O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana28.09.2021
Hajmi0,55 Mb.
#187982
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
oquv tarbiya jarayonida kreativ talimning orni

 

 


 

32 


II BOB.  O„QUV -TARBIYA JARAYONIDA O„QUVCHI YOSHLARDA 

KREATIV TA‟LIM VA QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING 

PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI 

 

2.1 O„quvchilar faoliyati jarayonida kreativ  qobiliyatlarini shakllantirishning 

tizimliligi va izchilligi 

  

Pedagogik-psixologik 



tadqiqotlarning 

ko„rsatishicha,  ta‟lim  jarayonida 

o„zlashtirish  ko„rsatkichi  yoki  ijodiyligi  bo„yicha  “o„rtamiyona”  o„quvchi 

keyinchalik  ijobiy  tomonga  o„zgarishi,  boshqa  sohada  yuksak  natijalarga  erishishi, 

hatto  mutaxassisligiga  yondosh  ixtisoslikda  ham  o„rnini ko„rsatish mumkin. Ta‟lim 

va  ijtimoiy  turmushda  uquvsiz,  “yaroqsiz”  deb  baholangan  insonlar  keyinchalik 

biron  bir  sohaning  yetakchi  mutaxassis  sifatida  elga  tanilishi,  yuqori  lavozimlarni 

egallashi,  tadbirkor  shaxs  sifatida  kamol  topishi  hodisasi  tajribada  ko„p  uchraydi. 

Shuning  uchun  bilim,  ko„nikma  va  malakalarini  egallash  jarayonida  qobiliyatlar 

namoyon  bo„lsa-da  lekin  ular  bilim,  ko„nikma,  malakalarga  talluqli  emas.  Xuddi 

shu  boisdan,  ular  bir  biri  bilan  o„zaro  tahlil  qilganganida  qobiliyatlar  bilan  bilimlar, 

qobiliyatlar  bilan  ko„nikmalar  mohiyat,  mazmun  ma‟no  jihatidan  bir  biridan  farq 

qiladi.  Ushbu  pedagogik-psixologik  hodisa  obrazliroq  tushuntirilganda  bilim, 

ko„nikma,  malakalar  tufayli  egalanadigan  aniq  voqelik  deb  tasavvur  qilinsa, 

qobiliyatlar  shaxsning  ruhiy  olamidagi  hali  ro„yobga  chiqmagan  imkoniyatlaridir. 

Masalan,  kollej  o„quvchisining  o„qishga  kirishi,  mutaxassis  sifatida  kasbiy  faoliyat 

uchun  imkoniyat  tarzida  gavdalanishi  kabi  shaxsning  qobiliyatlari  kasbiy  bilim, 

ko„nikma  va  malakalarini  egallash  uchun  imkoniyat  tariqasida  namoyon  bo„ladi. 

Kasbiy  bilim  va  ko„nikmalar  egallanadimi  yoki  yo„qmi,  imkoniyat  ro„yobga 

chiqdimi  yoki  ushalmagan  orzu  sifatida  qolib  ketdimi  -  bularning  barchasi 

ko„pgina  omillarga  va  sharoitlarga  bog„liqdir.  Qobiliyatlar  bilim,  ko„nikma  va 

malakalarda  aks  etmaydi,  balki  ularni  egallash  jarayonida,  dinamikasida  namoyon 

bo„ladi.  Bu  ularda  namoyon  bo„luvchi  pedagogik  qobiliyatga  egalikdir.    Buyuk 

alloma  A.  Navoiy    «Qobiliyatsiz  odamga  tarbiya  xayf,  qobiliyatli  odamni  tarbiya 




 

33 


qilmaslik  gunoh»    deganlarida  yoshlarning  ichida  eng  zukko  va  qiziquvchanlarini 

davlat va jamiyat  o„z kelajagi  poydevori sifatida qarashga chorlagan edi. 

Pedagogika  va  psixologiyaning  metodologik  asosi  bo„yicha  ko„rsatilishicha 

qobiliyatlar  imkoniyatlar  tizimidan  tashkil  topgan  bo„lib,  u  yoki  bu  foliyatidagi 

zaruriy  mahorat  darajasi  haqiqat  hisoblanmaydi.  Masalan,  pedagogika  kollej 

o„quvchisida  namoyon  bo„layotgan  pedagogik  qobiliyat  uning  o„qituvchi, 

tarbiyachi  sifatida  shakllanishiga  kafolat  bera  olmaydi.  O„qituvchi,  tarbiyachi 

bo„lish  uchun  maxsus  bilim  berilishi,  tabiatga,  atrofdagilarga  munosabati,  idrok 

qilishi,  shaxsiy  fazilati,  salomatligi,  bolalarga  bo„lgan  mehrining  cheksizligi, 

o„quvchilar,  o„quv xonasi, axborot resurs markazi, amaliyot o„tash uchun bog„cha 

va  maktablar,  musiqa  maktabi  va  boshqalar  muhayyo  bo„lishi  zarur.  Ta‟kidlab 

o„tilgan  vositalar,  shart-sharoitlar  hisobiga  kollej  o„quvchisidagi  pedagogik 

qobiliyati  rivojlanishi  mumkin.   

Pedagogik  qobiliyat  qobiliyat  turlaridan  biri  bo„lib,  shaxsning  pedagogik 

faoliyatni  samarali  olib  borish  va  shu  sohada  muvaffaqiyatlarga,  yuqori  natijalarga 

erishish  demakdir. 

Pedagogik  qobiliyat  mohiyatida  pedagogik  faoliyatni  samarali  yo„lga 

qo„yishga  imkon  beruvchi  nazariy-metodik  bilimlar,  amaliy  ko„nikma  va  malakalar 

yotadi.  Sohaga  oid  qobiliyat  negizini  o„qituvchi  va  o„quvchilar  o„rtasidagi  ta‟limiy 

va tarbiyaviy  munosabatlar tashkil  etadi.  

O„qituvchi  shaxsiga  ega  sifatlar,  shu  jumladan,  pedagogik  qobiliyatni 

tarbiyalash muammosi bir qator pedagogik-psixologik tadqiqotlarning ham yetakchi 

g„oyasi  sifatida  qabul  qilingan.  Masalan,  M.G.Davletshin,  R.Z.Gaynutdinov, 

S.Jalilova,  M.Kaplanova,    tomonidan  olib  borilgan  ilmiy  izlanishlar  natijasida 

o„qituvchi shaxsiga xos bo„lgan sifatlar, xususan, kasbiy sifatlarning mohiyati ochib 

berilgan,  ularning  namoyon  bo„lish  darajasi  yoritilgan  hamda  pedagogik qobiliyatni 

rivojlantirish  masalasi tadqiq etilgan. 

Tasnifda ifoda etiluvchi pedagogik kasbiy sifatlar umumiy tarzda quyidagicha 

guruhlanadi: 

1)  shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo„nalishi; 




 

34 


2)  pedagogik mahorat va qobiliyati; 

3)  xarakterining pedagogik-psixologik xususiyatlari; 

4)  bilish faoliyati; 

5)  o„qituvchi  shaxsining  bolalarni  kasbga  tayyorlash  ishlari  darajasidagi 

umumiy taraqqiyoti.  

Mazkur  tasnifda  qayd  etilgan  sifatlar  ayni  vaqtda  pedagogik  qobiliyat 

mohiyatida  ham  aks  etishini  nazarda  tutgan  holda  ayni  o„rinda  mazkur  tasnifning 

keltirilishi  maqsadga muvofiq deb topildi: 

1. O„qituvchining shaxsiy xislatlari: 

  bolalarni yaxshi ko„rish, ularni sevish; 

  amaliy-pedagogik-psixologik aql-farosatlilik; 

  mehnatsevarlik; 

  jamoa ishlarida faollik; 

  mehribonlik; 

  kamtarlik; 

  odamiylik, dilkashlik; 

  uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo„lish; 

 

o„z bilimini oshirishga intilish; 



2. Kasbga xos bilimlari: 

 

ta‟lim-tarbiya  jarayoni  mohiyati  bilan  uning  maqsad  va  vazifalarini 



tushunishi; 

 

psixologiya  asoslari,  yosh  psixologiyasi  va  pedagogik  psixologiya 



asoslarini bilishi; 

 

etnopedagogik-psixologik bilimlarni egallashi ; 



 

hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi; 

 

hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallaganligi; 



 

maktab 


yoshidagi 

bolalarning 

pedagogik-psixologik-pedagogik 

xususiyatlarini tushunishi; 

 

o„z fanini o„qitish metodikasini bilishi; 




 

35 


 

o„quvchilarga tarbiyaviy ta‟sir etishning samaradorligini bilishi; 

 

ota-onalar  va  jamoatchilik  bilan  olib  boriladigan  tarbiyaviy  ishlarning 



mazmunini  bilishi. 

3. O„z kasbiga xos xislatlari: 

 

milliy  istiqlol g„oyasini anglashi; 



 

o„qituvchining kuzatuvchanligi; 

 

o„z diqqat-e‟tiborini taqsimlay olishi; 



 

 zamonaviy  maktabda  olib  boriladigan  o„quv-tarbiya  jarayonida 

umuminsoniy boyliklar, milliy  an‟analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi; 

 

pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi; 



 

o„ziga tanqidiy munosabatda bo„lishi; 

 

o„zini qo„lga ola bilishi, o„zini tuta bilishi; 



 

pedagogik takt; 

 

 nutqning emotsional ifodalanishi. 



4. Shaxsiy-pedagogik uddaburonlik: 

 

dars mashg„ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi; 



 

o„quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi; 

 

ta‟lim  va  tarbiya  jarayonida  o„quvchilar  ongining  taraqqiy  etib  borishini 



istiqbolli ravishda rejalashtira olishi; 

 

pedagogik  vazifalarni  shakllantirish  va  tarbiyaviy  ishlarni  rejalashtira 



bilishi; 

 

bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o„z faoliyatini rejalashtira bilishi; 



 

o„quv maqsadlarini rejalashtira olishi; 

 

o„zining ta‟lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini  rejalashtira olishi. 



5. Tashkilotchilik malakalari: 

 

bolalar jamoasini uyushtira bilishi; 



 

turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi; 

 

bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi; 




 

36 


 

 amaliy  masalalarni  hal  etishda  o„zining  bilim va tajribalarini ustalik bilan 

tez qo„llay olishi. 

6. Kommunikativ malakalari: 

 

bolalarni o„ziga jalb eta olishi; 



 

bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni 

tiklashi; 

 

bolalarning  jamoalararo  va  jamoa  ichida  o„zaro  munosabatlarini tartibga 



solishi; 

 

bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog„lay olishi. 



7. Gnostik malakalari: 

  bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay olishi; 

 

o„zining  tajribasi  va  pedagogik  faoliyati  natijalarini  tanqidiy  tahlil  qila 



olishi; 

 

boshqa  o„qituvchilarning  tajribalarini  o„rganib, undan (nazariy va amaliy 



tomondan) to„g„ri xulosa chiqarish; 

 

pedagogik-psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalana olishi; 



 

o„quvchilarni to„g„ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirish. 

8. Ijodiy xislatlari: 

  pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilish; 

 

o„quvchilarni  tarbiyalash  dasturini  ishlab  chiqish  va  uni  amalga  oshirish 



qobiliyati; 

 

o„zini o„quvchi o„rniga qo„yib, bo„lib o„tgan hodisalarga uning nazari bilan 



qaray olishi; 

  avvalgi  voqealar,  hodisalar  va  tarbiyalanuvchi  shaxsiga  yangicha  qaray 

olish qobiliyati; 

 

o„zining  o„quvchiga  pedagogik  ta‟siri  natijalarini  oldindan  ko„ra  bilishga 



intilishi. 

Bir  qator  pedagogik-psixologik  va  pedagogik  tadqiqotlarning  olib  borilishi 

natijasida aynan pedagogik qobiliyatga egalikni ifodalovchi va uning tarkibiy qismlari 



 

37 


sifatida aks etuvchi qobiliyat turlari aniqlangan. Pedagogik qobiliyatlilikni ifodalovchi 

tarkibiy qismlar quyidagilardan iborat: 

1. 

Didaktik  qobiliyatlar  –  bu  bolalarga o„quv materiallarini aniq va ravshan 



tushuntirib,  oson  qilib  yetkazib  berish,  bolalarda  fanga  qiziqish  uyg„otib,  ularda 

mustaqil faol fikrlashni uyg„ota oladigan qobiliyatlardir. 

2. 

Akademik  qobiliyatlar  – matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, 



tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir. 

3. 


Perseptiv  qobiliyatlar    bu  o„quvchining,  tarbiyalanuvchining  ichki 

dunyosiga  kira  bilish,  pedagogik-psixologik  kuzatuvchanlik,  o„quvchi  shaxsini 

vaqtinchalik psixik holatlar bilan bog„liq nozik tomonlarini tushuntira bilishdan iborat 

qobiliyatdir.  

4. 

Nutq qobiliyati – kishining o„z tuyg„u-hislarini nutq yordamida, shu bilan 



birga  mimika  va  pantomimika  yordamida  aniq  va  ravshan  qilib  ifodalab  berish 

qobiliyatidir.  Bu o„qituvchidan o„quvchilarga uzatiladigan axborot, asosan, ikkinchi 

signal  tizimi  –  nutq  orqali  beriladi.  Bunda  mazmun  jihatidan  uning  ichki  va  tashqi 

xususiyatlari nazarda tutiladi. 

5. 

Tashkilotchilik  qobiliyati  –  bu  birinchidan,  o„quvchilar  jamoasini 



uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish, ikkinchidan, o„zining shaxsiy ishini 

to„g„ri tashkil qila olish qobiliyatidir. 

6. 

Avtoritar qobiliyati -  bu o„quvchilarga bevosita emotsional-irodaviy ta‟sir 



etib, ularda obro„ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. 

7. 


Kommunikativ  qobiliyati  –  bu  bolalar  bilan  muloqotda  bo„lishda, 

o„quvchilarga  yondashish  uchun  to„g„ri  yo„l  topa  bilishga,  ular  bilan  pedagogik 

taktning maqsadga muvofiq o„zaro aloqa bog„lashga qaratilgan qobiliyatdir. 

8. 


Pedagogik xayol – bu kishining o„quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan 

loyihalashtirishda  o„z  ish-harakatlarining  natijasini  oldindan ko„ra bilishda namoyon 

bo„ladigan qobiliyatdir.  

9. 


Diqqatni  taqsimlay  olish  qobiliyati  –  bu  qobiliyat  bir  vaqtning  o„zida 

diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo„lib, o„qituvchi ishida g„oyat 

muhim ahamiyatga egadir.  



 

38 


Keltirilgan  qobiliyatlarni  egallagan  har  qanday  o„qituvchi  o„z  o„quvchilarida 

ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirish  imkoniyatlariga  ega bo„ladi. 

Yuqorida  keltirilgan  pedagogik  tasnif  anglanganidek,  mohiyatiga  ko„ra 

pedagogik  qobiliyatlarni  ifodalagan.  Shu  sababli,  bizning  nazarimizda,  ijodiy 

qobiliyatli    o„qituvchi  o„zida  minimum  darajada  kuch  va  vaqt  sarflash  hisobida, 

pedagogik faoliyatda juda yuqori natijalarga erishish imkoniyatiga ega bo„lishi zarur. 

Ya‟ni: 

1)  nazariy  pedagogik  bilimlarni  amaliyotda  samarali  qo„llay  olish  orqali  

o„quvchilar tomonidan fan asoslarini puxta o„zlashtirilishiga erishish; 

2)  o„quvchilarda  nazariy  bilimlarni  amaliyotda  qo„llay  olish  ko„nikma  va 

malakalarni  hosil  qilish  bo„yicha  o„ziga  xos  metodikani  yaratish  yoki  tajribani 

shakllantirishga muvaffaq bo„lish; 

3)  har  bir  o„quvchining  individal  xususiyatidan  kelib  chiqqan  holda  ularga 

samimiy  munosabatda  bo„lish,  faoliyatida  tolerantlikning  ustuvorligini  ta‟minlash, 

o„quvchilar bilan erkin muloqot qilish, hayotiy masalalar yuzasidan ularga mutaxassis 

maslahatini  berish va alohida mehr-muhabbat ko„rsatish; 

4)  pedagogik mahorat asoslari (xatti-harakat (jest – oyoq va qo„l harakatlari, 

pantomimika  (munosabatni  gavda  harakatlari  orqali  ifodalash)  va  mimika 

(munosabatni  yuz  ifodasi  orqali  bildirish)  hamda  nutq  texnikasi  (sur‟ati,  ohangi, 

ko„lami,  tebranuvchanligi  va  ritmining  me‟yorida  bo„lishi)ni  puxta  o„zlashtirish, 

ta‟sirchan, boy nutq madaniyati (nutqning to„g„ri, sof, aniq, ifodaviy, mantiqiy, boy va 

o„rinli bo„lishi)ga egalik va hokazolar)ni chuqur o„zlashtirish; 

5)  mutaxassislik  fani  asoslarini  o„qitishda  o„quv  materialini  milliy  istiqlol 

g„oyasi va mafkura asoslari bilan bog„lay olish; 

6)  ta‟lim  va  ma‟naviy-ma‟rifiy  ishlar  jarayonini  o„zaro  uyg„unlashtirishga 

erishish orqali o„quvchilarda eng yuksak insoniy sifatlarni samarali tarbiyalay hamda 

o„quvchilarda kelajakka ishonch tuyg„usini shakllantira olish. 

 Maxsus pedagogika, psixologiya hamda metodika fanlari yutuqlariga tayangan 

holda,  shuningdek,  ta‟lim  muassasalarining  faoliyatlarini  bevosita  kuzatish  asosida 

pedagogik  kollej  o„quvchilarining  ijodiy  qobiliyatlarini  rivojlantirishda  quyidagi 




 

39 


imkoniyatlarga  ega  ekanliklarini    aniqladik.  Quyida  pedagogik  kollej  o„quvchilarini 

ijodiy qobiliyatlarini  rivojlantirish  imkoniyatlarini   taklif etamiz (2.1-rasm): 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish