Jinoiy javobgarlik. Jinoiy javobgarlik deb davlat oldida sodir etgan jinoiy
ishi uchun javob berishiga aytiladi.
Jinoyat - biron bir harakat natijasida jamoatchilikka ziyon yetkazish va
fuqarolarning qonun bilan belgilangan haq huquqlarni poymol etishdir.
Jinoiy javobgarlik uchun quyidagicha jazo turlari belgilangan: ozodlikdan
mahrum etish, ozodlikdan mahrum etilmagan holda ahloq tuzatish ishlari, ba’zi bir
turdagi mehnat faoliyatini cheklash, egallab turgan lavozimidan bo`shatish, jamoat
ta’sirini ko`rsatish, jarima solish.
Jinoiy javobgarlikka faqat sud qaroriga muvofiq, qonunda ko`rsatilgan
tartibda tortiladi.
Avtotransportdagi jinoiy javobgarliklarga huquqbuzarliklar, og`ir oqibatlarga
olib kelgan hollar (insonlar jarohat olganda va halok bo`lganda, katta miqdordagi
moddiy zarar yetkazilganda transport vositalarini olib qochganda va boshqalar)
kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |