Turkiston ismalog’i (Шпинат туркестанский)
- Spinacia turkestanica Jljin.
Ismaloq sho’radoshlar - Chenopodiaseae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 10-60 sm bo’ladigan ikki uyli, bir yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’sadi, barglari patsimon qirqilgan, uchidagi bo’lakchasi yirik uchburchak-yoysimon, qolganlari mayda, cho’ziqsimon yoki chiziqsimon, poyasining o’rta qismidagilari qisqabandli uchburchak- yoysimon, eng yuqoridagilari, ba’zan lansetsimon bo’lib, uzun bandi (ildizoldi to’p barglari va poyaning pastki qismidagi barglari) bilan yoki bandsiz poyada ketma-ket o’mashgan. Mayda, ko’rimsiz, bir jinsli gullari poya uchida boshoqdan tashkil topgan ro’vaksimon to’pgulga (otalik gullari) yoki barg qo’ltig’iga (onalik gullari) joylashgan. Ismaloqning mevasi - qattiq, tikanli to’p meva. Ismaloq aprel-iyun oylarida gullaydi va mevasi yetiladi.
Turkiston ismalog’i (Шпинат туркестанский) - Spinacia turkestanica Jljin.
Markaziy Osiyoda begona o’t sifatida sug’oriladigan yerlarda, tog’oldi yaylovlarida, bug’doyzorlarda va ekinzorlarda ko’plab o’sadi.
Xalq tabobatida ismaloqning yer ustki qismi ishlatiladi. Uni o’simlik gullagan vaqtida yig’iladi va soya yerda quritiladi yoki quritmay qo’llaniladi. Ismaloqning yer ustki qismi tarkibida karotin, 16 mg%, S, B1, B2, vitaminlari, qandlar, organik kislotalar, oqsil va boshqa biologik faol moddalar bor.
Tabobatda ismaloqning yer ustki qismi darmon beruvchi vosita sifatida qo’llaniladi hamda kamqonlikda, raxit va boshqa avitaminoz kasalliklarida vitaminlarga boy parhez ovqat sifatida iste’mol qilishga tavsiya etiladi.
Kunjut (Кунжут индийский) - Sesamum indicum.
Kunjut Kunjutdoshlar - Pedaliaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 60-100 sm ga yetadigan bir yillik o’t o’simlik hisoblanadi. Poyasi tik o’sadi, shoxlangan, to’rt-sakkiz qirrali. Poyasining pastki qismidagi barglari yumaloqroq o’rta qismidagilari keng nishtarsimon yoki cho’ziq tuxumsimon, yuqoridagilari nishtarsimon, hammasi tekis yoki tishsimon qirrali bo’lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida ketma-ket yoki qarama-qarshi o’mashgan. Yirik och pushti yoki pushti rangli gullari 1-3, ba’zan 5 tadan barg qo’ltig’iga joylashgan. Mevasi-to’rtqirrali, ko’purug’li, pishganda ochiladigan ko’sak. Kunjut iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentabrda yetiladi.
Kunjutning vatani Afrikaning janubi-g’arbiy hududlari hisoblanadi. Markaziy Osiyo, Kavkazorti, Qrim, Rossiyaning Krasnodar o’lkasi, O’zbekistonda, Ukraina va Moldaviyada madaniy sharoitlarda o’stiriladi.
Kunjutning urug’idan olinadigan moyi tibbiyotda ishlatiladi. Mevasi yetilganda o’simlik yig’ib olinadi, xirmonda quritiladi, yan- chiladi va urug’ini elpib yoki mashinalar yordamida tozalab ajratib olinadi. Zavodlarda kunjut urug’idan moy olinadi. Urug’i tarkibida 60% gacha moy, E vitamini, sezamol, sezamin va sezamolin va boshqa biologik faol moddalar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |