O‘g‘itlarni ta`siri. Ularni changlatish, chilpish, payvandalash kabilarni mazkur o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi xamda xosildorligiga ta`sirini aniqlash bo‘yicha tajribalar o‘tkaziladi.Sabzavot ekinlari bo‘limi yonida birnecha ramkali parniklar bo‘lishi, bu joyda ko‘chat yetkazish ishlari tashkil etilishi kerak.
O‘quv-tajriba uchastkasining novbatdagi bo‘limlari-rezavor mevali, manzarali ekinlar va biologiya bo‘limlaridan tashkil topadi.Mazkur bo‘lim maktab uchun ajratilgan yer uchastkasining anchayin katta qismini egallaydi. Bu bo‘limda asosan maktabning mevazor bog‘i, kichikroq maydonda rezavor mevalar ekilgan qismlardan tashkil topadi. Maktabning mevazor bog‘ini tashkil etishda avvalo bu yerga ekiladigon mevali daraxtlarning biologik xususiyatlarini xisobga olish zarur bo‘ladi. Ma`lumki mevalar rivojlanishi, xosilga kirishi va qarishiga qarab bir- birlaridan ancha farq qiladi. Masalan: Shaftoli tez o‘sib, yetilib, tez xosilga kirib boshqa mevalardan ancha tez qarib qurib qoladi. Shu sababli shaftolini bunday xususiyatiga qarab uni o‘rik, olma , nok, gilos kabi mevalar orasiga ekish kerak. Shunda shaftolidan boshqa mevalar endi xosilga kiraboshlagan paytlarida shaftoli mevadan qolib qurishga kelib qoladi. Shaftolini kesib tashlanishi endi bog‘ni tashqi ko‘rinishiga sezilarli ta`sir etaolmaydi. Rivojlanishga kelib qolgan boshqa mevalarga shaftolini o‘rni bo‘shab, ularni bemalol o‘sib rivojlanishlariga sharoit yaratiladi.
12-mavzu: Biologiyani o‘qitishda an`anaviy va noan`anaviy darslar. Yangi pedagogik texnologiyalarning turlari va ularning o‘ziga xosligi. O‘zbekiston Respublikasi olim-metodistlarning bu sohada qilgan ishlari
Reja
Yangi pedagogik texnologiyalar xaqida tushuncha
Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishda o‘qituvchining vazifalari
Hasharotlarning ichki tuzilishi mavzusida modul tizimidan foydalanish
Ananaviy dars — muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta`lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an`anaviy dars — ko‘p hollarda ta`lim jarayonining birdan — bir metodi bo‘lib qolmoqda.
Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois, ba`zida an`anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi.
An`anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma`ruza, savol —javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |