O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti mirzakarimov h



Download 1,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/69
Sana13.07.2022
Hajmi1,98 Mb.
#793227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
fayl 1743 20210907

 
 



 
1. Bob. Kurash turlari va ularning rivojlanishi
hamda taraqqiyoti 
 
Hozirgi kunda yuksak malakali sportchilar, kurashchilar tayyorlash kabi 
vazifa har bir murabbiylarining nufuzli burchi hisoblanadi. O‘zbekiston bayrog‘ini 
xalqaro musobaqalarda butun jahon sport arenalari uzra xilpirashida mamlakatimiz 
pahlavonlarining ham xizmatlari beqiyosdir.
Sportchilarimizni musobaqalarga tayyorlash jarayonida albatta, ularning 
axloqiy, estetik ruxiy tayyorgarliklarini, ulardagi milliy g‘ururlarini rivojlantirish, 
milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlarimiz ongiga yanada chuqurroq singdirishda 
alohida e’tibor berilishi kerak. «Sportchi tinchlik elchisi-sportchilarni tinchlik 
jarchilariga» taqqoslanadi.
SHunday ekan tinchlik jarchilari o‘zlarining har tomonlama shunga mos 
kelishlarini, ulardagi barcha fazilatlarni munosib bo‘lishini tarbiyalash uchun 
murabbiylar o‘quv mashg‘ulotlari jarayonlarida astoydil mehnat qilishlari kerak. 
Bunda asosan o‘tmishimiz saboqlaridan, ajdodlarimiz ko‘rsatgan jasoratlaridan 
hamda 
allomalarimizning 
qoldirgan 
pandu-nasihatlaridan 
foydalanishlari 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘zbek sportchilari kelajakda barcha sport turlari 
bo‘yicha jahon arenalarida, olimpiada o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishib, 
vatanimiz va millatimizni shonu shuhratini yanada yuqoriga ko‘tarishadi deb umid 
bildiramiz. 
O‘zbek xalqi o‘zining milliy sport turlari bilan faxrlansa arziydi. 
Mamlakatimiz rahbariyatining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda 
qilayotgan g‘amxo‘rligi natijasida milliy sport turlarimiz yanada rivojlanib 
ommaviylashib bormoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek mamlakatni sport kabi 
xech narsa dunyoga tez tanita olmaydi.
O‘zbek yakkakurash usullaridan hisoblangan Kurash usullari qadimiy tarixga 
ega. Buxoro yaqinidagi Varaxsha shahri xarobalaridan topilgan kumush gardishda, 
ko‘zalar va ossuariylarda kurashchilarning bellashuvlari tasvirlangan. SHuningdek 



Panjikent harobalarining saroy devorlariga tushirilgan rasmlarida ov, chavandozlik, 
merganlik, kurash musobaqalari tasvirlarini ko‘rish mumkin. Qadimgi Grek 
tarixchisi Gerodot asarlarida ajdodlarimiz bo‘lgan saklar, massagetlar va turkiy 
qabilalar “Navro‘z” va xalq bayramlarida Kurash musobaqalari uyushtirilganligi 
haqida 
yozilgan. 
SHuningdek 
“SHohnoma”, “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li” 
qahramonlari ham pahlavon kurashchilar bo‘lganligi xalq dostonlarida yozib 
qoldirilgan. Zardushtiylikning “Avesto” va “Mahobhorat” diniy kitoblarida ham 
saklar, massagetlar va turkiy qabilalarni, “yovuz kuchlar” bilan jang qilishda 
kurash mashqlaridan foydalanilganligi aks ettirilgan. 
Turkiy elatlar, ya’ni hozirgi o‘zbeklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, 
turkmanlar va boshqalar ajdodlarining o‘zlariga xos yakka kurash usullari 
muayyan tarixiy davrda yashagan turli xalqlar va qabilalarning hayot kechirishi 
tarzidan kelib chiqqan bo‘lib, ular hayotining ichki va tashqi muhit xususiyatlarini 
o‘zida aks ettirgan, kishilarni jismoniy chiniqishi, ularni baquvvat, epchil, 
chidamli, dadil va dov yurak qilib tarbiyalash maqsadlariga xizmat qilgan. 
O‘zbeklarning qadimgi ajdodlari o‘z yuksak madaniyatini vujudga keltirguncha 
og‘ir yo‘lni bosib o‘tganlar, zo‘r jasorat ko‘rsatganlar. Bu esa xalqdan jismoniy 
baquvvat bo‘lishni talab qilgan.
Qabilalar o‘rtasidagi janglar, keyinchalik harbiy yurishlar hamda 
bosqinchilarga qarshi janglar erkaklarni har tamonlama jismonan baquvvat, mard, 
pahlavon bo‘lishini talab etardi. Qabilalar o‘rtasidagi nizolar har bir qabiladan 
pahlavonlar chiqib bellashuvlari – Kurash tushishlari bilan ham hal etilgan. Mard 
jangchilarni tarbiyalash va tayyorlashda milliy yakka kurash usullari qo‘l kela 
boshlagan. Ajdodlarimiz tarixida eng avvalo shakllangan jismoniy mashq turlari 
kurash usullari hisoblanadi. Kurash faqatgina harbiy jang qilish vositasi emas balki 
xalqning ko‘ngil ochish mashqlari bo‘lib xizmat qilgan. 
O‘zbek milliy kurashi usullari elatlarni yashash joylari va sharoitlari hamda 
urf odatlariga muvofiq shakllanib keldi va taraqqiy etdi. O‘rta Osiyoning SHarqiy 
qismida yashagan xalqlar va elatlarda belbog‘li Kurash usuli (Farg‘ona usuli) 
shakllangan bo‘lsa, O‘rta Osiyoning SHimoliy va Janubiy qismida yashagan 



xalqlarda Xalqaro Kurash usuli (Buxoro usuli) shakllandi. Har ikkala kurash 
usullari ham xalqni jismonan rivojlantirish hamda harbiy tayyorgarligi vositasi 
bo‘lib xizmat qilgan.
O‘rta Osiyo xalqlarining yakka kurash usullari asosi yagona hamda bir xil 
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi, shuningdek Turkiy xalqlarning urf odatlari va 
milliy an’analari bir biriga o‘xshashligi ham Kurash usullarida yaqqol ko‘rinib 
turadi. O‘zbeklarning Buxorocha Kurash usuli - Qozoq va Qirg‘izlarning Kures, 
Turkmanlarning Guresh usullaridan deyarli farq qilmasa, Farg‘onacha Kurash usuli 
– Uyg‘urlar, Qarluqlarning Bellashuv usullaridan deyarli farq qilmaydi. 
O‘zbek milliy kurashi usullari elatlarning yashash joylari va sharoitlari hamda 
urf odatlariga muvofiq shakllanib keldi va taraqqiy etdi. O‘rta Osiyoning SHarqiy 
qismida yashagan xalqlar va elatlarda belbog‘li Kurash usuli (Farg‘ona usuli) 
shakllangan bo‘lsa, O‘rta Osiyoning SHimoliy va Janubiy qismida yashagan 
xalqlarda Xalqaro Kurash usuli (Buxoro usuli) shakllandi.
Kurash usullarining taraqqiyotiga 
hamda 
ommaviylashib 
borishiga 
xalqlarning o‘zaro birdamlikda yashashlari ularning milliy an’analari va urf 
odatlarining uyg‘unlashib ketishi katta ta’sir ko‘rsatgan. SHu bilan birga O‘rta 
Osiyo mamlakatlari hududidan “Buyuk Ipak yo‘lini” o‘tishi ham xalqlar orasida 
jismoniy mashqlar va yakkakurash sport turlarini o‘zlashtirilib borilishiga va 
ommaviylashuviga katta ta’sir ko‘rsatgan. CHunonchi mo‘g‘ullar va kareyslarda 
Farg‘onacha kurash usullariga o‘xshash kurash usullari shakllangan.
O‘zbek milliy kurash usullari qadimgi tarixga ega bo‘lib, bugungi kunda bu 
kurash usullari Osiyoni barcha mamlakatlarida hamda bir qator Evropa xalqlari 
orasida keng tarqalgan. Kurash usullari, ularni shakllanishi, turlari hamda moxir 
kurashchilar haqida SHarq mutafakkirlari o‘z asarlarida yozib qoldirgan. Masalan, 
“Boburnoma”da Temuriylar sulolasidan bo‘lgan mashhur sarkarda va hokim 
Muhammad Bobur o‘zining harbiy yurishlaridan birini bayon qilib, manzilgohda 
polvonlar kurashga tushgani; qayiqchi pahlavon Lohuriy Do‘st YOsinni Xayr 
degan polvon bilan olishgani; Do‘st YOsin raqibini juda qiynalib yiqitganini 
yozgan.



Bobur o‘sha darvning mashhur polvoni Muhammad Abu Saidga yuksak baho 
berib, uni tengi yo‘q pahlavon deb atagan edi. Bobur o‘z xotiralarida yozishicha, 
uning zamondoshlari orasida bir zarb bilan otni qulata oladigan odamlar ham 
bo‘lgan.
Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida ham kurash usullari quyidagicha 
ta’riflanadi. Kurashning turlari ham bir nechadir. Ulardan biri: ikki 
kurashuvchining har biri o‘z raqibining belbog‘idan ushlab o‘ziga tortadi, shu bilan 
birga kurashuvchi o‘z raqibidan qutilishning chorasini qiladi. Ikkinchisi esa, uni 
qo‘yib yubormaslikka harakat qiladi. Boshqa turi: ikki kurashuvchidan biri ikkala 
qo‘li bilan ikkinchisini mahkam quchoqlab o‘ziga tortadi va yonga ag‘daradi, bu 
vaqtda birinchi kurashuvchining o‘ng qo‘li ostidan o‘tishi kerak, kurashuvchilar 
goh qadilarini tiklab, goh egiladilar. Kurash turlariga yana ko‘krak bilan zarbani 
qaytarish, ikkinchi bir kishining bo‘ynidan ushlab pastga egish, bir-birining 
oyoqlarini o‘z oyoqlari bilan chalkashtirib, chalib, yoki oyoqlari bilan 
ikkinchisining oyoqlarini yirib qilinadigan va polvonlar ishlatadigan harakatlar 
ham kiradi”. 
Pahlavonlarimiz o‘tgan asr boshlaridan jahonning kurash musobaqalarida 
ishtirok etganlar. Ular xorijiy mamlakatlar shuningdek Evropa mamlakatlari kurash 
maydonlarida barcha raqiblarini mag‘lub etib, tengi yo‘q pahlovonlar deb tan 
olingan.
O‘zbek zamini qadimdan buyuk allomalar, polvon va pahlavonlar yurti 
hisoblanib kelgan. Xalqimiz o‘zining milliy g‘ururi, iftixori, mehmondo‘stligi va 
tantiligi bilan boshqa millatlardan tubdan farq qiladi. O‘zbekiston respublikasi 
mustaqilligiga erishgandan keyin hamma sohalarda o‘zining taraqqiyot yo‘lini o‘zi 
tanlash huquqiga ega bo‘ldi. Ko‘plab mahoratli sportchilarimiz xalqaro 
musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishib, davlatimiz madhiyasi sadolari ostida 
bayrog‘imizni yuksakka ko‘tarilishi oqibatida, o‘zbek xalqi dunyo xalqlariga 
o‘zligini namoyon qildi. 



Hozirgi kunda O‘zbek Kurash usullarini ommaviylashib borishi, milliy 
qadriyatlarimiz tiklanayotganligi va ajdodlarimiz azaliy orzulari ro‘yobga 
chiqayotganligidan dalolatdir.
Xalqimiz va yoshlar o‘rtasida kurash sportini ommaviylashib borishiga, uning 
jangavor, 
shiddatkor 
usullari, 
ruhiy-ma’naviy 
etuklikka 
olib 
boruvchi 
mashg‘ulotlari asosiy omil bo‘lgan. Kurashning mamlakatimizda ommaviylashib 
borishi bu sport turi yoshlarni jismoniy barkamol bo‘lishi bilan birga ma’naviy 
etuk inson qilib tarbiyalashning asosiy vositalari ekanligi isbot qilingan. Hozirgi 
kunda bu sport turlari bilan mamlakatimiz aholisi qolaversa yoshlarimiz ham sevib 
shug‘ullanib kelishmoqda. 
O‘tgan davrlar ichida mamlakatimizda kurash sporti bo‘yicha ko‘plab yuqori 
malakali sportchilar etishib chiqdilar. Ular xalqaro musobaqalarda, dunyo va qit’a 
birinchiliklarida, Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib g‘alabalarga va 
sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lib kelmoqdalar. Mamlakatimizning har bir viloyatida 
har bir tumanida kurash klublari tashkil etilgan bo‘lib u erda yuqori malakali 
murabbiylar yoshlarga kurash bo‘yicha barcha nazariy va amaliy bilimlarini berib 
kelmoqdalar. YOsh sportchilar esa xalqaro sport arenalarida o‘zbekiston bayrog‘ini 
yuqori ko‘tarishga muyyassar bo‘lish uchun muntazam sport mahoratlarini 
takomillashtirib bormoqdalar.
Milliy kurash turlari jismoniy barkamol, ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalash 
vositalaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda milliy kurash turlari 
keng ommaviylashib rivojlanib kelmoqda. Milliy kurash turlaridan belbog‘li 
kurash mamlakatimizda keyingi yillarda mingdan ortiq iqtidorli sportchilar etishib 
chiqdilar. Ular respublikamiz Osiyo, Evropa va jahon birinchiliklarida 
muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar.
Bunda albatta har bir sportchi tomonidan qo‘lga kiritilgan g‘alaba, butun 
o‘zbek xalqi g‘alabasi timsolida namoyon etiladi. Sport yoshlarni milliy g‘urur va 
milliy istiqlol g‘oyasi ruxida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Sport 
musobaqalarida qatnashish natijasida yoshlar o‘zlarining jismoniy, texnik va taktik 
tayyorgarliklarini oshirish bilan bir qatorda, ma’naviy, ruxiy xamda baynalminal 



hislatlarini tarbiyalab, o‘zbek xalqi madaniyatini va ma’naviyatini targ‘ibot, 
tashviqot qiladi. Katta-katta nufuzli musobaqalarda qatnashayotgan bir yoki bir 
nechta sportchi timsolida butun o‘zbek diyori, uning aholisi haqidagi tasavvurlar 
shakllanadi.
Milliy qadriyatlarimizdan hisoblangan o‘zbek kurashi bilan jahon xalqlari 
sevib shug‘ullanishayotganlari, o‘zbek tilidagi «Ta’zim, kurash, yonbosh, halol, 
dakki» so‘zlarining dunyo xalqlari tilida o‘zbekcha yangrayotgani millatimiz 
g‘ururini, mavqeini yanada ortirib bormoqda. Xalqaro musobaqalarda har bir 
o‘zbek farzandi qatnashar ekan uning ortida oilasi, vatani, yurtdoshlari hamdard, 
hamnafas bo‘lib turganini xis etadi. Ularning yutug‘i xalqimizning yutug‘i va 
muvaffaqiyati hisoblanadi. 
Ko‘plab 
sport 
turlari 
bo‘yicha 
mamlakatimizda 
xalqaro 
sport 
musobaqalarining tashkil etilishi, uni ko‘tarinki ruhda o‘tkazilishi, o‘zbek 
sportchilarining xalqaro sport uyushma va klublarida ishtirok etishlari yurtimizda 
sportni keng rivojlanib borayotganini qolaversa professional sportga katta e’tibor 
berilayotganining dalilidir.
Prezidentimizning tashabbusi bilan milliy sport turlarining rivojlantirish, ularni 
xalqaro sport turlariga aylantirish bo‘yicha ko‘plab sa’yi harakatlar olib 
borilmoqda. Jumladan o‘zbek belbog‘li kurash turi ham duyoga yuz tutmoqda. 
O‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlariga 
kurashchilarimizning jahon sport arenalaridagi g‘alabalarini ham kiritish mumkin. 
Bunday g‘alabalarga belbog‘li kurash usulida kurashuvchi polvonlarimizni 
Rossiyaning Qozon shahrida so‘ngra Qozog‘istonning Alma-Ata shahrida, 
Tojikistonning O‘ratepa shahrida va Qirg‘izistonning O‘zgan shaharlarida bo‘lib 
o‘tgan xalqaro va jahon birinchiligi musobaqalaridagi g‘alabalarini kiritish 
mumkin. 
O‘rta Osiyo xalqlari o‘zining yakkakurash usullari bilan jahonga mashhur 
bo‘lib kelgan va yanada mashhur bo‘lib bormoqda. O‘zbek milliy kurash usuli 
Buxorocha kurash hozirgi kunda Xalqaro kurash nomi bilan jahon sport turlari 
qatoridan o‘rin oldi. Xalqaro musobaqalarda xorijiy hakamlar hamda sportchilar 


10 
o‘zbek tilida musobaqa tashkil etmoqdalar. “Kurash, halol, chala, yonbosh, dakki, 
tanbeh” kabi so‘zlari bilan musobaqalarni olib bormoqdalar.
O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ijtimoiy, ma’naviy va madaniy 
taraqqiyotida hamda aholining, yosh avlodning jismonan barkamol inson bo‘lib 
tarbiyalanishida va moxir, jasur, pahlavon vatan posbonlari bo‘lib etishishlarida 
yakkakurash usullarining ahamiyati beqiyos bo‘lgan. O‘rta Osiyo xalqlari va 
qo‘shni mamlakatlar hududlarida bir necha shakldagi kurash usullari vujudga 
kelgan bo‘lib, ulardagi asosiy texnik harakatlar, usullar va qoidalar deyarli bir xil 
bo‘lgan. YAkkakurash usullari asosi yagona, hamda bir xil taraqqiyot yo‘lini bosib 
o‘tganligi, shuningdek turkiy xalqlarning urf odatlari va milliy an’analari bir biriga 
o‘xshashligini ham kurash usullarida yaqqol ko‘rinib turadi.
Istiqlol tufayli o‘zbek kurashi er kurrasining barcha qit’alariga kirib borishi, 
barcha millat va elatlarning o‘zbek tilidagi kurash, halol, to‘xta va boshqa 
so‘zlarining jaranglashi O‘zbekiston Respublikasini, o‘zbek xalqini butun dunyo 
hamjamiyati tomonidan tan olinganligining yaqqol na’munasidir. O‘zbek 
kurashining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, yoshlarimizning har 
tomonlama barkamol, sog‘lom, ma’naviy etuk insonlar qilib tarbiyalash maqsadida 
quyidagi tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
1. Ta’lim muassasalarida kurash mashg‘ulotlari darslari soatini ko‘paytirish. 
2. O‘zbek kurashi bo‘yicha darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va kerakli 
adabiyotlarni chop ettirilishini jadallashtirish. 
3. O‘zbek kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida viloyatlar tumanlarida 
musobaqalarni tashkil etishni ko‘paytirish.
4. O‘zbek milliy kurash turlari bo‘yicha yagona o‘quv trenirovka 
mashg‘ulotlari va musobaqalar o‘tkazish uchun yagona dastur, nizom va darsliklar, 
qo‘llanmalar yaratish. 
5. O‘zbek milliy kurashi turlarini yoshlar va aholi o‘rtasida ommaviylashtirish 
uchun muntazam mintaqaviy va xalqaro musobaqalar tashkil etish, televideniya va 
radiodagi ko‘rsatuv, eshittirishlar olib borish, ommaviy matbuotda chiqishlar 


11 
uyushtirish, gazeta va jurnallarda ilmiy-ommabop maqolalar nashr ettirib borish 
maqsadga muvofiq. 
YUqoridagi taklif etilgan tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiq 
bo‘lib, kelajakda yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda, o‘sib kelayotgan yosh 
avlodni bobolarimiz ruhida tarbiyalashda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda 
hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda ham amaliy yordam beradi.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish