O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik fakulteti


yo`l  qo`yish  Mudofaa  vazirligi  tomonidan  belgilangan  tartibda  amalga



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/147
Sana02.08.2021
Hajmi5,14 Mb.
#136361
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147
Bog'liq
yol harakati qoidalari

yo`l  qo`yish  Mudofaa  vazirligi  tomonidan  belgilangan  tartibda  amalga 
oshiriladi. 


 
103 
Odam  tashish  uchun  mo`ljallangan  yuk  avtomobili  yukxonasi  bortining 
balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan o`rindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa 
o`rindiqlar bortga mustahkamlangan bo`lishi kerak. 
Suyanchiqlar  yo`lovchilarga  qulaylik  yaratishdan  tashqari,  ularning  xavfsizligini 
ham ta`minlaydi. 
Tashiladigan odamlar soni jihozlangan o`rindiqdar sonidan oshmasligi kerak. 
Keskin to`xtash va manyovrlar bajarishda yo`lovchi travma,  tan jarohati olmasligi 
va  harakatlanish  davomida  noqulayliklar  sezmasligi  uchun  sayyoh  avtobusi,  shaharlararo 
qatnaydigan avtobus va odam tashiyotgan yuk avtomobillarida yo`lovchilar soni jihozlangan 
o`rindiqlar sonidan oshmasligi kerak. 
Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo`lovchilarga avtomobilga chiqish, undan 
tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish berishi kerak. 
Yo`lovchilarning  xavfsizligi  haydovchi  tashishni  qanday  tashkil  etganligiga  ham 
bog`liq. Odam tashish uchun mo`ljallangan yuk avtomobillariga yo`lovchilarni chiqarish va 
tushirish,  yo`l  harakati  xavfsizligiga  asosan,  transport  vositasining  orqa  va  trotuarga 
qaragan yon (bortlari) tomonidan tashkil etiladi. 
Haydovchi  harakatni  boshlashdan  oldin  yo`lovchilar  xavfsiz  tashish  sharoiti  bilan 
ta`minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni 
olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo`lishiga yo`l qo`yiladi, 
bunda ular bortlardan pastda joylashgan o`rindiqlar bilan ta`minlanishlari kerak. 
Yukni  kuzatib  borayotgan  ekspeditor  kuzatuvchi,  harakat  xavfsizligi  talablariga 
asosan, o`z o`rindiqlarini yuk ortilgandan keyin yukxonaning orqa tomoniga joylashtirishlari 
kerak. Aks holda, keskin to`xtash natijasida oldinga suriladigan yuk kuzatuvchini kabinaga 
siqib qo`yishi mumkin. 
Avtobuslarda yoki furgon yukxonali avtomobillarda bolalarni tashishda katta yoshli 
kuzatuvchi shaxs, bortli yuk avtomobilining kuzovida tashishda esa kamida ikki nafar katta 
yoshli  kuzatib  boruvchi  shaxs  bo`lishi  shart.  Bunday  transport  vositalarining  oldi  va  orqa 
tomoniga «Bolalar guruhini tashish» taniqlik belgisi o`rnatilishi kerak. 
Ushbu  talablarga  qo`shimcha  ravishda,  bolalarni  tashish  uchun  mo`ljallangan  yuk 
avtomobillari bortining balandligi bir metrdan kam bo`lmasligi kerak. 


 
104 
Yosh  bolalar  transport  vositalari  harakatlanishidagi  xavfsizlikni  to`liq  anglay 
olmaydilar. Shu sababli bu masuliyat kuzatib boruvchilarga yuklatiladi. 
Haydovchi  transport  vositasi  to`liq,  to`xtagandan  keyin  odamlarni  tushirishi  va 
chiqarishi,  eshiklar  yopilgandan  so`nggina  harakatlanishni  boshlashi  va  to`liq, 
to`xtamaguncha ularni ochmasligi shart. 
Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi: 
-  avtomobilning  kabinasidan  tashqarida  (bortli  yuk  yoki  furgon  yukxonali 
avtomobillarda odam tashishdan tashqari); 
-  traktorlar  va  boshqa  o`ziyurar  mashinalar,  yuk  tashiladigan  tirkamalar,  tirkama-
uycha, yuk mototsikllari yukxonasida; 
- mototsikllarning konstruktsiyasida ko`zda tutilgan joylaridan tashqarida; 
- 12 yoshga to`lmagan bolalarni mototsiklning orqa o`rindig`ida, shuningdek, yengil 
avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o`rnatilmagan bo`lsa, uning oldingi 
o`rindig`ida; 
-  12  yoshga  to`lmagan  bolalarni  hisobga  olmaganda  transport  vositasining  texnik 
tavsifnomasida ko`zda tutilgan miqdordan ortiq. 
Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korxona belgilagan 
ruxsat etilgan to`la vazndan ortmasligi kerak. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish