O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana28.09.2021
Hajmi0,55 Mb.
#187982
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni

Pedagogik jarayon 

 

Maqsad: Pedagogik  kollejlar  o„quvchilarining 

ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish 

 

 



 

Yo„llari:  1. Sohaga  oid mavjud  tajribalarini  o„rganish. 

2. Psixologik  xizmatni  tashkil  etish. 

3.Tabaqalashtirilgan  ta‟limni  joriy  etish. 

4.  Umumiy  psixologi-pedagogik  nazorat 

 

 

 



1.2-rasm. Kollej o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli 

Yo„nalishlari: 

1. 


Kichik  akademiya  (ilmiy- ijodiy  izlanuvchilar,  ilmiy  ma‟ruzalar,  ilmiy  referatlar,  eng  faol 

kitobxon). 

2.  Ijod gulshani  (nazm,  nasr,  badiiy  o„qish,  ijodiy  insholar,  jurnalistika). 

3.  Madaniyat  va  san‟at  (qo„shiqchilik,  raqs, musiqa,  suxandonlik). 

4.  Axborot  texnologiyalari  (kompyuter  operatorligi,  dizayn,  dasturlash). 

5.  Sport (futbol,  voleybol,  boks, qo„l jangi,  basketbol,  qo„l to„pi,  karate, yengil  atletika, 

shaxmat-shashka,  stol  tennisi,  taekvando,  milliy  kurash,  badiiy  gimnastika,  ritmik  gimnastika).   

6.  Milliy  hunarmandchilik  va  amaliy  san‟at,  badiiy  mehnat  (tabiiy  materiallar,  loy  va plastilin 

bilan  ishlash,  gazlamaga  badiiy  ishlov  berish,  modellashtirish,  to„qish,  kashtachilik,  zardo„slik, 

tikuvchilik,  adras va atlas  to„quvchilik,  yumshoq  o„yinchoqlar  yasash,  tasviriy  san‟at,  qog„ozdan 

buyumlar  yasash) 

 

 




 

21 


Maqsad.  Pedagogik  kollej  o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishga 

qaratilgan  fan  samaradorligini  pedagogik-psixologik-pedagogik  nazoratni  izchil 

tizimli  olib borishga erishish. 

1. Kichik  akademiya.   

Maqsad. 

O„quvchilarning 

nazariy 

bilimlarini 

chuqur 

o„rganishga  

yo„naltirish.,  ijodiy,  aqliy  mushohada  yuritish  malakalarini  rivojlantirish. 

Tafakkurlarini  boyitish,  ijtimoiy  siyosiy  voqeliklar,  pedagogik  ta‟lim  muammolari, 

iqtisodiy  rivojlanish,  ilm  fan  yutuqlariga  erishishdan  iborat.  Kitob  o„qishga 

qiziqishini  kuchaytirish,  mantiqiy  fikrlashga  o„rgatish,  intellektual  salohiyatini 

ro„yobga chiqarish. 

2. Ijod gulshani. 

Maqsad.  Pedagogik  kollej  o„quvchilarini  taniqli  yozuvchi,  shoir  va  tilshunos 

olimlar  bilan    uchrashuv  suhbatlarda  ishtirokini  ta‟minlash.  She‟riyatga  qiziqishini 

yanada  oshirish.  O„quvchilarning  bo„sh  vaqtlarini  mazmunli  tashkil  etish.  Mahalliy 

matbuot va televidenie  orqali tengdoshlarining  ijodlarini  namoyish  qilish.  

3. Madaniyat  va san‟at. 

Maqsad.  O„quvchilarning  qobiliyati  va  intilishlarini  maqsadli  rivojlantirish, 

estetik  talablarini  qondirishga  qaratish.  Musiqa,  raqs,  qo„shiq  kuylash  bo„yicha 

ijodiy    qobiliyatlarini    rivojlantirish,  klassik  va  zamonaviy  qo„shiq  hamda  

raqslarni  ijro  etishga sharoit yaratish. 

4. Axborot texnologiyalari. 

Maqsad.    Axborot  texnologiyalari  bo„yicha  chuqur  bilimga  ega  bo„lishga 

intilishlarini  qoniqtirish.  O„quvchilarni  operatorlik,  dizayn  va  grafika  bo„yicha 

bilim,  ko„nikma,  malakalarini  baholash.  Internet  tarmoqlariga  ulanib  qiziqarli 

ma‟lumotlarni  olishlari  uchun sharoit yaratish. 

5. Sport. 

Maqsad.  Ijodiy  qobiliyatli  o„quvchilarni  jismoniy  sog„lom  bo„lishini 

ta‟minlash,    jismoniy  salohiyatini  yanada  o„stirish,  shahar,  tuman,  viloyat, 

respublikada  o„tkazib  kelinayotgan    sport  musobaqalariga    tayyorlash  hamda  o„z 

imkoniyatlari  va qobiliyatlarini  to„la namoyon etishga  erishish. 



 

22 


6. Milliy  hunarmandchilik  va tasviriy  san‟at. 

Maqsad.  Milliy  hunarmandchilik  va  tasviriy  san‟at  asoslari,  ularning  o„ziga 

xos  xususiyatlarini  targ„ibot  qilish,  tarixiy  joylar,  obidalar  va  muzeylarga  sayohat 

tashkil  etish.  Ijod  namunalaridan  ko„rgazmalar  tashkil  etish.  Ijodiy  qobiliyatli 

o„quvchilarni  kasbiy  mahoratlarini  oshirishga  imkon  yaratish  va  tanlagan  kasbiy 

yo„nalishlari  bo„yicha    mehnat  bozoriga  tayyorgarlik  salohiyatini  kuchaytirish.  

Pedagogik  kollej  o„quvchilari  o„rtasida    milliy  zardo„zlik,  do„ppi,  kashtachilik 

an‟analarini  davomiyligini  ta‟minlash.  Ijodiy  qobiliyatli  o„quvchilarni  aniqlash  va 

ularni  qo„llab-quvvatlash  hamda tadbirkorlikni  rivojlantirish. 

Shunday  qilib,  pedagogik  kollejlar  o„quvchilari  ijodiy  qobiliyatlarini 

rivojlantirish  ko„pqirrali,  murakkab  pedagogik-psixologik  jarayon  bo„lib,  uni 

samarali  tashkil  etish  pedagogik-psixologik  bilimlarni  puxta  o„zlashtirilishini, 

tashkiliy-texnologik  va  metodik  jihatdan  to„g„ri  tashkillashtirilishini  taqozo  etadi. 

Shuningdek,  bu  jarayonni  tashkil  etishda  mavjud  holatni  o„rganish,  bu  yo„ldagi 

amaliy  harakatni  tizimli  olib  borish  uchun  zarur  chora-tadbirlarni  belgilashga 

yordam beradi.  

Ijodiy  qobiliyatlilik    individual  xususiyatga  ega  xislat  bo„lganligi  bois 

pedagogik  kollejlarning  har  bir  o„quvchisida  uning  mavjud  ekanligini  o„rganish 

talab  etiladi.  Bu  esa  o„ta  murakkab  jarayon  bo„lib,  mutaxassislarni  jalb  etish  va 

alohida  tashkiliy-texnik  tayyorgarlik  asosida  ish  ko„rishni  taqozo  etadi.  Bu 

jarayonda  qobiliyat  negizida  aks  etuvchi  pedagogik-psixologik  xususiyatlarni 

inobatga  olinishi  muhimdir.  Shu  sababli    dissertatsiyada    shaxs  qobiliyatining 

pedagogik-psixologik  jihatlarini  yoritish  maqsadga muvofiqdir. 

Maxsus  adabiyotlarda  shaxs  qobiliyatining  mohiyatiga  ko„ra  quyidagicha 

guruhlanishi  ko„rsatilgan:   

1)  bilish  qobiliyati; 

2)  ijodiy  qobiliyat; 

3)  hissiy qobiliyat. 

Bilish  qobiliyati  so„nggi  25  yil  ichida  amerikalik  psixologlar  tomonidan 

keng  ko„lamda  maxsus  o„rganilib  kelinmoqda,  ayni  vaqtda  u  “aqliy-ijodiy 




 

23 


qobiliyat”  sifatida  ham  e‟tirof  etilmoqda.  Gilford  va  uning  izdoshlari  shaxsning 

aqliy  qobiliyati  darajasini  belgilovchi  16  omilni  asoslaganlar.  Jumladan, 

ko„chuvchanlik,  ravonlik,  tafakkur  aniqligi,  o„ziga  xosliligi,  muammoni  izlashdagi 

ziyraklik  va boshqalar.  

Intellekt  bo„yicha  ham    ijodiy  qobiliyatli  o„quvchi  zukko,  zehni  tez, 

masalani  tez  chuqur  anglash,  xotira  va  yodlash  qobiliyati,  bilimni  tez  egallashga, 

tinimsiz  izlanishga  ega bo„lishi kerak. 

 O„z  ijodiy  qobiliyatini  namoyon  qila  olishi,  ta‟limga  yangicha  yondoshish, 

ko„p  adabiyotlarni  o„qish,  ilmiy  ijodiy  izlanish,  milliy    qadriyatlarni  e‟zozlay 

olishi,  Vatanni  sevishi,  vatanni  kuylashi,    she‟riyatni  chuqur  tushuna  olishi,  erkin 

fikrlashi,  fikriy  izlanuvchanligi  kuchli  bo„ladi.  

 Ziyraklik,  topqirlik,  diqqatning  taqsimlanishi,  axborotni    tez  qabul  qilish, 

esda  qoldirish,  hozirjavoblik,  chuqur  fikr  yurituvchi,  tasavvuri  keng,  barcha  bilim, 

ko„nikma va malakalarni  egallay  olgan bo„lishi lozim. 

Pedagogik  kollejlarda  tashkil  etiluvchi  mashg„ulotlar  hamda  auditoriyadan 

va  ta‟lim  muassasasidan  tashqari  sharoitlarda  o„quvchilarning  “Intellektual  ring”, 

“Zakovat”,  “O„yla,  izla,  top!”,  “Iqtidorlilar  oramizda”,  “O„tkir  zehnlilar”  kabi 

intellektual  o„yinlar  yoki  amaliy  treninglarga  faol  jalb  etilishi  ularning  aqliy 

qobiliyatlarini  o„stirishga  yordam  beradi,  ularda  ijodiy-aqliy  mushohada  yuritish 

malakalari 

 

rivojlanadi, 



tafakkurlari 

boyiydi. 

Yuqorida 

sanab 


o„tilgan 

mashg„ulotlar  yoki  tadbirlarning  muayyan  mavzular  bo„yicha  tashkil  etilishi, 

o„quvchilar  e‟tiboriga  havola  etiladigan  topshiriqlar  mazmunining  imkon  qadar 

ijtimoiy-siyosiy  voqeliklar,  ekologik  jarayon,  pedagogik  ta‟lim  muammolari, 

iqtisodiy 

rivojlanish, 

texnologik 

taraqqiyot 

hamda 

ijtimoiy-munosabatlar 



mavzulariga  bag„ishlanishi  o„quvchilarda  ularga  nisbatan  qiziqishni  shakllantiradi. 

Shuningdek,  ular  ilmiy  tushunchalarni  ham  o„zlashtiradilar  va  o„zlashtirilgan 

nazariy 

bilimlarni 

amaliyot, 

hayotiy  vaziyatlarda  samarali  qo„llay  olish 

ko„nikmalariga  ega bo„lishlari  uchun poydevor yaratadi.  

Bilish 


qobiliyatining 

rivojlanishi 

natijasida 

pedagogik 

kollejlarning 

o„quvchilari  muammoni  qo„yish,  maqsadni  belgilash,  ularning  yechimlarini 




 

24 


ta‟minlovchi  vositalarni  belgilash,  tahlil  (analiz),  sintez,  istiqbolni  belgilash, 

xulosalar  chiqarish  va  yangi  maqsadni  asoslash  layoqatlariga  ega  bo„lib  boradilar. 

Zero,  «qobiliyatli  bolalar  juda  yoshlikdanoq  voqea-hodisalar  o„rtasidagi  sabab-

oqibat  aloqalarini  anglay  olish  va  ularga  muvofiq  xulosalar  chiqarish  layoqatiga 

egaliklari  bilan  ajralib  turadilar.  Ular  muqobil  modellar  va  tizimlarni  yaratishga 

qiziqadilar. 

Ular,  shuningdek,  boy  nutq  va  abstrakt  tafakkurning  shakllanishini 

ta‟minlovchi  kuchli  xotiraga  ega  bo„ladilar.  Axborot  hamda  tajribalarni 

turkumlashtira  va tasniflay 

 bilishlari, 

o„zlashtirilgan  bilimlardan  samarali 

foydalana olishlari  ularning  boshqalardan farqlanishlarini  tavsiflaydi”   

Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlar  tajribasida  shaxsning  aqliy  qobiliyatini 

namoyon  etilishini,  shuningdek,  uning  darajasini  aniqlashda  turli  metodikalar 

qo„llaniladi.  Ularning  orasida  eng  ommaviylari  “Breyn-shtorming”  (“Aqliy 

hujum”)  va hokazo. 

“Breyn-shtorming”  (“Aqliy  hujum”)  ongning  tashqi  muhitga    moslashishi  va 

ko„nikishini  ta‟minlovchi  nazorat  mexanizmlari  aqlning  ijodiy  imkoniyatlari 

namoyon  bo„lishini  ifodalaydi,  to„siq  mexanizmlarni  bartaraf  etishga  ijodiy 

jarayonning  ikki:  1)  g„oyalarni  ishlab  chiqish;  2)  ularni  tanqidiy  baholash 

bosqichida muvaffaq  bo„linadi. 

Sinektika  ijodkorlik  (kreativlik)  guruhlangan  sharoitlarda  aqliy  faoliyatning 

ichki  sezgi va hissiy  jihatlarini  faollashtirish  maqsadini qo„yadi. 

O„quvchilar  bilish  (aqliy)  qobiliyatlari,  shu  jumladan,  bevosita  fikriy  va 

amaliy  harakatlari  bilan  akademik  yutuqlarga  erishishni  kafolatlovchi  qobiliyatlar 

yo„nalishlari  bo„yicha  ham  guruhlanadilar.  Ilm-fan  yoki  bilish  sohasining  ma‟lum 

yo„nalishlarida  yuqori  natijalarini  qayd  etish  akademik  yutuqlarga  erishishni 

kafolatlovchi  qobiliyatlar  sifatida  e‟tirof  etiladi.  Matematika,  tabiiy  fanlar  (fizika, 

geografiya,  biologiya)ni  o„zlashtirish,  o„qish,  shaxmatga  bo„lgan  kuchli qiziqish va 

ehtiyojga  ega  shaxslar  akademik  yutuqlarga  erishadilar  va  o„zlarida  quyidagi 

sifatlarni  namoyon etadilar: 



 

25 


1)  matematik  qobiliyat  –  shaxsda  hisob-kitob,  o„lchash  va  predmetlarni 

tartibga  solishga  katta  qiziqish  yuzaga  keladi,  yoshiga  nisbatan  matematik 

qonuniyatlarni  tushunish  layoqti  shakllanadi,  matematik  ramzlar  (raqamlar  va 

belgilar)ni  oson  tushunish  va  yodda  saqlab  qolishini  namoyon  etadi,  ko„paytirish 

va  bo„lishga  oid  har  qanday  operatsiyani  osonlik  bilan  bajaradi,  yirik  hajmdagi 

vaqt  hisobi  va  pullarni  ajrata  oladi,  matematikaga  aloqador  bo„lmagan 

mashg„ulotlarda  ham matematik  tushuncha va ko„nikmalarini  namoyish etadi. 

2)  tabiiy  fanlar  (biologiya,  fizika,  geografiya)ni  o„zlashtirishga  bo„lgan 

qobiliyat  –  shaxs  predmetlar  va  hodisalarga  nisbatan  diqqat-e‟tiborli,  tabiiy  fanlar 

va  tabiatga  oid  tushuncha  va  bilimlarni  tasniflashga  nisbatan  kuchli  qiziqishga  ega, 

tabiiy-ilmiy  va  amaliy  tajribalarga  nisbatan  qiziqishi  kuchli,  ro„y  berayotgan 

voqea-hodisalarning  sabab-oqibat  munosabatlarini  tushuna  oladi,  o„ziga  xos 

abstrakt xotiraga  ega; 

3)  o„qishga  bo„lgan  qobiliyat  –  bunday  qobiliyatga  ega  shaxs  nihoyatda 

ko„p  o„qiydi,  muloqot  jarayonida  boy  so„z  zahirasi  va  murakkab  sintaksis 

tuzilmalardan  foydalanadi,  o„qiyotgan  vaqtda  diqqatini  uzoq  muddat  saqlab  tura 

oladi,  o„qilayotganlarini  yaxshi  tushunadi  va  ularning  mohiyatini  to„g„ri  anglaydi, 

xotirasida  ramzlar,  harflar  va  so„zlarni  uzoq  vaqt  saqlay  oladi,  ifodali  o„qiy  olish 

iqtidorini  namoyish etadi, alohida  notiqlik  mahoratiga  ega; 

4)  sport  qobiliyati  –  bunda  shaxmatga  bo„lgan  qobiliyat,  shaxmat 

kataklarining  nomlanishi  (raqamlanishi),  donalarning  vazifalari  va  ularning 

harakatlanish  yo„nalishlarini  yaxshi  biladi,  operatsiyalarning  nomlanishini  bexato 

ayta  oladi,  o„yin  qoidalarini  yodida    yaxshi  saqlaydi,  o„yin  jarayonida  har  bir 

yurishning  sabab  va  oqibatini  tahlil  eta  oladi,  bir  necha  pozitsiyadan  so„ng 

vaziyatning  o„zgarishini  bashoratlay  oladi,  murakkab  shaxmat  operatsiyalari 

qo„llay oladi.  

Bilish  qobiliyati  yuqori  bo„lgan  shaxs  o„zida  quyidagi  sifatlarni  namoyon 

etadi  (1.2-jadval):      




 

26 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish