Mamlakatimiz mustaqilligi yillarida milliy iqtisodiyot tarkibidagi oʻzgarishlar
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta qurishlar asosida butunlay yangi xalq xo`jalik majmuasining bunyod etilganligi, birinchi navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini
davlat tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy
e’tibor iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini
takomillashtirishga qaratiladi. Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida vujdga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Respublika iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini qayta qurishda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o`zgartirish, uning sifatini yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari ham hisobga olinadi. Iqtisodiyot tuzilishidagi o`zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni qisqartirish, xalq xo`jaligining xom ashyo yetishtirishga qartilgan bir tomonlama yo`nalishini bartaraf etish va uninig eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish bilan bog`liqlikda amalga oshirildi. Shu vazifalardan kelib chiqib, iqtisodiyot ichki tuzilishidagi o`zgarishlar respublikaning energetika va oziq-ovqat mustaqillligini ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirishga qaratildi. Bunda birinchi navbatda eng muhim o`zak tarmoqlarni - neft va gaz sanoatini, energetikani, rangli metallurgiya sanoatini, mashinasozlik majmuasini, qishloq xo`jalik va agrosanoat majmuasining boshqa sohalarini rivojlantirishga ustunlik beriladi. Xalq xo`jaligining takror ishlab chiqarish tuzilishini tubdan o`zgartirish asosida umumiqtisodiy barqarorlikka erishishda iste’mol bilan jamg`arish fondi o`rtasidagi eng maqbul mutanosiblikni ta’minlash asosiy o`rin tutadi. Iste’mol fondining eng maqbul darajasiga erishish - ichki bozorda talab bilan taklif o`rtasida mutanosiblikni ta’minlaщda muhim rolь o`ygaydi. Shu sababli davlat eng muhim makroiqtisodiy takror ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga solib turuvchi omillarga ko`proq e’tibor berdi. Bozor iqtisodiyotiga o`tish darida iqtisodiyotni barqa-rorlashtirish muammosini hal etishda ishlab chiqarish infratuzilmasining muhandislik kommunikatsiyalari, transport va aloqa tizimi singari tarmoqlarini ustivor rivojlantirishga ham alohida e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |