Mehnat va jismoniy mashqlar fiziologiyasida hamda sport tibbiyotida
jismoniy mehnat qobiliyatchanlikni aniqlashda yurak urishlar sonini aniqlashdan
keng foydalaniladi. Yurak urishlar soni eng oson o’lchanadigan ko’rsatkich
hisoblanadi. Ahamiyatlisi shundaki, yurak urishlar soni bilan tashqi mexanik ish
o’rtasida bir tomondan va yuklama vaqtida istemol qilingan kislorod miqdori
o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’liqlik mavjud.
Yurak urishlar soniga ko’ra jismoniy mehnat qobiliyatchanlikni aniqlashga
qaratilgan ishlarni tahlil qilish natijasida ikkita yo’nalishda tadqiqotlar olib borilishi
mumkinligi aniqlandi. Birinchisi sodda usul hisoblanib, aniq quvvatli ish bajarganda
(masalan, 1000 kgm/min) yurak urishlar sonini hisoblash orqali jismoniy mehnat
qobiliyatchanligi aniqlanadi. Odamning jismoniy mehnat qobiliyatchanligi bunday
yo’l bilan aniqlash g’oyasi shundan iboratki, yurak urishlar sonining sezilarli ortishi,
odamni jismoniy tayyorgarligi bilan teskari proportsionalikga ega, yoki boshqacha
aytganda, yuklama ta’sirida yurak urishlar soni qancha yuqori bo’lsa, odamning
mehnat qobiliyatchanligi shuncha past bo’ladi va aksincha.
Ikkinchisi, yurak urishlar sonining ma’lum bir darajaga ko’tarilishi uchun
muskul ishining quvvati darajasini aniqlashga qaratilgan. Bunday yondashish eng
qulay hisoblanadi, ammo texnikasiga ko’ra murakkab va muhim fiziologik asoslash
talab qiladi. Jismoniy mehnat qobiliyatchanligini bu usul orqali aniqlashni fiziologik
asoslashni murakkabligi bir qator momentlar bilan tushintiriladi: yurak-qon tomir
tizimidagi kasallanish oldi o’zgarishlarini mavjudligi bilan; qon aylanishining turli
tiplari, unga ko’ra muskullarni bir xil miqdorda qon bilan ta’minlanishi, yurak
urishlar sonini turli ko’rsatkichlarida amalga oshadi; jismoniy ish vaqtida yurak
urishlar soni ortishining fiziologik bahosi bir xil emasligi va boshqalar.
Sportchilar ichida yuqoridagi farqlar sezilarli darajada kamayib ketadi. Bunga
sabab, ularning yoshini bir-biriga yaqinligi, sog’ligining yaxshiligi, tinch holatda
yurak urishlar sonini nisbatan pastligi, yurak-qon tomir tizimini funktsional
zahiralari kengayganligi va jismoniy ish vaqtida ulardan foydalanish imkoniyati
mavjudligi bilan tushintiriladi. SHu sababli, extimol, xozirgi vaqtda sportda PWC
170
testidan (PWC - bular inglizcha atamaning birinchi harflari – Physical Working
Capacity) foydalaniladi, u yurak urishlar sonining ma’lum darajaga yetishiga
mo’jjalangan (bir minutda 170ta yurak qisqarishlari).
Kuzatiluvchi veloergometrda yoki step-testda 3 min. interval bilan ikki marta
5 minutlik o’rta quvvatli yuklamani bajaradi, shundan keyin yurak urishlar soni
o’lchanadi.
PWC
170
ko’rsatkichi bo’yicha hisoblash quydagi formula orqali amalga
oshiriladi:
170 – ƒ
1
PWC170= W1+(W2-W1) ----------
ƒ
2
– ƒ
1
Bunda W1 va W2 – birinchi va ikkinchi yuklamalarni quvvati; ƒ
1
va
ƒ
2
birinchi
va ikkinchi yuklamalar oxiridagi yurak urishlar soni.
Xozirgi vaqtda minutiga 170 taga teng yurak qisqarishlari soni ko’pchilik
tomondan qabul qilingan bo’lib, fiziologik nuqtai nazardan kardiorespirator tizimini
optimal ishchi zonada ishlay boshlaganligini tavsiflaydi, metodik nuqtai nazardan
esa yurak urishlar soni va jismoniy ishning quvvati o’rtasidagi bog’liqlikda to’g’ri
chiziqlilik yo’qalayotganligini ko’rsatadi. Bu testdan foydalanishning fiziologik
tasdig’i shundan iboratki, yurak urishlar soni minutiga 170 dan ortganda yurakning
minutlik hajmini ortishi sodir bo’lsa, sistolik hajmi nisbatan pasayishi kuzatiladi.
PWC
170
testi Jaxon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan odamning jismoniy
mehnat qobiliyatchanligini baholash uchun taklif qilingan. Sportda undan keng
foydalanishning kelajagi juda ko’p bo’lib, uning printsiplari sportchilarni umumiy
va maxsus mehnat qobiliyatchanligini aniqlash uchun yaroqli hisoblanadi.
Amerika qo’shma shtatlarida yaratilgan Garvard step-testi ham keng tarqalgan
usullardan hisoblanadi. Bu test sog’lom yosh odamlarning mehnat
qobiliyatchanligini baholashga mo’jjalangan bo’lib, kuzatiluvchi shaxslardan
sezilarli darajada zo’riqishini talab qiladi. Garvard testi erkaklar uchun balandligi
50 sm va ayollar uchun 40 sm balandlikka ko’tarilib tushish, bir minutda 30
martadan ( 1sek. ikki qadam) 5 minut davomida bajariladi.
Ish tugagandan keyin qayta tiklanish vaqtining ikkinchi minutida 30 sekund
davomida puls sanalib, Garvard step-testining indeksi (GSTI) quyidagi formula
orqali hisoblanadi:
GSTI = ishning davomliligi (s ) x100 / 5,5 pulьs soni
GSTI yana ham aniqroq hisoblash uchun pulsni uch marta qayta tiklanish
davrining 2chi, 3chi va 4chi minutlarining birinchi 30 sekundida sanaladi; bunda
GSTI quydagi formulada hisoblanadi:
GSTI = t x100/ ( ƒ
1
- ƒ
2
- ƒ
3
) x2
t - pog’anaga ko’tarilish vaqti(s); ƒ
1
- ƒ
2
- ƒ
3
- qayta tiklanish davridagi 2
chi, 3 chi va 4 chi minutlarining 30 sekundidagi puls soni.
Mehnat qobiliyatchanligini baholash 2-jadvalga ko’ra amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: