Submaksimal quvvatli tsiklik ishni bajarilganda charchashni kelib
chiqishiga nerv markazlari faoliyatini pasayishi va organizmni ichki muhitida
bo’ladigan o’zgarishlar sabab bo’ladi. Buning sababi kislorodni katta miqdorda
yetishmasligi natijasida gipoksimiyaning rivojlanishi, qonni rN ning kamayishi va
qonda sut kislotasi miqdorini 20-25 marta ortishi hisoblanadi. Kislorod qarzining
maksimal kattaligi 20-25 litrni tashkil qiladi. Nerv markazlarini kislorod
yetishmovchiligi sharoitida zo’riqib ishlashi charchashning tez rivojlanishiga olib
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |