286-modda. Ma’muriy yo`l bilan ushlab turish
Ma’muriy yo`l bilan ushlab turish to`g`risida bayonnoma tuzilib, unda:
bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi,
ismi, otisining ismi; ushlab turilgan shaxs haqidagi ma’lumotlar: uni ushlab turish
vaqti, joyi va uning asoslari ko`rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan
imzolanadi. Ushlab turilgan shaxs bayonnomaniimzolashdan bosh tortgan taqtirda,
bayonnomaga shu haqda yozib qo`yiladi.
Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko`ra, u ushlab turilgan joy haqida
uning qarindash-urug`lari, advokat, ish yoki o`qish joyidagi ma’muriyat xabardor
qilib qo`yiladi. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki
ular o`rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |