Nazorat uchun savollar:
Gazanda o’ti tarkibida qanday dorivor moddalar mavjud?
Qumloq bo’znоchi osimligining shifobaxshlik xususiyati qanday?
Dorivor butalarga qaysi o’simliklar mansubligini ayting?
Bozulbang qaysi kasalliklarda davo sifatida ishlatiladi?
Sershox astragal tarkidibida qanday vitaminlar mavjud?
Arslonquyruqning xalq tabobatida qanday muhim axamiyat kasb etadi?
9-mavzu: O’zbekiston florasini xilma-xilligi va dorivor o’simliklar resursshunosligi
Reja:
Dorivor о ‘simliklarni madaniy sharoitlarda o’stirish imkoniyatlari
O’zbekiston florasini xilma-xilligi
Tayanch iboralar: dorivor o’simliklar, O’rmon xo’jaligi, dorivor valeriana, fenxel (dorixona ukropi), dorivor moychechak, qora andiz, ajgon (zira karmoni), arpabodiyon, oddiy dastarbosh, na’matak turlari, butasimon amorfa, qizil angishvonagul, yoyiq erizimum
Dorivor о ‘simliklarni madaniy sharoitlarda o’stirish imkoniyatlari
Hozirgi paytda tibbiyotda 232 ga yaqin dorivor o’simliklardan foydalaniladi. Ularning 48% yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar bo’lsa, qolgan qismi madaniy sharoitlarda o’stiriladigan va xomashyosi chetdan keltiriladigan o’simliklar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida birinchi marta dorivor o’simliklarni yetishtirish ishlari 1973 yilda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi xo’jaliklarda amalga oshirilgan. Keyinroq (1978 yilda) Namangan viloyati Pop tumanida Ibn Sino nomli dorivor o’simliklar o’stirishga ixtisoslashgan o’rmon xo’jaligi tashkil qilindi. Bu xo’jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor timoqgul, na’matak, achchiq shuvoq (erman), bo’lakli ituzum, mayda gulli tog’rayxon, moychechak, arslonquyruq, valeriana va boshqa dorivor o’simliklar o’stirilgan.
Ulardan yig’ilgan dorivor mahsulotlar O’zbekiston dorixonalarini ta’minlash va qayta ishlash uchun Chimkent kimyo-farmatsevtika zavodi va boshqa korxonalarga jo’natilgan. Hozirgi kunda dorivor o’simliklami o’stirib yetishtiradigan maxsus ixtisoslashgan xo’jaliklar O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi tizimida va Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida tashkil qilingan.
O’zbekiston Respublikasi FA ga qarashli Toshkent botanika bog’ining katta ilmiy xodimi Q.H. Xo’jaev, keyinchalik shu bog’ning dorivor o’simliklami madaniylashtirish va iqlimlashtirish laboratoriyasining mudiri, katta ilmiy xodim Yu.M. Murdaxaev, Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya va botanika kafedralarining ilmiy xodimlari bilan hamkorlikda qo’shni respublikalardani hamda dunyoning boshqa geografik hududlaridan keltirilgan 67 turdagi dorivor o’simliklami Toshkent shahri iqlim sharoitlarida o’stirishga erishdilar.
Ushbu tadqiqotlar Toshkent viloyati sharoitlarida timoqgul, qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor valeriana, fenxel (dorixona ukropi), dorivor moychechak, qora andiz, ajgon (zirai karmoni), arpabodiyon, oddiy dastarbosh, na’matak turlari, butasimon amorfa, qizil angishvonagul, yoyiq erizimum, kendir turlari, Kavkaz yamsi, Manchjuriya araliyasi, tog’ jumrut, sano (kassiya) turlari, patriniya, tuxumak, besh bo’lakli arslonquyruq, dorivor zangvizorba, yarim butasimon sekurinega, bo’rigid turlari, qoraqobiq turlari, belladonna, meksika bangidevonasi, pol-pola, bo’lakli ituzum, gangitu- vehi buzulbang va boshqa dorivor o’simliklami yetishtirish imkoniyatlari mavjudligini ko’rsatdi.
Ko’pgina mahalliy va introduksiya qilingan dorivor o’simliklar agrotexnikasi Butun rossiya dorivor o’simliklar instituti (VILR) hamda uning tajriba stansiyalarida, Botanika bog’larida ishlab chiqilgan. Bu yo’nalishda VILR va uning tajriba stansiyalarini xizmati katta bo’lib, ular chet eldan keltirilgan bir qancha tropik va subtropik dorivor o’simliklami MDH tuproq-iqlim sharoitlarida o’stirishning agrotexnika qoidalarini ishlab chiqqanlar.
Respublikamizning turli hududlarida joylashgan o’rmon va ixtisoslashgan xo’jaliklarda quyidagi dorivor o’simlildar o’stirilmoqda: xinin daraxti, koka butasi, aloe turlari, ortosifon, dixroa, zaytun, sano (kassiya) turlari, meksika bangidevonasi, kalanxoy turlari, uyatchang mimoza, to’q qizil passiflora, rauvolfiya turlari, soxta- kashtan, safora, pushti katarantus (bo’rigul), yumaloq bargli Stefaniya, evkalipt turlari, ginkgo, ituzum, moychechak, kalendula, pol-pola, topinambur va boshqalar. Ushbu ishlar poyoniga yetgani yo’q, kelgusida Respublikamizga yangi dorivor o’simliklami introduksiya qilish va ularni mahalliy sharoitlarga iqlimlashtirish ishlari rejalashtirilmoqda.
Sug’oriladigan maydonlarda o’stiriladigan dorivor o’simliklar yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simlildardan katta farq qiladi, ya’ni o’stiriladigan dorivor o’simlik mahsulotidabegona o’simliklar aralashmasi bo’lmaydi. Agrotexnika qoidalari asosida o’stirilgan dorivor o’simliklar serhosil va biologik faol moddalarga ham boy va hosildorligi; ham yuqori boMadi. Dorivor o’simliklami seleksiya qilish, serhosil shakllarini va turlarini tanlab olish, ulami chatishtirish orqali dumgaylarini yaratish yo’li bilan ekiladigan dorivor o’simliklaming hosildorligini va tarkibidagi biologik faol bo’lgan kimyoviy birikmalar miqdorini oshirish mumkin.
Demak, ba’zi bir dorivor o’simliklami madaniy sharoitlarda o’stirish va ularning mahsulotlarini tayyorlash yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar mahsulotini yig’ishga qaraganda iqtisodiy jihatdan ancha arzonga tushadi. O’zbekistonda dorivor o’simliklar asosan turli tuproq iqlim hududlarida joylashgan “O’zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik korporatsiyasi, “Shifobaxsh” ICHB va Qishloq va suv xo’jalik vazirligiga qarashli O’rmonchilik bosh boshqarmasi- ning ixtisoslashgan xo’jaliklarda yetishtirilmoqda.
Respublikamizning qariyb hamma viloyatlaridagi ,,Farmatsiya“ ishlab chiqarish birlashmalari qoshida dorivor o’simliklar o’stiradigan maydonchalar taslikil qilingan bo’lib, ularda viloyat dorixonalar talabiga binoan tegishli o’simliklarni o’stirmoqdalar.
Hozirgi kunda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi dorivor o’simliklarga ixtisoslashgan “Dorivor o’simliklar” MCHJ ixtisoslashgan xo’jalik dalalarida qalampir yalpiz, dorivor marmarak (mavrak), dorivor timoqgul, dorivor moychechak, ituzum, - arslonquyruq, pol-pola, na’matak va boshqa dorivor o’simliklar o’stirilmoqda.
Yangi dorivorlik xususiyatiga ega o’simliklami o’rganish, ulami madaniylashtirish va xomashyosi asosida yangi samarali ta’sir etu- vehi dorivor preparatlami ishlab chiqish ishlari doimiy ravishda o’tkazilmoqda. Dorivor o’simliklarning organizmga ta’siri ulam- ing tarkibidagi birikmalaming miqdoriga bog’liq. Bu birikmalar o’simlikning turli organlarida turli miqdorda to’planadi. Dori tayyorlashga o’simlikning kerakli qismlari ham turli muddatlarda yig’iladi. Masalan, po’stloq, kurtak erta bahorda, barg o’simlik gullashi oldidan yoki gullaganda, gullari to’1a ochilganda, meva va urugiari to’liq pishganda, yer osti organlari (ildizi, ildizpoyasi va piyozi) erta bahorda yoki kech kuzda yig’iladi va tayyorlanadi.
Dorivor o’simliklaming ta’sir etuvchi moddasi - alkaloidlar, turli glikozidlar (antroglikozidlar, yurakka ta’sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, efir moylari, vitaminlar, smolalar va boshqa faol birikmalar bo’lishi mumkin. Ko’p o’simliklardan mikroorganizmlar va viruslarni yo’qotadigan antibiotiklar va fitonsidlarga boy dorivor preparatlar tayyorlanadi. Odatda bir guruhga xos o’zaro yaqin kimyoviy birikmalar bir oila yoki turkumga mansub o’simliklarda ucliraydi, shu bilan birga ba’zi kimyoviy birikmalar bir-biriga yaqin bo’lmagan, turli oilalarga mansub o’simliklar tarkibida ham bolishi mumkin.
Qadim zamondan boshlab inson yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan turli kasalliklami davolashda foydalanib keladi. Hozirgi davrda dorivor o’simliklarni turlari ko’payib, xalq tabobati amaliyoti ham shifobaxsh o’simliklar bilan boyigan.
Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor o’simliklaming aksariyati asrlar davomida xalq tomonidan keng ishlatilib kelingan o’simliklar hisoblanadi. O’zbekistonda dorivor daraxt-buta o’simliklardan ko’proq anjir, anor, bodom, grek yong’og’i, xandon pista, oshlov- chi totim, eman, o’rik, chetan, na’matak, zirk, Chakanda, do’lana, tog’jumrut, cherkez, chetan, jiyda, chilonjiyda, ko’p yillik va bir yillik dorivor o’simliklardan achchiqmiya, dorivor gulxayri, jag’-jag’, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, sachratqi, choyo’t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqio’t, moychechak, yalpiz va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan - paxikamin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkaloidlari olinadi. Anor po’stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg’am ko’chiruvchi va yumshatuvchi, jag’-jag’ va lagoxilus dorilari qon ketishni to’xtatuvchi, pista bujg’uni va choyo’tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida, zirk o’simligidan berberin alkaloidi, na’matakdan C vitamini, Chakandadan Chakanda moyi olinadi.
Dorivor o’simliklar ta’sir etish mexanizmiga ko’ra 2 xilga ajratiladi: ta’sir qiluvchi moddalaming tarkibiga qarab - alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli, flavonoidli va boshqalar; farmakologik ko’rsatkichlariga qarab - tinchlantiruvchi, og’riq qoldiruvchi, ux- latuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qo’zg’atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va hokazo dorivor o’simliklar. “O’zfarmsanoat” kimyo-farmatsevtika zavodlarida O’zbekistonning mahalliy sharoitlarida o’sadigan va madaniy sharoitlarida ekib o’stiriladigan dorivor о’simliklaming xomashyo- si asosida turli-tuman dorivor preparatlar tayyorlanadi. Masalan, oqqurayning ildizi va mevasidan pesni davolashda qo’llaniladigan psoralen, yapon soforasi g’unchasidan fiziologik faol ta’sir etuvchi rutin, omonqoradan galantamin alkaloidi, kendirdan strofantin, si- marin, yurak glikozidlari, cherkezdan salsolin alkaloidi, zirkdan berberin alkaloidi, Chakanda mevasidan Chakanda moyi, na’matakdan C vitamini va boshqa preparatlar tayyorlanadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin dorivor о’simliklaming mahsulotidan foydalaniladi. Ushbu dorivor o’simliklar mahsulotining 48% yovvoyi holda o’sadigan o’simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitlarida joylashgan fermer va davlat xo’jaliklaming dorivor o’simliklar o’stiriladigan dalalaridan tayyorlanadi. Qolgan 22% “aralash” guruhni tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor o’simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda ham sanoat plantatsiyalarda o’sadigan, o’simliklardan yig’iladi. Keyinchalik “aralash” guruh dorivor o’simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlaming salmog’i umumiy yig’iladigan dorivor mahsulot miqdorida yilsayin oshib borishi kutilmoqda.
Buning asosiy sababi sug’oriladigan maydonlarda o’stiriladigan dorivor о‘simliklar mahsuloti yil sayin ortib bormoqda. Farmatsevtika korxonalari va aholining dorivor o’simliklar mahsulotlariga ehtiyojining o’sib borishi natijasida ularning xomashyosini tayyorlash miqdori ham ko’paymoqda. Bu esa o’z navbatida qator dorivor o’simliklarning tabiiy zahiralarini kamayib ketishiga, natijada ularning xomashyosini tayyorlanishini keskin chegaralashga yoki bu- tunlay taqiqlashga olib kelmoqda. Masalan, O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan bozulbangning yer ustki qismi va piyozining ko’p tayyorlanishi natijasida ulami zaxirasi tabiiy o’sish joylarida juda ham kamayib ketdi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda bu o’simlik O’zbekiston “Qizil kitobiga” kiritilgan.
Ushbu o’simliklarni tabiiy sharoitlarda xomashyosini tayyorlash hozirgi paytda to’xtatilgan. Dorivor o’simliklar mahsulotiga muntazam ravishda talabning oshib borishi va uni yovvoyi holda o’sadigan o’simliklar zaxirasi yetarli emasligidan, ulami madaniy- lashtirishni taqozo etadi, ya’ni ushbu o’simliklami sug’oriladigan mintaqalarda madaniy sharoitlarda o’stirish agrotexnikasini ishlab chiqish davr talabi bo4lib qolmoqda. Ba’zan kamyob dorivor o’simliklar xomashyosiga talab katta bo’lsa-yu, lekin ulaming tabiiy zaxiralari yig’ish uchun noqulay tog’li joylarda yoki kam miqdorda, katta hududlarda tarqoq holda uchrasa, bu dorivor o’simliklaming xomashyosini tayyorlash sug’oriladigan yerlarda o’stirishdan qimmatga tushadi. Shuning uchun bunday o’simliklarni madaniy sharoitlarda o’stirish maqsadga muvofiqdir.
Yovvoyi holda o’sadigan dorivor o’simliklar xomashyosini katta hajmda tayyorlashning asosiy qiyinchiligi ulaming mahsulotlarini yig’ib olish uchun maxsus qishloq xo’jalik texnikalarini yo’qligidir. Madaniy sharoitlarda bo’lsa bu kabi muammolar yo’q, ya’ni sanoat plantatsiyalarida o’stiriladigan dorivor o’simliklar mahsulotlari qulay sharoitlarda va ta’sir etuvchi kimyoviy biologik faol moddalari ko’p to’plangan davrlarda turli qishloq xo’jaligi mexanizmlar yordamida yig’ib olish mumkin.
Tibbiyot maqsadlari uchun juda zarur va qimmatli bo’lgan dorivor mahsulotlar respublikamizda uchramaydigan tropik yoki sub-tropik iqlimli mintaqalarda o’sadigan o’simliklardan tayyorlanadigan bo’lsa, imkon qadar shunday o’simliklarni o’zimizda o’stirish imkoniyatlarini yaratish zarur. Masalan, hozirgi kunda zaytun o’simligi Surxondaryo viloyatining Denov hududida o’stirilmoqda, Chakanda o’simligini Respublikamizda madaniylashtirish ishlari olib borilmoqda va hokazo.
Hozirgi kunda tabiiy holda o’sayotgan dorivor o’simliklami zaxiralari antropogen omil ta’sirida tobora kamayib bormoqda. Buning o’rnini to’ldirish va xalqimizni dorivor o’simliklar mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida dorivor o’simliklar turlarini ko’paytirish va ulami O’zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sug’oriladigan mintaqalarda keng miqyosda ekib o’stirish maqsadga muvofiqdir. O’zbekistonda farmatsevtika sanoatini dorivor o’simliklar xomashyosi bilan ta’minlash maqsadida yaqin yillar ichida dorivor o’simliklarni ekib o’stiradigan fermer
va boshqa ixtisoslashgan xo’jaliklar sonini ko’paytirish maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |