O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti



Download 1,39 Mb.
bet41/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

Tayanch iboralar.

O‘qitish shakllari. Dars. Dars tiplari, tarkibi. Darsga tayyorlanish. Darsning maqsadlari. Metod tanlash.


8-mavzu: Biologiya darslari

Reja


1.Darsning tashqi va ichki tartiblari

2. Darsga o‘quvchilar diqqatini tortish

3.Yangi mavzuni o‘rganish

4. Darsda takrorlashlar


Biologiya darslarini muvofaqiyatli o‘tkazish eng avvlo unda tartib bo‘lishligini talab etadi.Har bir darsning o‘ziga xos o‘tkazish tartibi. Olib borishlikni yo‘lari bo‘lishi lozim. Umuman olganda adabiyotlarda dars o‘tkazishning ikki xil tartibi: tashqi va ichki tartibi farqlanadi.

Darsning tashqi tartibi-avvalo darsga ajratilgan 45 minutdan oqilona foydalanishni o‘z ichiga oladi. Bu talab esa darsni o‘z vaqtda boshlash va tugallashga odatlanishlikni zaruriyatini keltirib chiqaradi. O‘qituvchi darsni o‘z vaqtida boshlab, vaqtida tugatishga odatlansa – o‘quvchilarhamshu qoidaga amal qiladigon bo‘lishadi. Darsda tartibga amal qilishni o‘rganmagan yoshlar keyinchalik mustaqil hayotlarida ham o‘q vazifalariga befarq, ma`suliyatsiz mutaxasislar bo‘lib qolishlari mumkin.

O‘qituvchi darsga kirsa sinf tartibsiz, o‘quvchilar ham tinchlanmagan bo‘lsa u salomlashmay turishi, vaqti borligini aytib hamma o‘quvchilar tinchlanganidan so‘ng salomlashishi kerak.

Tashqi tartibga sinf xonasining ozodaligi, tartibliligi, ko‘rgazma qurollarni tayyorlab qo‘yilganligi, sinfni shamollatib qo‘yilganligi, texnika vositalarini tayyorlab qo‘yilaganligi kabilar kiradi.

Darsning ichki tartibiga uning to‘g‘ri mantiqiy bo‘laklarga ajratilgan tarkibiy etaplarini bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ko‘rsatish mumkin. Agar darsning o‘rganishlikni to‘g‘ri mantiqiy bo‘laklari bo‘lsa, o‘qituvchi ham o‘quvchilar xam darsning bir maqsadidan novbatdagi maqsadiga o‘tib, dars materialini sistemali o‘rganishga oson erishiladi.

To‘g‘ri rejalashtirilgan darsning har bir etapi o‘quvchilarni yangi mavzuni o‘rganishga faolligini ta`minlaydi, dars materialini mantiqiy bo‘laklarini birini ikkinchisiga bog‘lagan xolda o‘rganishni imkoniyati yaxshilanadi. Darsning mantiqiy bo‘laklarini o‘quv materialining mazmuni, o‘quvchilarning yoshlik va tayyorgarlik xususiyatlarini xisobga olinib tuzilgan bo‘lsa, o‘quvchilarning darsni o‘rganishdagi faoliyatlari bir xil-yo faqat o‘qituvchining xikoya yoki ma`ruzasini eshitish, ko‘rgazma qurollarini ko‘rishdan iborat bo‘lib qolmaydi. Endi ular darsni eshtish, turli ko‘rgazma qurollarniko‘rib ularni idrok etish, mustaqil ishlar bajarish kabi turli xil faoliyatlari xisobiga o‘zlashtirshiga erishadi.O‘quvchilarni darsda turli faoliyatda bo‘lishi ularni toliqtirmaydi, o‘quv materialini faol o‘rganishlariga xizmat qiladi. Yangi o‘rganalidigon dars materiali o‘quv-tarbiya jarayonining eng muhim tarkibiy qismidir. Shu boisdan eng tajribali o‘qituvchilar ham darsga tayyorgarlikda yangi o‘quv materialiga aloxida e`tibor beradilar. Yangi dars materialini o‘rganish o‘qituvchi uchun uning mantiqiy yo‘nalishiga, tushunchalarni rivojlantirishga aloxida ahamiyat bermog‘i kerak. Biologiya darslarini mantiqiy yo‘nalishi ayni darsning mazmunidan, maqsad va vazifalaridan chiqib keladi.

Biologiya darslarining o‘z maqsad va vazifalariga ko‘ra o‘quvchilarning yangi bilimlarni o‘zlashtirishlari, mavzular bo‘yicha amaliy malaka va ko‘nikmalar hosil qilish, rivojlantirish, takrorlash va mustahkamlash kabi xillari ham farqlanadi. Biz asosan o‘quvchilarning yangi bilimlarini o‘zlashtirishlariga qaratilgan darslarni o‘tkazishga to‘xtalamiz. Dars materialini o‘rganishni biz 4 etapga bo‘lib o‘rganamiz.

Birinchi etap: o‘quvchilarni yangi dars materiali bilan tanishishga tayyorlash. Bu etap o‘quvchilarni yangi dars materialini o‘rganishga tayyorlash o‘quv materialini o‘rganishga qiziqishni hosil qilish va o‘tilgan dars materiallarini esga tushirish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Bu etapda o‘qituvchi o‘quvchilar faolliklariga sabab bo‘ladigan yo‘llar fakt va hodisalar ko‘rgazma qurollar o‘quvchilarning turmush tajribalariga asoslangan holda o‘quv materialining o‘zlashtirishga tayyorlanishi lozim. Har bir mavzuni o‘rganishning sabablari zaruriyati o‘quvchilarga tushuntirilishi lozim. O‘quvchi mavzuning o‘rganish nima uchun kerakligini bilgandagina darsni faollik bilan o‘rganishi mumkin. Masalan: «Barg» mavzusida o‘quvchilarga o‘simliklarning tabiatda jonivorlar va inson hayotida bargning ahamiyati haqida so‘zlab berish orqali boshlanish darsga o‘quvchilarning e`tiborini kuchayishiga sabab bo‘ladi.

Darsda o‘rganiladigan yangi mavzuni doimo avvalo o‘rganilgan mavzuga o‘ta bog‘langan holda keltirib chiqarish zarur. Yuqoridagi talablarga amal qilinganidan so‘ng mavzuni nomi rejasi sinf doskasiga yozilishi kerak.

Ikkinchi etap: yangi dars materialini o‘rganish.

Birinchi etapda o‘qituvchi yuqorida keltirilgan metodik uslublar yordamida o‘quvchilarni yangi dars materialini o‘zlashtirishga o‘rganishga istaklarini qiziqishini hosil qilib olgach, endilikda o‘quvchilarni aktivligini so‘ndirmasdan yangi dars materialini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Bu vazifani to‘g‘ri bajarish uchun o‘qituvchi dars materialini alohida mantiqiy jihatdan ajratish mumkin bo‘lgan bo‘lakchalarga taqsimlab har bir bo‘lakchani o‘ziga xos metodlar va metodik uslublar kerakli jihozlardan foydalanib dars o‘tishi kerak. Ayniqsa dars materialini o‘tishda ko‘rgazmali qurollar, demonstratsiyalar kuzatish kabilarga alohida e`tibor beriladi. Yangi dars materialini o‘rganish vaqtida darsning optimal tempada o‘tish

muhim ta`sirotlardan hisoblanadi. Ba`zan dars materialini o‘tish vaqtida o‘qituvchilar shoshib gapiradilar yoki aksincha o‘rtada tanaffuslar bo‘lib bu orada o‘quvchilar zerikib, boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Dars paytida o‘quvchilarni yangi dars haqida qisqa yozuvlar qilishi ham maqsadga muvofiq.

Uchinchi etap: O‘quv materialini anglab olish o‘quv materialini tushunish, ongli o‘zlashtirish uchun o‘quv materialiga analiz qilish sintez yo‘li bilan puxta o‘zlashtiriladi. Ongli o‘zlashtirishning ko‘proq «nima uchun?» "Siz bu hodisani qanday izohlaysiz?", "Mazkur hodisani qanday tajribalar bilan isbotlash mumkin?" kabi savollar berish orqali bajariladi.

Dars materialini to‘g‘ri tushuntirishda uni ayrim bo‘laklarini ajratish ularga turmushdan misollar keltirish yoxud shu masala yuzasidan masala yoki mashqlar ishlatish ham maqsadga muvofiqdir. Undan tashqari o‘quv materialini avvalgi o‘rganilgan fan yoki undagi mavzularga boqlab o‘rganish yaxshi natija beradi.

Masalan: Odam va uning salomatligi predmetidagi ba`zi mavzularni 7-sinf zoologiyasida o‘rganilgan mavzular bilan qo‘shib o‘rganishlikni quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:




Odam va uning salomatligi predmetidan (8-sinf)

Zoologiya (7-sinf)

Odam organizmining umumiy obrazi

Hujayraning tuzilishi Sut emizuvchi hayvonlar organlar sistemasi

Harakatlanish organlari qon, qon aylanish.

Sut emizuvichilar skeleti

Sut emizuvchilardagi katta va kichik qon aylanish doiralari.



Nafas olish

Sut emizuvchilarning nafas olishi

Ovqat hazm qilish

Sut emizuvchilarning ovqat hazm qilish organlari.

To‘rtinchi bosqich: O‘quv materialini hayotga tadbiq etish Biologiyada turli qonuniyatlar xodislarni hayotga tadbiq etib ham o‘rganiladi. Ayniqsa, darslarda beriladigan malakalar o‘quvchilardan hisoblanadi. Darsda takrorlash muhim vazifalardan biridir. Takrorlash tushunchalarni yangi bog‘lanishlar bilan o‘rganish boshqa faktlar bilan tasdiqlash yo‘li bilan bilimlarni sistemaga keltirilishidir.

Joriy darslarda o‘tilgan o‘quv materiallarini bir-biriga qo‘shib takrorlashlardan tashqari boshqa mavzularda xatto boshqa sinflarda o‘rganilgan fanlardan bilim tushunchalarni ham bog‘langan holda takrorlash orqali dars materialini o‘rganish yaxshi natija beradi. Masalan: odam va uning salomatligi fanidan «Ovqat hazm qilish» «Nafas olish» sistemalarini avval o‘rganilgan «qon» «qon aylanish» MAVZU lariga tayanmay o‘tish mumkin emas.

Undan tashqari mazkur fanni o‘rganishda o‘quvchilarni 7-sinfda zoologiyadan bo‘lgan bilimlariga ham asoslanish yaxshi natija beradi.

Takrorlashda qo‘llaniladigan yuqoridagi usullar albatta dars mavzusini puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Hozirgi davrda o‘quvchilarni biologiya darslariga bo‘lgan faolliklarini ortirish masalalariga jiddiy e`tibor berilmoqda, Darslarga o‘quvchilar faolliklarini orttirishning yo‘llari va vositalari sifatida:

Mavzuga oid qiziqarli fakt, hodisa, topishmoq va badiiy asarlardan namunalar keltirish:

1. Muammoli ta`lim, ta`lim yoki uning ayrim unsurlaridan foydalanish;

2. Yangi pedagogik texnologiya yutuqlaridan foydalanish;

3. Didaktik o‘yinlardan foydalanish;

4. Konferensiya darslari o‘tkazish;

5. Aylana stol atrofidagi o‘zaro muloqotlar kabilarni ko‘rsatish mumkin.

Quyida biologiya darslarida muammo vaziyati yaratish va o‘tkazish haqida qisqa ma`lumot beriladi.

Muammoli darslarni tashkil etish fiziologik mavzularga oid darslarda yaxshi natija beradi.

Darsda o‘rganiladigan mavzuni muammoli savollar orqali o‘rganishda o‘quvchilarga mavzudan kelib chiqadigan qiziqarli savollar beriladi, savollarga o‘quvchilardan javoblar olinib, to‘ldiriladi, xulosalar chiqariladi. O‘quvchilarga beriladigan savollarda qandaydir qarama-qarshiliklar bo‘lsa dars yanada manili o‘tadi.

"Jigar qurti, jigarning o‘t yo‘llarida ham yashaydi. qurtni nega o‘t suyuqligi parchalab yubormaydi?"

«Muskullarning ishi» mavzusida «qo‘l bilan ketmon chopamizu nega bel og‘riydi?» kabi savollar shular jumlasidandir.

Muammoli ta`limning 5 etapi ko‘zga tashlanadi.

1-etap. O‘qituvchi tomonidan darsda xal etilishi kerak bo‘lgan muammoni o‘quvchilar oldiga qo‘yish yoki muammoli vaziyat hosil qilish.

2-etap. O‘quvchilar tomonidan qo‘yilgan masalani xal etishga kirilishi. Bu etapda o‘quvchilar qo‘yilgan masalaga o‘zlarining hayotiy tajribalari va olgan bilimiga tayangan holda javob qaytaradilar. Bu etapda o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglashi, o‘quvchilarning javoblarini to‘g‘ri-noto‘g‘ri ekanligini ularga aytmasligi shu yo‘l bilan qo‘yilgan muammoni xal qilishga birga o‘quvchilarni jalb etishi, ularning fikrlash qobiliyatini aktivlashtirishga yordam berishi kerak.

Bu etapda masalaning mohiyati yechila bormagach, o‘quvchilar o‘z bilimlarini etishmayotganini sezib, yangi bilimlarni olishga yanada tayyorlanib qoladilar. qo‘yilgan muammoning yechishning boshqa yo‘llarini izlab qoladilar.

3-etap. qo‘yilgan muammo savolni o‘quvchilar mustaqil ish yoki o‘qituvchining yordamida xal qilib shu masalani to‘g‘ri ijobiy xal etish.

4-etap. qo‘yilgan muammo yechilgandan so‘ng muxokama qilish.

5-etap. Xulosalar chiqarish. Kelishilgan 5 etapning oxirgi ikki qismi tushib qolishi ham mumkin. lekin dastlabki 3 etap muammo vaziyat yaratishda eng muhim qismlardan hisoblanadi.



Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish