvchi paparotnik, kliviya, kaktuslar parvarish qilinishi kerak. Bu o‘simliklardan umumiy biologiyadagi o‘zgaruvchanlik, irsiyat, ekologik masalalarga bog‘ishlangan mavzularni o‘rganishda foydalaniladi.
Masalan: Tradeskansiyadan changdon ipchalari yoki barg qo‘ltig‘i hujayra preparati tayyorlashda, sitoplazmaning xarakatini o‘rganishda foydalanish ancha qulay kechadi.
Tirik burchakda parvarish qilinayotgan barcha o‘simliklarni pasportlashtiriladi. Pasportda ayni o‘simlikni nomi, vatani, ba`zi xususiyatlari, inventar nomerlari ko‘rsatiladi.
Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar.
Asosan nisbatan kichik kattalikdagi hayvonlardan tarkib topishi kerak. Tirik burchak hayvonlari akvarium, terrarium va katakchalarda parvarish qilinadigan kovakichlilar, chuvalchanglar, yumshoq tanlilar, qisqichbaqasimonlar, suv hasharotlaridan, baliqlar, suvda va quruqda yashovchilar, sudralib yashovchilarning ba`zi vakillaridan iborat bo‘lishi lozim.Tirik burchakda bir hujayralilarni o‘rganishda foydalanishga mo‘ljallangan evglen va infuzoriyalar kulturasi bo‘lishi kerak.Terrariumda toshbaqa, kaltakesaklar, qafaslarda manzarali qushlar-to‘tilar, kanareykalar, qumri, tipratikan kabi sut emizuvchilar vakillari parvarish qilinishi zarur. Tirik burchak hayvonlarini joylashtirish ham ularning sistematik o‘rinlariga bog‘liq xolda amalga oshiriladi. Har bir hayvon o‘z pasportiga ega bo‘lishi kerak. Pasportda hayvonning nomi, ba`zi xususiyatlari, nima bilan boqilayotganligi va uni parvarish qilayotgan o‘quvchilar familiyalari ham ko‘rsatiladi.
Tirik tabiat burchagi hayvonlari ustida ham bir qator tajribalar, kuzatish ishlari olib borish rejalashtiriladi. Ayniqsa «Odam va uning salomatligi», «Umumiy biologiya» o‘quv predmetlarini o‘rganishda birqator kuzatish va tajriba ishlari aynan hayvonlarda o‘tkazilishi yaxshi natijalar beradi. Tirik burchakdagi ishlarni talab darajasida olib borish bu joyni qo‘shimcha yoritishni, namlikni saqlovchi aloxida kameralarni bo‘lishini taqazo etadi.
Preparatorlar xonasi –o‘qituvchi darslarga tayyorlanadigan, mashg‘ulotlarda o‘tkaziladigan tajriba va kuzatish ishlarini tashkil qilishga zarur bo‘lgan asbob anjomlarni, ish qurollari, tarqatma materiallarni tayyorlab qo‘yadigon joydir. Preparatorlar xonasiga birqancha shkaf va stol, stullar qo‘yilib. Ularda asosiy o‘quv jixozlari saqlanadi.Imkonga qarab har bir fan uchun aloxida shkaflar ajratib qo‘yish maqsadga muvofiq sanaladi.
Preparator xonasida saqlanadigon ko‘rgazma qurollar ikki guruxga bo‘linadi. Birinchi gurux-natural ko‘rgazma qurolar bo‘lsa ikkinchisi-tasviriy ko‘rgazma qurollardan iborat bo‘ladi.Natural ko‘rgazma qurollarga maxsus tanlab olingan o‘simlik va hayvonlar, ularning gerbariy yoki kolleksiyalari, ularning ba`zi organlaridan tayyorlangan xo‘l, quruq preparatlar, hayvonlarning tulumlari, skeletlari, qushlarning par va patlaridan namunalar kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Tasviriy ko‘rgazma qurollar-turli o‘quv predmetlariga oid o‘quv jadvallari, rasmlar, mulyajlar, o‘quv filmlari, diafilmlar, kodopozitivlar, proyeksion apparatlarni o‘z ichiga oladi.
Amaliy mashg‘ulotlar, turli tajribalar o‘tkazish uchun mikroskoplar, lupa va pinsetlar, preparoval ignalar, turli shisha idishlar- probirka, kolba, Petri idishlari, ergograf, dinamometr, spirometr,kardiograf, suv xammomi, turli kimyoviy moddalar zarur bo‘ladi.Undan tashqari torozilar, predmet va yopg‘ich oynalar, xarorat o‘lchagichlar, spirt lampalari,ekskursiya anjomlari ham preparatorlar xonasida saqlanadi.Bu xonani ham chiroyli xona o‘simliklari bilan bezab qo‘yish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |