O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/80
Sana30.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#90393
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80
Bog'liq
xalq pedagogik asi

 
Литература
 ………………………………………………………………172-176 



 
Kirish 
 
       Mustaqil,  rivojlanishda  kun  sayin  ildamlab  borayotgan  yurtda, 
ma’nan,  ruhan,  jismonan  sog‘lom  barkamol  avlodning  davrga  mos 
ravishda  milliy  xususiyatlarini  shakllantirish,  ma’naviyatini,  ta’lim-
tarbiyasini  yuksak  darajaga  ko‘tarishday  zalvarli  ish  bilan  Xalq 
pedagogikasi fani shug‘ullanadi. Shuning uchun ham Xalq pedagogikasi 
fani  va  amaliyotining  bugunga  kelib,  maqsadi  tamomila  o‘zgardi.  U 
mafkura  iskanjasidan  halos  bo‘lib,  o‘ziga  xos  milliy  qonuniyatlar 
asosida  rivojlanish  imkoniyatiga  ega  bo‘lganligi  tufayli  bilim  berish, 
mutaxassis  tayyorlashni  o‘z  faoliyatining  asosiy  maqsadi  qilib  olgan 
pedagogikadan,  milliy  g‘ururi  baland,  o‘zbek  millatga  xos  bo‘lgan 
yuksak  fazilatli  barkamol  shaxsni  shakllantirishga  yo‘naltirilgan 
jarayonga aylanib borayotganligi ko‘rinib turibdi.  
Insoniyat  tarixiga  nazar  tashlar  ekanmiz,  hamma  davrlarda  har 
tomonlama  barkamol  shaxsni  tarbiyalash  insoniyatning  azaliy  orzusi 
bo‘lib,  ajdodlarimiz  ma’rifat,  ma’naviyat  va  madaniyatni  qanday  qilib 
yosh  avlodga  o‘rgatish,  ularni  komillikka  etaklash  yo‘llari,  usullari  va 
qonun-qoidalarini  izlaganlar.  Darhaqiqat  insonning  ma’rifiy  va 
ma’naviy komillikka erishishi tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali 
amalga  oshirilgan.  Jamiyat  rivojlangan  sari  etuk,  barkamol  shaxslarni 
tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ortib, o‘zgarib, yangilanib borgan. 
O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  keyin  ta’lim-tarbiya 
sohasida,  milliy  odob-ahloqni  qayta  tiklash  borasida,  milliy  urf-odatlar, 
turli-tuman  an’analarni  joy-joyiga  qo‘yish,  milliy  qadriyatlarni  yanada 
rivojlantirish  xususida  juda  keskin  va  buyuk  burilishlar  bo‘lgani 
barchaga  ayondir.  Davlatning  buyuk  kelajagi,  albatta,  yoshlarni  chuqur 
bilimli  va  pokiza  ahloq-odobli  qilib  tarbiyalash  bilan  bevosita  bog‘liq 
ekanini yoddan chiqarmaslik lozim. 
            Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev o‘z nutqida: “Buyuk tarixda hech 
narsa  izsiz  ketmaydi.  U  xalqlarning qonida,  tarixiy  xotirasida  saqlanadi 
va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. 
Tarixiy  merosni  asrab-avaylash,  o‘rganish  va  avlodlardan  avlodlarga 
qoldirish  davlatimiz  siyosatining  eng  muhim  ustuvor  yo‘nalishlaridan 
biridir”
1
-deb  ta’kidlaydi.    Darhaqiqat,  xalqimiz    ulkan  ma’naviy 
me’rosga  ega.  Ushbu  tarixiy  merosdan  ta’lim-tarbiya  jarayonida 
                                                           
1
 Sh. Mirziyoev.Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43- sessiyasidagi nutqi. 
 



 
foydalanish,  yoshlarda    ajdodlar  an’analariga  sodiqlik  va  munosib 
bo‘lish  xissini  shakllantirish  mutaxassislar  oldida  turgan  muhim 
vazifalardan biridir. 
O‘zbek xalq pedagogikasi ta’lim-tarbiya sohasida yuksak ma’naviy 
me’rosga ega. O‘zbek madaniyati, sharqona milliy tarbiya nazariyasi va 
amaliyoti moziygacha borib etgan tarixiy ildizlar orqali oziqlanadi. 
Respublikamizda  «Xalq  pedagogikasi»  fanini  o‘rganishga  katta 
e’tibor  bermoqda.  Ayniqsa,  bu  fan  pedagoglar,  umumiy  ta’lim 
maktablarining  milliy  sinflari  o`qituvchilari  uchun,  oliy  o‘quv  yurti 
talabalari uchun, aspirant va magistrlar uchun zarurdir 
 “Xalq pedagogikasi” fanini o‘qitishning  ustuvor yo‘nalishi:  
Zamonaviy  milliy  pedagogika  o‘z  mazmun  va  mohiyatini 
boyitishda,  shaxs  shakllanishiga  ta’sirchanlikni  oshirishda  xalq 
pedagogikasi  g‘oyalariga  tayanadi.  Xalq  pedagogikasi  o‘z  nomi  bilan 
xalqchil usullari, qoidalari va tamoyillari bilan yoshlar tarbiyasida asosiy 
manba xisoblanadi. 
  -eng  qadimgi  davrlardan  bugungi  kungacha  bo‘lgan  pedagogika 
tariximizni chuqur o‘rganish, buyuk mutafakkirlar merosini hozirgi davr 
mezonida  tahlil  qilish,  xalq  pedagogikasi,  ma’naviy  qadriyatlar  asosida 
qo‘llanmalar  yaratish,  milliy  pedagogikada  xalqimizning  tarbiya 
borasidagi  tajribasini  singdirish,  undan  foydalanish  metodikasini 
yaratish; 
  -xalqimizning  mentaliteti,  milliy  mafkura,  bozor  iqtisodiyotining 
o‘ziga  xos  xususiyatlari,  demoqratik  huquqiy  davlat  va  ochiq  fuqarolik 
jamiyati  talablari  asosida  mustaqillikni  mustahkamlash,  ma’naviy 
salohiyatni  oshirish,  har  bir  insonni,  yosh  avlodni  XXI  asr  sharoitida 
baxtli yashashga tayyorlash omilini oshirish. 
   -ta’lim  metodlarini  takomillashtirish,  milliy  ta’lim  modeli  asosida 
pedagogik texnologiyani yaratish; 
   -tarbiyaning  mazmuni  va  har  bir  insoniy  fazilatning  hozirgi 
davrdagi  mohiyatini  aniqlash,  tarbiya  mazmunida  milliylik  va 
umuminsoniylik  uyg‘unligiga  erishish.  Hamkorlikdagi  jahon  xalqlari 
milliy qadriyatlarini o‘rganish va ommalashtirish; 
    -tarbiyaning  umumiy 
metodlarini  takomillashtirish,  SHarq 
xalqlarining  tarbiya  borasidagi  tajribalarini  qo‘llash  metodikasini 
yaratish, tarbiya mazmuni va metodini insonparvarlashtirish; 
    -ma’naviy-axloqiy  mazmunni  takomillashtirish  uchun  milliy  va 
umuminsoniy  qadriyatlar  bilan  boyitish.  Axloqiy  tarbiyada  sharqona 



 
namuna  metodini  qo‘llash  texnologiyasini  yaratish.  Mahallada,  oilada 
axloqiy tarbiya nazariyasi va ommabop metodikasini ishlab chiqish; 
   -“Xalq pedagogikasi” fanini o‘qitish jarayonida rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar  ta’limi  amaliyotida  qo‘llanilayotgan  ilg‘or  tajribalar  va 
zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarni  didaktik  jarayonga  tatbiq  etish 
usullarini takomillashtirish; 
   -Xalq  pedagogikasi  fani  tarkibidagi  mavzularni  samarali  o‘qitish  
orqali    bo‘lg‘usi  mutaxassislarda  shaxs  kompitensiyasi  sifatlarini 
shakllantirish.  
Xalq  pedagogikasi  –  ijtimoiy  hayot  va  jamiyat  taraqqiyotida  muhim 
jarayon bo`lgan inson tarbiyasi, uning shakllanishi, ijtimoiy me’yorlarni 
o‘zlashtirishini o‘rganish bilan birga xalqning qadimiy tarbiya usullarini, 
qo‘shiq,  topishmoq,  maqol  va  o‘yinlarini  to`playdi,  umumlashtiradi, 
tizimga soladi va ta’lim jarayoniga tadbiq etadi. 
Xalq  pedagogikasi  tarbiyada  oilaning  muhim  qirralarini  ochib 
beradi. 
Oilada 
ota-onaning 
o‘rni,  ularga  nisbatan  farzandlar 
munosabatlari, 
bolalarni 
otalarining 
qudratiga 
ishonch 
ruhida 
tarbiyalash,  onaning  beqiyos  mehnatlarini  qadrlashga  o‘rgatish, 
tarbiyada hamma vaqt samara berib kelgan. 
SHu o‘rinda Xalq pedagogikasi tarixiga nazar tashlab o‘tish o‘rinli. 
Buyuk  pedagoglar  ko`proq  xalqning  pedagogik  tajribalariga  e’tibor 
qaratgan.  Chunki  xalq  pedagogikasi  tarbiya  haqidagi  fanni  boyitadi  va 
unga tayanch bo`lib xizmat qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish