O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti



Download 7,92 Mb.
bet87/157
Sana12.07.2022
Hajmi7,92 Mb.
#783017
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157
Bog'liq
majmua tabiiy dorivor new

Qashqadaryo viloyati. Qashqadaryo viloyatida, dorivor o’simliklardai asosan - qizilpoycha, sariq choy, tog’rayxon, kiyik o’ti, arslonquyruq, bo’ymadoron, qizilcha, na’matak turlari, sariq andiz, ermon, qashqarbeda o’simliklarning xom ashyosini yig’ib olish mumkin. Yuqorida keltirilgan o’simliklar asosan Qashqadaryo viloyatining 5 ta tog’li tumanlarida o’sadi. Bu Dexkonobod, Yakkabog, Qamashi, Shaxrisabz, Kitob tumanlari. Qolgan tumanlarda cho’l yerlarga xos o’simliklardan isiriq adir va cho’llarda uchraydigan o’simliklardan oqquray, cherkez va boshqa o’simliklar xom ashyolarni yig’ib olish mumkin. Umuman olganda Qashqadaryo viloyati xam dorivor o’simliklarga boy viloyatlar qatoriga kiradi.

O’zbekistan xalq tabobatida ishlatiladigan va Respublikada tabiiy xolda tarqalgan xamda madaniy xolda yetishtiriladigan o’simlik­larning farmakologik ta’siri va kimyoviy tarkibi atroflicha o’rganilgan. Ma’lumki, xozirgi ilmiy tibbiyotda qo’llanilib kelinayotgan deyarli barcha o’simliklar azaldan xalq tabobatida qo’llanilib kelingan va ularni tajribalarini o’rganish natijasida ilmiy tibbiyotga olingan. Xalq tabobati ma’lumotlariga e’tibor bilan qarash, ko’pincha do­rivor o’simliklarni izlashda samarali natija beradi. Xalq tabobatini o’rganishni boshlangich boskichida foydalanilayotgan dorivor o’simliklarga axamiyat berish kerak.
O’simliklardan dorivor vosita sifatida foydalanish tarixi insoniyat tarixi bilan teng va u bilan chambarchas bog’liq. Yer yuzidagi axoli sonining keskin ko’payib borishi, ilm fanni rivojlanishi, sanoat o’sib borishi, aholini foydali o’simlik dunyosiga va undan olinadigan maxsulotlarga bo’ladigan extiyojini ortib borishiga sabab bo’lmoqda.
Foydali o’simlik turlarini aniqlash, ishlatilayotgan o’simliklar­ni areallarini va zaxiralarini belgilab, xom ashyo yig’ib olish uchun tavsiyalar berish resursshunoslik fanining asosiy vazifalaridan xi­soblanadi. Resursshunoslik - franstuzcha suz bo’lib, zaxira ma’nosini anglatadi.
O’simliklarni foydali xossalarini aniqlash botanik-sistematiklar va geobotaniklar olimlar tomonidan o’rganilib borilgan. Asta-sekin, dorivor yoki boshqa foydali xususiyatga ega o’simliklarni o’rganish rivojlana boshladi va botanikani mustaqil bo’limi, ya’ni “Resursshu­noslik” - fani yo’nalishi yuzaga keldi.
Geobotanika, botanika fanini bir tarmogi bo’lib, o’simliklarni jamoasi fitostenozlarini tuzilishi, tarqalishi, ularni tarkibi va yer, iqlim va boshqa sharoitlar bilan bog’liqligini o’rganadi.
Botanikaning “Resursshunoslik” bo’limini aloxida fan tarmogi sifatida nomlash yirik olimlar tomonidan tavsiya qilingan. Avvallari u “Xo’jalik botanikasi”; “Tabiiy xo’jalik botanikasi” va “Botani­ka resursshunosligi” nomlari bilan atalib kelingan.
Botanik-resursshunoslik” termini ilk bor akademik A.A. Fedo­rov tomonidan tavsiya etilgan. Ayrim olimlarni ishlarida, resursshunoslikni - o’simliklarni foydali xossalarini o’rganish, ulardan unumli foydalanish va foydali o’simliklar turlarini aniqlash deb yuritiladi. Boshqa bir gurux olimlar ma’lumotida esa - tabiat florasidagi o’simliklarni resurslarini aniqlash deb yuritiladi. Botanik resursshunosligi oldida to’rgan asosiy masalalar, tabiiy boylik - do­rivor o’simliklarni va umuman foydali o’simliklarni turlarini aniqlash, chuqur o’rganish va undan oqilona foydalanish uchun uslubiy tavsiyalar berish xisoblanadi. Resursshunoslik o’simliklardan foyda­lanish bilan bir qatorda, tabiatni muxofaza qilish, o’simliklarni ekologiyasini o’rganish, kamayib borayotgan o’simliklarni ekib o’stirish masalalarida tavsiyalar berishi lozim.
Botanik resursshunosligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tabiiy xolda o’sadigan foydali (dorivor) o’simliklar orasidan eng istiqbolli, to’la-to’kis o’rganilgan va xozirgi zamon talablariga (tarkibi va ishlatilishi) javob beradigan dorivor va oziq-ovqat axamiyatiga ega o’simliklarni ajratib olishdir;

  • yig’ib olishga mo’ljallangan o’simlik turlarini areali (tarqal­gan yerlari), populyastiyasini soni (tarqalgan yerdagi miqdori), zaxirasini turgunligi, miqdorini yetarliligi, qayta tiklanish xususiyati, ta’sir etuvchi biologik faol moddalarni mavjudligi, o’simlik o’sadigan joylarga yetib borish imkoniyati, joyning magistral yo’llarga yaqinligi va boshqa bir qator masalalarga aniqlik kiritish;

- yangi topilgan o’simlikni chuqur (morfologiya va bioekologiyasini) o’rganish, yangi dorivor (foydali) o’simlikni rivojlanishi, tabiiy xolda o’sishi, ko’payishi, changlanish tufayli o’zgaruvchanligi, o’sishiga va xosildorligiga atrof muxitni ta’siri, ob-xavo va yog’ingarchilikni ko’pligi yoki kamligini ta’siri, atrof muxitni, uning kimyoviy tarkibiga ta’siri va boshqalarni aniqlash;

  • foydali yoki dorivor o’simlikni xom ashyosidan yoki butunlay o’zidan unumli va ko’p qirrali foydalanish ustida ilmiy ishlar olib borib tavsiyalar berish;

dorivor (foydali) o’simligini xosildorligini aniqlash, yig’ib olish davrini aniqdab, har yili xom ashyo yig’ib olish uchun optimal miqdorini ko’rsatib berish, dorivor o’simlikni xar bir turini tiklanish davrini aniqdab, xom ashyosini yig’ib olish uchun rastional ko’rsatmalar berish xam resursshunoslar zimmasidagi asosiy vazifalar xisob­lanadi.
Yuqorida bayon qilingan masalalarni xal qilish uchun avval o’simlikni areali, populyastiyalar soni, zaxirasini aniqlash kerak. O’simlik­ni zaxirasi aniqdanganda xom ashyoni biologik zaxirasini xisoblab chiqib, ekspluatastion zaxirasini aniqlab, so’ngra xar yili yig’ib olish uchun, xom ashyo miqdorini ko’rsatib berish xam resursshunoslarning aso­siy vazifalariga kiradi.
Dorivor o’simliklarni ayniqsa - yangi tavsiya etilgan turlarni areallarini aniqlab geografik tarqalishida kartalar tuzilishi xam resursshunos olimlar tomonidan bajariladi. Tuzilgan xaritalardagi ma’lumotlar aniq bo’lishi kerak chunki u tabiatda o’sadigan dorivor o’simlikni topishda asosiy vosita bo’lib xisoblanadi.
Xarita ma’lumotlari o’simlikni o’sadigan joyi, avtoulov boradigan yo’llar, avtoulovdan so’ng piyoda yurib boriladigan masofa, yigiladigan turni maydoni, o’simlikni zaxirasi va boshqa omillar ko’rsatilishi maqsadga muvofik ish bo’lib, u xom-ashyo tayyorlovchi mutaxassislarga yordam beradi.
Resursshunoslik oldida turgan yana bir masala yig’ib olingan o’simlik xom ashyosidan yoki butunlay o’simlikni o’zidan unumli va kup kirrali fodalanishdir.
O’simliklarni ekib ustirishni tajriba maydonchalarida sinab ko’rib ilmiy asosli tavsiyalar berish bilan bir qatorda tabiiy xolda o’sadigan foydali dorivor o’simliklarni muxofaza qilish xam resurs­shunoslar oldidagi asosiy masalalardan biri xisoblanadi.

Download 7,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish