O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Ijodiy qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs sifatlari



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana28.09.2021
Hajmi0,55 Mb.
#187982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni

Ijodiy qobiliyati yuqori bo„lgan shaxs sifatlari 

Tavakkal  qilish  qobiliyati 

Boy tasavvurga egalik 

Falsafiy  fikrlash  qobiliyati 

Ichki sezgining  rivojlanganligi 

Fikr yuritish  va harakatni   tashkil 

etishdagi  tezkorlik   

Turli  vaziyatlarni  birdek qabul qilish  va 

ularga  javob berish qobiliyati 

Tafakkur tezligiga  egalik 

Yuksak badiiy qadriyatlarga  egalik 

Yangilik  yaratish  layoqatiga 

egalik 

O„ziga xos (orginal)  g„oyalarni  ilgari  sura 

olish qobiliyati 

 

Pedagogik  kollejlarda  ham  o„quvchilarda  ijodiy  qobiliyatni  shakllantirish 



ta‟lim-tarbiya  jarayonining  muhim  tarkibiy  qismi  sanaladi.  Zero,  bo„lajak 

boshlang„ich  ta‟lim,  jismoniy  tarbiya,  tasviriy  san‟at,  mehnat  va  musiqa 

o„qituvchilari  sifatida  ularning  ijodiy  qobiliyatga  ega  bo„lishlari  muhim 

ahamiyatga  ega. 

Boshlang„ich 

ta‟limning 

faol 

va 


yetakchi 

sub‟ektlari 

bo„lgan 

o„quvchilarning  yosh  va  pedagogik-psixologik  xususiyatlari,  shuningdek,  tasviriy 

san‟at,  mehnat,  musiqa  va  jismoniy  tarbiyaning  o„ziga  xos  jihatlari  o„qituvchidan 

ijodiy  yondashuvni talab qiladi.     

Shaxsning  hissiy  qobiliyatga  egaligi  uning  atrofdagilar  bilan  ijtimoiy 

munosabatlarni  to„g„ri  tashkil  eta  olishiga  imkon  beradi. Zero, bu qobiliyat nafaqat 

o„zligini  tushunish,  shu  bilan  birga  atrofdagilarning  uy-xayollari,  ichki 

kechinmalari,  orzu-o„ylarini  tushunish,  ularni  his  qila  olish,  ruhan  yaqin  bo„lishiga 

imkon  yaratadi.  Pedagogik  kollejlar  o„quvchilarining  hissiy  qobiliyat  va  ijodiy 

qobiliyatga  ega  bo„lishlari  esa  ta‟lim-tarbiya  jarayonining  faol  sub‟ektlari  – 

o„qituvchilar  va  o„quvchilar  o„rtasidagi  munosabatlarning  mo„‟tadil  kechishini 

ta‟minlaydi  va  yuzaga  kelish  ehtimoli  bo„lgan  ziddiyatlarning  oldini  olish,  ularni 

bartaraf  etishga  yordam  beradi.  Har  bir  o„quvchining  individual  xususiyatini 

inobatga  olish  va  unga  muvofiq  yondashish,  shuningdek,  o„quvchilarning  xatti-

harakatlarini  to„g„ri  tushunish,  aytayotgan  so„zlariga  ishonch  bildirishda    bo„lajak 

pedagoglarning  hissiy  qobiliyatga  ega  bo„lishlari  muhim  ahamiyatga  ega. 




 

30 


O„quvchilar  bilan  ruhiy-hissiy  yaqinlik  pedagogik  faoliyat  muvaffaqiyatining 

garovi bo„la oladi.   

Maxsus  adabiyotlar  bilan  tanishish  natijasida  shaxsning  bilish,  ijodiy  va 

hissiy  qobiliyatlarining    turli  darajalari  quyidagi  tarzda  bir-biridan  farqlanishini 

kuzatish  mumkin: 

1.  Layoqat  (biror  bir  ish-harakat  yoki  faoliyatni  boshqarish  layoqati)  – 

inson  asab  tizimining  ba‟zi  irsiy  determinlashgan  anatomik-fiziologik  xususiyati, 

odamda  qobiliyatlar  tarkib  topishi  va  rivojlanishining  dastlabki  yakka,  tug„ma, 

tabiiy  zamini 

Layoqatning  ikki  turi  farqlanadi:  tabiiy  layoqat  va  ijtimoiy  layoqat. 

Birinchisi  odamdagi  tug„ma  xususiyatlardan  –  oliy  nerv  (asab)  tizimi  faoliyatining 

xususiyatlari,  miya  yarim  sharlarining  qanday  ishlashi,  qo„l-oyoqlarning  biologik 

va  fiziologik  sifatlari,  bilish  jarayonlarini  ta‟minlovchi  sezgi  organlari  –  ko„z, 

quloq,  burun,  teri  kabilarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqsa  (bular  nasliy  ota-

onadan  genetik  tarzda  o„tadi),  ikkinchisi,  bola  tug„ilishi  bilan  uni  o„ragan  muhit, 

muloqot  uslublari,  so„zlashish  madaniyati,  qobiliyatni  rivojlantirish  uchun  zarur 

shart-sharoitlardir  (ular  ota-ona  tomonidan  yaratiladi).  Layoqatlilik  belgisi  –  bu 

o„sha  individga  aloqador  bo„lib,  u  bu  ikkala  layoqat  muhitini  tayyoricha  qabul 

qiladi  . 

2.  Qobiliyat  (muayyan  yo„nalish  bo„yicha  faoliyatni  samarali  tashkil  eta 

olish  qobiliyati)  –  shaxsning  ma‟lum  faoliyatidagi  muvaffaqiyatlarini  va  osonlik 

bilan  biron  bir  faoliyatni  egallay  olishini  ta‟minlaydigan  individual  pedagogik-

psixologik  xususiyat,  shaxsdagi  shunday  individual,  turg„un  sifatlarki,  ular 

odamning  turli  xil  faoliyatdagi  ko„rsatkichlari,  yutuqlari  va  qiyinchiliklari 

sabablarini  tushuntirib  beradi. 

3.  Iqtidor  –  insonning  o„z  xatti-harakatlari,  bilimlari,  imkoniyatlari, 

malakalariga,  shuningdek,  muayyan  faoliyatni  bajarishga  nisbatan  ijobiy  sub‟ektiv 

munosabati. 

Iqtidorli  shaxs  o„zi  bajarayotgan  ish-harakat  yoki  faoliyatga  nisbatan 

vijdonan,  sidqidildan  yondashadi  hamda  uning  qiyofasida  intiluvchanlik, 




 

31 


qiyinchiliklardan  qo„rqmaslik,  sabr-toqatlilik,  mardlik,  chidamlilik,  o„z-o„zini 

boshqara  olish,  tashabbuskorlik,  ijodkorlik  (kreativlik)  kabi  fazilatlar  aks  etadi.  Bu 

kabi  shaxslar  o„z  oldilariga  aniq  maqsad  qo„ya  oladilar,  shuningdek,  o„z 

imkoniyatlari  doirasida  amalga  oshirish  mumkin  bo„lgan  ish-harakat  yoki 

faoliyatni  tashkil  etib, uning  samarali  yakun topishi uchun astoydil intiladilar. 

4.  Iste‟dod  –  shaxsning  ma‟lum  faoliyatda  ifodalanadigan  qobiliyatlarining 

yuqori  darajasi,  har  tomonlama  rivojlangan,  nihoyatda  kuchli  va  takrorlanmas 

qobiliyatdir.  U  tinimsiz  mehnat,  o„z  qobiliyatlarini  takomillashtirib  borish  yo„lida 

barcha  qiyinchiliklarni  yengish  va  irodasi,  butun  imkoniyatlarini  safarbar  qilish 

natijasida  shakllanadi. 

5.  Salohiyat  –  muayyan  faoliyatni  ichki  kuch  yordamida  qisqa  vaqt  ichida, 

kam  kuch  sarflash  hisobiga  muvaffaqiyatli  bajara  olish  xususiyati  (ta‟kid 

muallifniki;  manbalarda,  shuningdek,  “salohiyat”  so„zi  kishi  yoki  jamiyatning 

ichki  imkoniyatlari,  hali  to„la  namoyon  bo„lmagan  kuch-quvvati  ma‟nosida  ham 

ishlatilishiga  urg„u berilgan). 

6.  Daholik  –  favqulodda  aql-idrok,  aqliy  kuch-quvvat,  zehn-zakovatning  har 

jihatdan  eng  yuqori  darajada  rivojlanganligi  bo„lib,  daholik  xislatiga  ega  shaxslar 

kashfiyotlar  yaratish,  ilmiy  jihatdan  mukammal,  har  tomonlama  asoslangan  g„oya 

va  qarashlarni  ilgari  surish,  shuningdek,  qonuniyatlar  mohiyatini  ochish  hamda 

nazariyalarni  asoslashdek aqliy kuch-quvvatlarini  namoyon eta oladilar. 

 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish