140-modda. Mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini
boshqarish huquqi bo`lmagan shahslarning transport vositalarini boshqarishga
yo`l qo`yish
Alkogolli ichimlikdan giyoxvand modda ta’siridan yoki o`zgacha tarzda mast
bo`lgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi bo`lmagan
shaxslarning transport vositalarini boshqarishga yo`l qo`yish, - mansabdor shaxslarga
eng kam ish haqqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga
sabab bo`ladi.
141-modda. Transport vositalaridan shaxsiy boylik orttirish maqsadida
foydalanish
Haydovchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qarashli
transport vositalarini shaxsiy boylik orttirirsh maqsadida foydalanishi, eng kam ish
haqining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishag sabab
bo`ladi.
142-modda. Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish
Do'stlaringiz bilan baham: |