O‘qitish metodlarini tanlash
O‘qitish metodlarini tanlash masalasida ham adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud: Yu.K. Babanskiy (1990) o‘qitish metodlarini «O‘qitishning asosiy maqsadlariga, tema mazmunining xususiyatlariga, o‘quvchilar va o‘qituvchilar imkoniyatlariga, o‘qitishga ajratilgan vaqtga, o‘qitishning tashqi sharoitlariga muvofiq mezonlar» bo‘yicha tanlashni ko‘rsatadi (57 bet).
N.M. Verzilin va V.M. Korsunskayalar (1983) metod tanlashda o‘quv materiallariga, bolalarning yosh psixikasiga muvofiq bo‘lishini ta`kidlashdilar (153 bet).
Biologiya ta`limida o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlashning dars samaradorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta`sir etuvchi vositadir. Shu boisdan metod tanlash o‘qituvchi xoxishiga emas balki o‘quv materialining mazmunicha, o‘quvchilarning yoshlik, ruhiy holatlari, bilim va malakalarining zahiralariga sinf jamoasining faollik darajasiga, biologik ta`limi uchun zarur bo‘lgan ko‘rgazma qurollar tarqatish vositalar zahiralari xillariga va o‘qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq holda tanlamog‘i zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |